21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 10:45
Siyosat 👁 3,428

SAYLOV YaNGIChA TARTIBDA OʻTKAZILADI

SAYLOV YaNGIChA TARTIBDA OʻTKAZILADI

Oʻzbekiston Respublikasi Kons-titutsiyasining 105-moddasiga, Qoraqalpogʻiston  Respublikasi Konstitutsiyasining 99-moddasiga hamda «Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida»gi va «Fuqarolar yigʻinlari  raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari  saylovi toʻgʻrisida»gi qonunlarga muvofiq fuqarolar yigʻinlari  raislari va ularning maslahatchilarining vakolat muddati shu yil noyabr-dekabr oylarida tugashi munosabati bilan navbatdagi saylovni oʻtkazish muddati 2013-yil noyabr-dekabr oylari etib belgilandi.

Bu saylovlar jarayoni yangi tahrirda qabul qilingan «Fuqarolar  yigʻinlari  raislari (oqsoqollari) va uning maslahatchilari  saylovi toʻgʻrisida»gi Qonun  asosida oʻtkazilishi bilan ahamiyatlidir.

Tumanimizda boʻlajak saylovlarda 47 nafar fuqarolar  yigʻini raisi (oqsoqoli) va ularning 420 nafardan ortiq maslahatchisi saylanishi rejalashtirilmokda.

Qonunga muvofiq fuqarolar yigʻini raisi va uning maslahatchilari  saylovi oshkoralik, muqobillik va teng saylov huquqi printsiplari asosida oʻtkaziladi.

Yangi tahrirdagi Qonunga asosan 2013-yil 27-sentyabr kuni Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi qarori bilan fuqarolar yigʻinlari  raislari va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish xamda oʻtkazishda fuqarolar yigʻinlariga amaliy yordam berish uchun tuman hududida fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi tuman komissiyasi tarkibi tasdiqlandi. Tuman komissiyasi tarkibiga fuqarolar  yigʻinlarining, davlat organlarining, nodavlat-notijorat tashkilotlarining vakillari kiritildi.

Shu bilan birga bevosita joylarda saylovni tashkil etish hamda oʻtkazish boʻyicha yangi tahrirdagi Qonunga koʻra fuqarolar yigʻini (fuqarolar  vakillarining yigʻilishi) qarori bilan fuqarolar yigʻini raisi va uning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazish boʻyicha ishchi guruhlar tuziladi. Ushbu ishchi guruh fuqarolar yigʻini raisi va uning maslahatchilarining navbatdagi saylovi eʼlon qilingandan keyingina oʻz faoliyatini tugatadi.

Ishchi guruh tarkibiga qoida tariqasida fuqarolar yigʻinining tegishli hududda joylashgan nodavlat-notijorat tashkilotlar va boshqa tashkilotlarning vakillaridan tashqari Xalq deputatlari tuman Kengashining deputati ham kiritiladi. Ishchi guruh tarkibiga fuqarolar  yigʻini raisi (oqsoqoli), uning maslahatchilari, fuqarolar  yigʻini organlarining boshqa xodimlari, shuningdek fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari lavozimiga nomzodlarning, fuqarolar yigʻini organlari boshqa xodimlarning yaqin qarindoshlari kiritilishi mumkin emas.

Qonunda ishchi guruh vakolatlari aniq belgilab berilgan. Yaʼni ishchi guruh: hovlilar, uylar, koʻchalar hamda shaharchalardagi, qishloqlardagi va ovullardagi mahallalar aholisining fuqarolar vakillari saylovi boʻyicha umumiy yigʻilishlarni tashkil etish va oʻtkazish, hovlilar, uylar, koʻchalar hamda shaharchalardagi, qishloqlardagi va ovullardagi mahallalar aholisi umumiy yigʻilishining ishtirokchilarini roʻyxatga olish hamda fuqarolarning saylangan vakillari xaqidagi maʼlumotlarni koʻrsatgan holda aholining umumiy yigʻilishi bayonnomasini tuzish, tegishli hududda doimiy yashovchi fuqarolarning fikrini hisobga olgan holda tegishli komissiyaga taqdim etish uchun nafaqat fuqarolar yigʻini raisi, balki uning maslahatchilari lavozimiga ham nomzodlar boʻyicha takliflar tayyorlash, boʻshab qolgan oʻrinlarga fuqarolar yigʻini raisi va uning maslahatchilari saylovi oʻtkazilishini tashkil etish va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirish yuklatilgan. 

Ishchi guruh fuqarolar yigʻini raisi lavozimiga nomzodlarga doir hujjatlarni tayyorlaydi va tuman hokimi bilan kelishish uchun fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi tuman komissiyasiga saylovdan kamida oʻn kun oldin taqdim etadi. Hujjatlarga fuqarolar yigʻini raisi lavozimiga nomzodlarning oʻz nomzodi koʻrsatilishiga yozma roziligi ilova qilinadi. Shuningdek, tuman hokimi fuqarolar yigʻinlari raislari lavozimiga taqdim etilgan nomzodlarning hujjatlarini koʻrib chiqadi va oʻzining ushbu nomzodlar boʻyicha asoslantirilgan xulosalarini keyinchalik ishchi guruhlarga topshirish uchun tuman komissiyasiga yuboradi.

Bundan tashqari, ishchi guruh tuman hokimining xulosasini olganidan keyin fuqarolar yigʻini lavozimiga kelishilgan nomzodlar haqidagi axborotni saylovdan kamida besh kun oldin fuqarolar yigʻini binosiga va guzarlarga osib qoʻyadi.

Fuqarolar yigʻini raisi lavozimiga nomzodlar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari boʻlishi, qoida tariqasida, oliy maʼlumotli, bevosita saylovga qadar kamida besh yil tegishli xududda doimiy yashayotgan, nodavlat notijorat tashkilotlarda yoxud tadbirkorlik va boshqa xoʻjalik faoliyati sohasida ish tajribasiga, shuningdek, hayotiy tajribaga va aholi oʻrtasida obroʻ-eʼtiborga ega boʻlishi kerak.

Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz, deb topilgan, ogʻir yoxud oʻta ogʻir jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar, shuningdek, sudning hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotganlar, haqiqiy harbiy xizmatdagi shaxslar, diniy tashkilotlarning professional xizmatchilari fuqarolar yigʻini raisi lavozimiga saylanish uchun nomzod etib koʻrsatilishi mumkin emas.   

Fuqarolar yigʻini raisi maslahatchilari lavozimlariga nomzodlar xam tegishli xududda doimiy yashaydigan fuqarolarning fikrlari inobatga olingan xolda ishchi guruh tomonidan koʻrsatiladi.

Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovini oʻtkazish uchun fuqarolar yigʻini (fuqarolar vakillarining yigʻilishi) ishchi guruhning rahbari raisligida oʻtkaziladi.

Fuqarolar yigʻini (fuqarolar vakillarining yigʻilishi) kun tartibiga, qoida tariqasida, sanoq komissiyasini saylash, fuqarolar yigʻini raisini saylash hamda uning maslahatchilarini saylash masalalari kiritiladi.

Fuqarolar yigʻinida (fuqarolar vakillarining yigʻilishida) raislik qiluvchi fuqarolar yigʻini raisi va uning maslahatchilari lavozimiga nomzodlarni eʼlon qilgandan keyin yigʻin raisi lavozimiga nomzodlarning har biriga oʻzining kelgusi faoliyati dasturini eʼlon qilish uchun alifbo tartibida soʻz beradi.

Ovoz berishni oʻtkazish tartibi boʻyicha fuqarolar yigʻini raisi yoki uning maslahatchilari saylovida ochiq ovoz berish usuli tanlansa, ovoz berish har bir nomzod boʻyicha qoʻl koʻtarish yoʻli bilan oʻtkaziladi. Bunda fuqarolar yigʻinida (fuqarolar vakillarining yigʻilishida) raislik qiluvchi fuqarolar yigʻini raisi lavozimiga nomzodlarni alifbo tartibida ovozga qoʻyadi. 

Shuningdek, fuqarolar yigʻini raisi lavozimiga nomzodlar boʻyicha ovoz berish oʻtkazilganidan keyin, fuqarolar yigʻinida (fuqarolar vakillarining yigʻilishida) raislik qiluvchi fuqarolar yigʻini raisining maslahatchilari lavozimiga nomzodlarni alifbo tartibida ovozga qoʻyadi.

Fuqarolar yigʻini raisi yoki uning maslahatchilari saylovi yashirin ovoz berish orqali oʻtkazilayotganda fuqarolar yigʻini (fuqarolar vakillarining yigʻilishi) ishtirokchilariga sanoq komissiyasi tomonidan saylov byulletenlari beriladi. Byulletenga fuqarolar yigʻini raisi yoki uning maslahatchilari lavozimiga nomzodlarning familiyasi, ismi, otasining ismi alifbo tartibida kiritiladi. Byulletenlar bevosita ovoz berishdan oldin tarqatiladi. Byulleten ovoz beruvchi tomonidan yashirin ovoz berish kabinasida yoki xonasida toʻldiriladi. Ovoz beruvchi byulletenning oʻng tomonida, oʻzi yoqlab ovoz berayotgan fuqarolar yigʻini raisi yoki uning maslahatchisi  lavozimiga nomzodning familiyasi qarshisida joylashgan boʻsh toʻrtburchak ichiga belgi qoʻyadi. Ovoz beruvchi toʻldirilgan byulletenni saylov qutisiga tashlaydi. Saylov qutilari ovoz berish tugaganidan keyin sanoq komissiyasi tomonidan ochiladi.

Fuqarolar yigʻini raisi va uning maslahatchilari saylovi yakunlarini chiqarish tartibiga koʻra ovoz berishda ishtirok etgan fuqarolarning yarmidan koʻprogʻi ovozini olgan nomzod fuqarolar yigʻini raisi yoki uning maslahatchisi lavozimiga saylangan hisoblanadi.

Umuman olganda, saylovga puxta tayyorgarlik koʻrib, uni qonunga muvofiq yuqori tashkiliy-huquqiy darajada oʻtkazishni taʼminlashimiz zarur.

 

Rustam Roʻzmetov,

tuman hududida fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi tuman komissiyasi raisi, "Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman boʻlinmasi raisi.

(Foto:http://mahallagzt.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026