NOQONUNIY FAOLIYaTI UÇUN
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-noyabr kungi 415-sonli «Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi huzuridagi Soliqqa oid jinoyatlarga qarşi kuraşiş Departamenti faoliyatini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi Qarori, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6 iyuldagi 291-sonli qarori bilan ilgari tasdiqlangan funktsiyalariga qöşimça ravişda Departamentga va uning hududiy bölinmalariga valyutaga oid jinoyatlarga qarşi kuraşişni kuçaytiriş vazifalari yuklangan.
Uşbu yönaliş böyiça Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi huzuridagi soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallaştirişga qarşi kuraşiş Departamenti Qoraqalpoğiston Respublikasi Amudaryo tumani bölimi tomonidan 2013-yil boşidan şu kungaça olib borilgan tadbirlar natijasida jami 3 holatda huquqbuzarlik aniqlanib, 1 holatda jinoyat işi qözğatildi va ikki holatda maʼmuriy huquqbuzarlik aniqlandi, jami bölib huquqbuzarlardan 2899 AQŞ dollari, 4250 Rossiya rubli, 12500 Qozoğiston tengesi va 4 million 814 ming 400 Özbekiston sömi aşyoviy dalil sifatida olindi.
Jumladan, 2013 yil 4-aprel kuni Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi huzuridagi SVOJJDLQK Departamenti Qoraqalpoğiston Respublikasi Amudaryo tuman bölimi tomonidan ötkazilgan tadbir davomida fuqaro M.R. turmuş örtoği Ö.M. bilan birgalikda özaro oldindan jinoiy til biriktirib, çet el valyutalarini olib sotiş bilan hamda tuman hududida yaşovçi fuqarolarning plastik kartoçkadagi pullarini naqdlaştiriş bilan şuğullanib yurgan vaqtida uşlangan. Fuqarolar M.R. va turmuş örtoği Ö.M.lardan 1828 AQŞ dollari, 5500 Qozoğiston tengesi, 3000 Rossiya rubli, 3.635.000 (uç million olti yuz öttiz beş ming) söm, 136 dona plastik kartoçkalar vaqtinça aşyoviy dalil sifatida olingan.
Şunday qilib, fuqaro M.R. va turmuş örtoği Ö.M. qonunga xilof ravişda çet el valyutalarini noqonuniy muomalaga kiritib yurganligi uçun ÖzR JKning tegişli moddalari bilan jinoiy javobgarlikka tortildi.
X.USMONOV,

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶