SERQIRRA VA JÖŞQIN FAOLIYaT SOHIBI
Ziyolilar oilasidan yetişib çiqqan tumanimizning yetakçi tadbirkor fermerlaridan biri Erkin Rasulovning tumanimizda, qolaversa, özi rahbarlik qilayotgan "Amudaryo-Panaşam” fermer xöjaligida hurmati va obrösi ğoyat baland. Negaki, u har bir işni puxta rejalaştirib, işga kirişadi. Heç qaçon naf bermaydigan, xom-xatala, pala-partiş işlarga qöl urmaydi. Şoşma-şoşarlik, hovliqmaçilik işning belidan tepişini, pand berişini yaxşi biladi. "Har bir işni puxta öylab boşlaş va qoyillatib oxiriga yetkaziş kerak. Toki, qilgan va qilayotgan işingdan köngling töq, işonçing komil bölsin. Boşqalar ham qoyil qolsin, havas qilsin”, - deydi u bu yilgi qişloq xöjalik işlarning yakunlanişi arafasida.
Ha, u rahbarlik qilayotgan fermer xöjaligida asosiy va yetakçi tarmoq paxtaçilik hisoblanib, har yili paxtadan möl hosil yetiştirilib, mömay daromad olib kelinmoqda. Har yilgi olinayotgan sof foyda ezgu işlarga yönaltirilmoqda. Masalan, 2011 va 2012-yil yakunlari böyiça olingan sof foyda hisobidan jahon bozorida yuqori baholanadigan Polşaning sut yönalişidagi 7 boş zotdor sigirlari sotib olinib parvariş qilinmoqda va uruğlantirişning sunʼiy usulida köpaytirilmoqda. Hozirgi kunda bu zotdor sigirlarning boş soni buzoqlarni ham qöşib hisoblaganda 20 boşga yetdi. Binobarin, fermer xöjaligida endilikda zotdor molli çorvaçilik sohasi böy körsata boşladi. Bu esa fermer xöjaligining köp tarmoqli fermer xöjaligiga aylanayotganidan darak beradi. Şu jumladan, paxtaçilik, ğallaçilik pillaçilik, asalariçilik va çorvaçilik sohalari bir maromda yildan yilga rivojlanmoqda.
Darvoqe, mazkur "Amudaryo-Panaşam” fermer xöjaligi aslida 1976-yilda taşkil topgan asalariçilik xöjaligi negizida böy tikladi. Öşa 1970 yillar oxiri va 1980-yillar davomida asalariçilik xöjaligi asalariçilari har yili 65 tonnadan 80 tonnagaça sifatli asal va asal mahsulotlari yetiştirib, Özbekiston Respublikasida dong taratgan edi.
- Bu muhim tarmoqni kelgusida yanada rivojlantiriş rejalarini tuzib qöyganmiz. Ayni davrda har yili 1000 ta asalari uyasidan, yaʼni oilasidan 8 tonnadan ziyod asal va asal mahsulotlari yetiştirib el dasturxoniga hadya qilmoqdamiz. Asalariçilikning moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlab, bu şifobaxş mahsulotlarni köpaytiriş imkoniyatlarini işga solamiz, - deydi tadbirkor fermer Erkin Rasulov.
U aslida mana şu asalariçilik xöjaligining "nonini yeb tişi çiqqan” mutaxassisdir. U 1980-yilda, yaʼni, asalariçilik xöjaligining ayni rivojlanib, mahsulot işlab çiqariş böyiça respublikada yetakçi örinni egallagan davrida xöjalikka asalariçi işçi bölib işga kirdi. Işning közini bilişi, mehnatsevarligi tufayli keyinçalik xöjalikda mexanik, muhandis bölib işladi. 1990-yilda sobiq Toşkent qişloq xöjalik institutining iqtisodçi-hisobçi fakultetini işdan ajralmagan holda muvaffaqiyatli bitirib çiqdi. 2006-yildan eʼtiboran "Amudaryo-Panaşam” fermer xöjaligini boşqarib kelmoqda. Özidagi qişloq xöjalik tarmoqlarini yaxşi bilişi, işning közini bilib qunt bilan işlaş qobiliyati tufayli fermer xöjaligi tumandagi köp tarmoqli yetakçi fermer xöjaligi safida bormoqda.
- Har yilgidek bu yil ham paxtadan möl hosil yetiştirdik. 92 gektar paxta maydonidan 300 tonnadan ziyod yuqori navli paxta hosilini davlat xazinasiga yetkazib berdik. Paxtadan olgan daromadimiz ham 300 million sömdan oşdi. Hali paxtazorlarimizda hosil ança bor. Yiğim-terim işlarida har kuni 140-150 terimçi fidoyi mehnat qilmoqdalar. Oqiljon Hayitboyeva, Baxtigul Erlapasova, Gulora Xudoyberganova, Gulandom Qöşimova, Akmal Ollamberganov va Ravşanoy Turimbetovalarning har biri mavsum boşidan buyon 7-8 tonnadan paxta terib topşirib "oq oltin” xirmonimizning yuksalişiga özlarining munosib hissalarini qöşmoqdalar. Paxta yiğim-terim işlari bilan birga kelgusi yil hosili uçun zamin hozirlaşga kirişmoqdamiz. Birinçi navbatda 14 gektar yerga kuzgi buğdoy ekib, tekis nihol undirib oldik va töla gektarlar hosil qildik, - deydi işbilarmon tadbirkor fermer Erkin Rasulov biz bilan suhbatda.
Uzoqni közlab, aniq, puxta rejalab iş tutiş Erkin Rasulovga xos xususiyatdir. Bu balki rahmatlik otasi, tumanimiz maorifini rivojlantirişga, yoş avlodga taʼlim-tarbiya beriş işlarini takomillaştirişga, maktab taʼlimini davr talabi darajasiga kötarişga salmoqli hissa qöşgan, hayotini xalq taʼlimini taraqqiy ettirişga bağişlagan, çorak asrga yaqin sobiq Furqat nomli, hozirgi 4-sonli umumtaʼlim maktabi direktori bölib işlagan fidoyi, jonkuyar maʼrifatçi marhum Abdurahmon aka Rasulovdan ötgan yaxşi xususiyatdir. Darvoqe, Erkin Rasulovning onasi Şarifa opa Ollanazarova ham hayotini xalq taʼlimiga bağişlagan, qirq yilga yaqin 1-sonli umumtaʼlim maktabining boşlanğiç sinf öquvçilariga "Alifbo”ni örgatgan ajoyib pedagog, bolalar qalbining zargari böldi. U sakkiz nafar farzandni dunyoga keltirgan möʼtabar ona, ellik nafarga yaqin nevara-çevaralarning buvisidir.
Bundan ikki-uç yil oldin butun öy-xayolini band etgan yangi ğoya-tuman aholisini parhez tovuq göşti bilan taʼminlaş ğoyasi amaliy loyiha rejaga aylandi va ötgan 2012-yildan boşlab bu yangi loyihani amalga oşirişga kirişib, "Asakabank”dan 130 ming AQŞ dollari miqdorida kredit oldi. Bu kreditning 91 ming dollari Rossiyaning Pitegorskiyselmaş zavodidan zamonaviy tovuq ferma içki jihozlari va elektron asbob-uskunalarini sotib oliş uçun, 39 ming dollari Nijne-Novgorod zavodidan broyler tovuqlar uçun maxsus omuxta yem tayyorlaydigan tsex asbob-uskunalarini sotib oliş uçun yönaltirildi. Hozirgi kunda har ikkala zavoddan mutaxassislar kelib "Çoyköl” ovuli hududida joylaşgan "Ferma ovul”dagi yangidan rekonstruktsiya qilingan broyler tovuq asraşga moslaştirilgan inşootda terib tuziş-montajlaş işlarini nihoyasiga yetkazişmoqda. Yaqin kunda bu yangi qirq ming boş broyler tovuqqa möljallangan işlab çiqariş korxonasi işga tuşiriladi va har bir işlab çiqariş bosqiçida 65-70 tonna parhez tovuq göşti savdo rastalariga jönatilib, elimiz dasturxoni yanada boyitiladi. Bu yangi korxonada yangidan 15-16 iş örni yaratilib, mahalliy aholining bandlik masalasi birmunça bölsa-da hal qilinadi.
Keyingi yillarda suv havzalarida va daryomizda suv resurslari hamda zahiralarning kamayayotganligi natijasida baliqlar ham kamayib bormoqda. Negaki, baliqlar suv bilan tirik. Bundan 50-60-yil ilgari Amudaryomizda köp uçrab turadigan 100 kilogrammdan 200 kilogrammgaça vazndagi yirik-yirik laqqa baliqlarni endilikda topiş qiyin. Hozirgi kundagi baliqçilar daryomizdan har biri 5-6 kilolik baliq tutsa, juda xursand bölişadi. Manğitdagi, Nukusdagi va boşqada şaharlardan baliq bozorlarida sotilayotgan baliqlarning asosiy qismini hali ösib ulğayişi kerak bölgan yoş baliqlar taşkil etadi. Buning ustiga baliqlarning bozordagi narxi osmonda. Masalan, har biri zörğa 2-3 kilogramm keladigan laqqa baliqning bir kilosi 16-17 ming söm. Sazan baliqniki 8-10 ming sömdan. Buni hammaning ham çöntagi kötaravermaydi. Baliq zahiralari kamayib, buning ustiga maydalaşib borayotgani sari aholining baliq va baliq mahsulotlariga bölgan talab-ehtiyojlari ham oşib bormoqda va bizning bugungi şaroitimizda baliqdan tayyorlanadigan ovqatlar juda kamayib nihoyatda tansiq taomga aylanmoqda. Demak, bugungi kunda tobora tanqis bölib borayotgan baliqlarni köpaytiriş uçun tabiiy köllardan unumli foydalaniş zarur. Imkoni bölsa sunʼiy hovuz va köllar qazdirib, baliqlarni köpaytiriş har bir tadbirkor fermer vazifasiga aylanişi kerak.
- Baliq tanqisligini hisobga olib fermer xöjaligimizda katta hovuz qazdirdik va umumiy salmoği bir tonnaga yaqin, yaʼni, bir million donaga yaqin mayda çavoqlarni ana şu hovuzga qöyib yuborib parvariş qilmoqdamiz, yetarli miqdordagi oziq-ovqatlarini bermoqdamiz. Xudo xohlasa kelgusi yil kuzda bu çavoqlar ösib ulğayib, isteʼmol qilişga yaroqli baliqlar bölib yetişadi, - deydi tadbirkor fermer Erkin Rasulov. Uning gapida jon bor. Qiladigan işni barvaqt amalga oşirgan yaxşi emasmi? Qaniydi, hamma fermerlar ham xalqimizning talab-ehtiyojlarini qanoatlantiriş uçun jon kuydirişsa, fidoyilik körsatişsa.
Işbilarmon tadbirkor Erkin Rasulovning sermazmun va jöşqin hayoti hamda serqirra mehnat faoliyatiga bölgan qiziqişimiz tobora ortib borardi. Endilikda uning oilaviy hayoti ham bizning qiziqiş va diqqat eʼtiborimizdan örin oldi. U katta xonadon sardori, bir öğil tört qizning otasi, yetti nafar nevaraning buvasi. Rafiqasi Xosiyat Ibrohimova mana şu qoraközlarning ham mehribon onasi, ham buvisidir. Uning savdo-sotiq işlariga qobiliyati borligi bois xususiy dökon oçib, asosan oziq-ovqat mahsulotlari bilan xaridorlarni xursand qilmoqda. Ular öttiz yildan buyon totuv yaşab, hayot quvonç va taşvişlarini baham körib, oilada oğizbirçilik, özaro hurmat va mehr-muhabbat muhitini şakllantirib, komil farzandlarni tarbiyalab kamolga yetkazmoqdalar. Tönğiç farzand Ğulomjon Rasulov Toşkent iqtisodiyot universitetini muvaffaqiyatli bitkazib kelgaç tuman davlat soliq inspektsiyasida masʼul xodim bölib xizmat qilmoqda. Qizlari Nodira va Gulnoralar tuman tibbiyot birlaşmasida hamşira bölib, bemorlar dardiga malham bölmoqdalar. Mohira Rasulova Manğit qişloq xöjalik kasb-hunar kollejida öquvçi yoşlarning jismoniy tarbiyasi va sport işlari bilan şuğullanadi. Eng kenja farzand Şohida Rasulova mazkur kasb-hunar kollejida tahsil olmoqda. U kelgusida buvasi va buvisi kabi maşhur öqituvçi bölişni orzu qiladi. Biz ularning barça şirin orzulari va ezgu niyatlari röyobga çiqişini tilab qolamiz.
Qobul ŞOMURODOV.
(Foto - http://www.publika.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶