FUQAROLARNING MUROJAATLARI MAQOMINING ÖZGARIŞINI SMS-XABARNOMA ORQALI XABARDOR QILIŞ
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (Yagona portal) işga tuşganiga yaqinda tört oy böladi. Ötgan vaqt mobaynida Yagona portal yaratuvçilari foydalanuvçilarga yangi xizmatlar va imkoniyatlarni taqdim etmoqdalar. Misol uçun, murojaatlar böyiça davlat organidan olingan javobni baholaş va javobga izoh qoldiriş, murojaatni davlat organiga yuborişdan avval bekor qiliş, murojaatni elektron raqamli imzodan foydalangan holda yuboriş, iş haqi va mehnat staji töğrisidagi maʼlumotnomani elektron ravişda oliş va boşqalar şular jumlasidandir.
Hozirgi kunda Yagona portaldagi eng talabgir xizmatlardan biri, bu – fuqarolarning davlat organlariga murojaatlarni yuboriş xizmati hisoblanadi. Yagona portaldan olingan statistik maʼlumotlarga köra bugungi kunda Yagona portal orqali fuqarolar tomonidan davlat organlariga yuborilgan murojaatlar soni 2 mingtaga yetib qoldi. Ularning 64 foizi körib çiqilgan bölsa, 36 foizi esa körib çiqiş jarayonida.
Bugungi kunda respublikamizda mobil aloqaning şiddat bilan rivojlanayotganligini hisobga olgan holda mobil aloqa mijozlariga yangi xizmatlarni taqdim etiş dolzarb vazifa hisoblanadi. Şu bois, Yagona portal yaratuvçilari fuqarolarga yana bir qulaylik yaratiş maqsadida davlat organlariga murojaatlarni yuborişda murojaatning yuborilganligi, uni qayta işlaşga qabul qilinganligi yoki rad etilganligi va murojaatga javob berilganda (yopilganda) arizaçiga uning mobil telefoniga SMS-xabarnomani yuboriş xizmatini işlab çiqdilar va joriy etdilar.
Davlat organiga Yagona portal orqali murojaat yuborilganda, foydalanuvçi ID-raqami va murojaat yuborilgan vaqt körsatilgan quyidagi mazmundagi SMS-xabarnomani oladi: "Sizning murojaatingiz davlat organiga yuborildi”. Davlat organ tomonidan fuqaroning murojaati körib çiqiş uçun qabul qilinganda, esa fuqaro "Sizning murojaatingiz körib çiqiş uçun qabul qilindi” mazmundagi SMS-xabarnomasini oladi. Davlat organi tomonidan murojaat bilan işlaş jarayoni yakunlanganda, yaʼni murojaat yopilganda, fuqaro işning natijasini aks ettiruvçi quyidagi mazmundagi SMS-xabarnomasini oladi: «Sizning murojaatingizga javob berildi». Murojaat davlat organi tomonidan u yoki bu sabablarga asosan rad etilganda esa foydalanuvçi «Sizning murojaatingiz rad etildi» mazmunida xabarnoma oladi.
Barça SMS-xabarnomalar murojaatning röyxatga olingan ID - raqami va SMS-xabarnomasi yuborilgan vaqt körsatilgan holda fuqaroning Yagona portaldagi murojaatiga havola bilan birga yuboriladi.
Uşbu xizmat foydalanuvçilarga Yagona
portalga kirmasdan turib öz murojaatlarining maqomidan doimo xabardor bölib
turiş va davlat organlari bilan tezkor va samarali özaro aloqadorlikni örnatiş
imkonini beradi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶