Jayxun ilhomlari
Vatan
Bilaman,
jonimni söramaysan.
Quvonasan yaşasam töğri.
Bor mehrimni körsam baham,
bölmasam bas xoin yo öğri.
Kamolim tilaysan har vaqt
şundanmi, yoruğ yölim.
Vaqtning millaridek
bilmaysan tinim.
Ariğimga ekdim nihollar
körgan közlar quvnasin.
Tilaysan bolalaring
ortidan baxt quvlasin.
Yaşayapman özimga sodiq
dil yozaman, öqiyman kitob.
Noning, tuzing oqlamoq uçun
yuragimda iztirob.
To sönggi lahza qadar
talpinaman sen tomon.
Quyoşing kulsin,
yiğlamasin osmon!
Şahzod Anvar.
Ehtirom
Buyuk Istiqlol yöli –
Undan ötadi karvon.
Eng uluğ karvon asli
Jonajon Özbekiston!
Töxtamay, ortga qaytmay,
Maqsad sari intilar.
Özga millat farzandin
Özinikidek bilar.
Yurt oldida burçini,
Aʼlo etib oqlagan.
Xalqiga muhabbatni
Qalb törida saqlagan.
Istiqlol karvoniga
U böldi tolmas sarbon,
Kelajak devonida
Manzilin quçdi karvon.
Karvon bilan umrini,
Boğlagandir bu inson
Umri uzun bölsin va
Doimo bölsin omon!
Mehribon ŞOMURODOVA, 1-sonli maktab öquvçisi.
Özbekiston
Özbekiston, nurga töla boğlar yurtisan,
Samoga böy çözgan toğlar yurtisan.
Olim-u şoirlar kamolga yetgan,
Ajdodlardan meros, durlar yurtisan.
Bağringda ulğaytding buyuk öğlonlar,
Ular bunyod etdi metin qörğonlar.
Jaloliddin hamda yengilmas Temur
Qalbida Vatan deb yongan tuyğular.
Tinç ölkam, tinçliging - bebaho baxtim,
Istiqlol nuri-la çaroğon taxtim.
Vatan, qaroğimda asrab ötaman,
Senga xizmat qilmoq eng uluğ ahdim!
Sveta XUDOYoROVA,
67-sonli maktab öquvçisi
YuRTBOŞIMGA
Sizni sevar bugun siz sevgan Vatan
Har nafasda bordir aziz nomingiz.
Millatlar yaşaydi bir tan-u bir jon
Xalq yakdil, butundir rizq-u nonimiz.
Sir töla neçalab qulfni oçdingiz,
Xalqim, deb el aro mehr soçdingiz.
Mustaqillik uçun, ozodlik uçun,
Dunyoga dengizday tölib toşdingiz.
Vatanni yoritgan porloq Quyoşim –
Xalq dilida mangu qolgan Yurtboşim!
Latofat ÖROZALIYeVA, Manğit qişloq xöjalik kasb-hunar kolleji öquvçisi.
Yurtim
Yurtimning beqiyos boğ-u roğlari,
Purviqor toğlari, çamanzorlari,
Insonlarning gözal fazilatlari,
Tuğilgan makonim – Özbekistonim!
Farzandingman seni jondan sevuvçi,
Sen uçun hattoki jondan keçguvçi.
Onamga qiyossan, ey mehribonim,
Tuğilgan makonim – Özbekistonim!
Şahlo QUROLOVA, 62-sonli
maktab öquvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶