Jayxun ilhomlari
Bolani yoşidan...
Bolalarni mudom tergab turmasang,
Ulğayganda beboş bölib ketadi.
Ğişt qolipdan köçgaç qilgan puşmoning,
Öz-özingga duşman bölib keladi.
Yoş niholni egsang agar mabodo,
Egilar va bukilar har tomonga.
Fikr qilsang bolalar ham nihol-da,
Töğri össa, yetarsan-ku murodga.
Şomurod Saidov, Tölqin ovuli.
UMR
Quyoş çiqqaniga quvonmagin sen,
Umring varağidan yirtilar bir bet.Quyoş botganiga qiynalmagin sen,
Kun tunga örnini berar ketma-ket.
Şunday ötaverar kunu tunlaring,
Bir kun qarabsanki, qarib qolibsan.
Har kuni bir savob egasi bölsang,
Ikki dunyong obod, mutloq ğolibsan!
Farhod AVEZOV, Namuna mahallasi.
DÖSTLARGA TILAK
Dunyoga keldingmi, insonday yaşa,
Yaxşi xulqing bilan beza umringni.
Hatto közingga tor körinsa dunyo,
Ezgulikka baxş et qalbing qörini!
Tilingdan qoçsa gar bir söz beörin,
Bermasalar senga davraning törin.
Beldan quvvat ketsa, közlaringdan nur,
Sabr-u qanoatga dildan ber örin!
Döst, deb kitobni özingga doim,
Ota-yu onangga bölgin muloyim.
Odamiylik seni tark etmasin heç,
Xulq-u odobingni isloh qil doim!
Mohira YÖLDOŞEVA,
70-sonli maktab öquvçisi.
KENG BANDARGOH
Odam köp,
Kemalar undan köproq,
Mening kemam eng yiroq,
Mening yukim oğirroq.
Bandargoh keng – olam keng,
Odamlar közida baxt,
Qöllarida kular gul.
Sen qanisan,
Sen qayon,
Menga silkigin-da qöl.
Bandargoh keng, kema tor,
Eşkaklarida çarçoq,
Maysalarga dil muştoq –
Qanisan,
Topmaysanmi,
Mana,
Mana men,
Kemamda oppoq bayroq.
Vaqt yugurar
Sen haliyam yöq...
Vaqt yeladi
Sendan yöq xabar...
Vaqt tugadi,
Xuştak çalindi.
Endi
Kema keng, bandargoh tor...
Dildora XUDOYBERGANOVA.
YaNA ŞEʼR YoZGIM KELAVERADI
Dardimni içimga heç siğdirolmay,
Baribir yana şeʼr yozaveraman.
Böldi, öylamayman, yaşayman yozmay,
Deyman-u yozolmasdan yuraolmayman.
Yana armonlardan şeʼrlar bitaman,
Yulduzli falakdan umid kutaman.
Kutganim kelgaydir ilhom meni deb,
Men kutgan dunyoda qolsin meni deb.
Yozib çiqqanlarim umr yöllari
Tovonlarim tilar çağir toşlari.
Men bosib ötgan yöl öng-u söllari,
Qalamdan tökilgan sabrim yoşlari.
Şahnoza HAYITBOYeVA,
Yoşlar ittifoqi faoli.
ORZU
Hamma yaxşi xislatlar
Jamdir onamda.
Uning kabi mehribon
Yöqdir olamda.
Ilm-u hunar örganib
Katta bölaman.
Vatanim va onamni
Rozi qilaman.
Mohitobon TURSUNBOYeVA,
2-sonli maktab öquvçisi.
SOAT
Çiq-çiq, çiq-çiq,
Urib turadi soat.
Keça-yu kunduz demay,
Yurib turadi soat.
Ertalab maktabimga,
Ketmoqçi bölganimda.
Keç qolmagin, deb doim,
“Çiq-çiq”laydi muloyim.
Sadoqat BOZORBOYeVA, 14-maktab öquvçisi.
IQROR VA TILAK
Yuzimda tabassum, közimda kulgu
Lekin iç-içimda yiğlaydi yurak.
Nega yoş boşimga bunçalar qayğu,
Ha, deganda amalga oşmaydi tilak.
Hayot avval boşdan şunday yaralgan,
Gohida baland-u, gohi pasti bor.
Bu ötkinçi dunyo aytar öz sözin,
Kimgadir yolğon-u, kimga rosti bor.
Allohim butun bir yer şari uzra,
Yaxşi-yu yomonni barobar soçgan.
Insonga: “Öz yöling özing tanla”, deb,
“Oq-u qora”, deya ikki yöl oçgan.
Qölingdan kelsa gar yaxşilik qilgin,
Kimgadir yordam ber, hojatin çiqar.
Yaxşi böliş qölingdan kelmasa, unda,
Yomon bölişni ham esingdan çiqar.
Bu hayotni odamga sinovga bergan,
Sinovdan sabrli yuraklar ötar.
Oçköz-u badbaxtning qilgan işlari,
Oxir dözax tomon yetaklab ketar.
Boşga tuşar gohi qoronği tunlar,
Alam, armon, oğriq bağringni tilar.
Ammo, şunday zulmat tunlar ortidan,
Baxtga tölgan nurli tonglar ham kelar.
Orzu qilişdan heç töxtama bir zum,
Mayli, u amalga oşsin, oşmasin.
Mayli, qalbing şeʼrga tölib toşsin-u,
Lekin közing yoşga aslo tölmasin.
Gulruh AHMEDOVA,
Dörman ovuli.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶