MAHALLA FUTBOLÇILARI DOIMO ĞOLIB
Mamlakatimizda yoşlar örtasida sportni rivojlantirişga qaratilayotgan eʼtibor bugungi kunda öz samarasini berayapti. Biz buni Amudaryo tumanidagi 9-sonli umumtaʼlim maktabida taʼlim olayotgan 11-12 yoşli bolalardan taşkil topgan “Qizilçoli” futbol komandasi misolida ham aniq körişimiz mumkin. Negaki, uşbu qişloq futbol komandasi özining qator ğalabalari bilan elga tanildi.
“Qizilçoli” futbol komandasi avvalo Kuyukköpir ovulidagi mahallalararo ötkazilgan “Futbolimiz kelajagi” anʼnaviy sport musobaqalarining tuman hududiy bosqiçida, keyinçalik uşbu musobaqaning tuman bosqiçida iştirok etib, faxrli birinçi örinlarni egallaşga muvaffaq böldi. Şuningdek, bu komanda musobaqaning Qoraqalpoğiston Respublikasi hududiy bosqiçida, yaʼni Amudaryo, Beruniy, Törtköl va Ellikqalʼa tumanlari sportçilari iştirokida Ellikqalʼa tumanida ötkazilgan futbol öyinlarida ham birinçi örinni egallaşga muvaffaq böldi.
Şunday qilib, “Qizilçoli” futbol komandasiga şu yilning 7-avgust kuni “Futbolimiz kelajagi” anʼanaviy sport musobaqasining Xöjayli şahrida ötkazilgan Qoraqalpoğiston Respublikasi final bosqiçida ham iştirok etiş nasib qildi.
“Qizilçoli” futbol komandasi musobaqaning uşbu bosqiçida ham birinçi örin sohibi böldi. Ğolib komanda 1-darajali diplom, medal, kubok va boşqada qimmatbaho sovğalar bilan taqdirlandi.
Kuyuk köpir ovulidagi “Qizilçoli” mahallasining “Qizilçoli” futbol komandasi aʼzolari futbol öyinlari sirlarini örgatayotgan öz murabbiylari, 9-sonli umumtaʼlim maktabi jismoniy tarbiya fani öqituvçisi Maqsud Bozorboyev va yordamçi murabbiy Anvar Yöldoşevlardan minnatdor bölmoqdalar.
A.JUMANIYoZOV.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶