Jayxun ilhomlari
ŞIJOAT KÖRSAT
Sizga boqsam, yurtning ey, yoş avlodi,
Bir oddiy haqiqat közga taşlanar:
Siz xalqimga Haqning buyuk imdodi –
Yurtning kelajagi sizdan boşlanar.
Sizday şer yurakli yoşlar qoşida,
Ne asov muammo ham yuvoşlanar.
Şaxdam qadam taşlang yölning boşida,
Yurtning kelajagi sizdan boşlanar.
Bugun sizga qança berilsa imkon,
Olğa şunça dadil qadam taşlanar.
Sizning taşrifingiz kutmoqda jahon –
Yurtning kelajagi sizdan boşlanar.
Yoşlik – ilm olişga eng yaxşi fursat,
Keçiksang boş afsus bilan qaşlanar.
Demak, har sohada şijoat körsat –
Yurtning kelajagi sizdan boşlanar.
Sizning jasoratni madh etmoq uçun,
Har kuni neça qalam taroşlanar.
Körsating şu bugun yoşlikning kuçin,
Yurtning kelajagi sizdan boşlanar.
A.NAFASOV,
«Jayxun ilhomlari» NNT raisi.
MUROJAAT
Kalta yubka, tor şimlarni kiyib olib,
Köçalarda yurişadi qöl uşlaşib.
Özbek qizi, deyolmaysiz nazar solib,
Turişlarin qaranglar-a, gap talaşib.
Qayda qoldi özbegim xon atlaslari,
Momolarim ardoqlagan adraslari.
Köz taşlasang, odob-ibo yöqolibdi,
Zamon emas, özbek qizi özgaribdi.
Bilib oling, zamonaga ayb yöqdir,
Axir köplar zamonni peş qilişadi.
Farmonbibi momom asli juda haqdir,
Xörozqandni çetniki deng, yalaşadi!
Ey döstlarim, közingizni oçing katta,
Şirin sözlab va iboli bölingiz-da.
Tor yubkaning puliga köp kitob olib,
Ilm oling va maʼnaviy böling ğolib!
Oynura JIYaMURODOVA,
Amudaryo akademik litseyi öquvçisi.
OZODLIK
Qanot yozar, şodumon yayrab,
Anov kökda uçib yurgan quş.
Yotar edi qafasda qaqşab,
Keçagina munğayib, xomuş.
Endi esa ozoddir, erkin.
Bağrin oçgan unga keng oçun.
Quyoşga intilgan gullar singari,
Hayot nurin içmoği mumkin.
Maftuna KENJABOYeVA, “Dörman” ovuli.
KITOB
Kitoblardan örganaman ilmni,
Kitob öqib, köpaytaman bilimni.
Kitobsiz heç yerga borib bölmaydi,
Men u bilan topdim yölimni.
Kitoblar bor, jahon unda körinar,
Kitoblar bor, yaşaganing bilinar.
Varaqlasang, sahifalar içida
Mir Alişer, Bobur bobom körinar.
Dildora SOBIROVA,
19- maktab öquvçisi.
VATAN BAYROĞI
Vatanimning bayroği
Köklarda xilpiraydi.
Xalqimning mard öğloni
Şu Vatanda ulğayadi.
Bizning bayroğimizga
Tabiat rangi singgan.
Har bir rangda ezgulik,
Mujassamdir tinçlik.
Tomirlarda oqqan qon,
Kindik qon tomgan makon.
Poklikdan yaralgan dil,
Sadoqatli, oq köngil.
Xalqimning oydin yöli
Aks etgandir iqboli!
Sardorbek KENJABOYeV,
20-sonli maktab öquvçisi.
KIM GUNOHKOR?
Ajralişdi yoş kelin-kuyov,
Sabab bormi, deya izladim.
Ikkovi ham öziça oppoq,
Kim gunohkor, şuni bilmadim.
Ikki oylik taniş edilar,
Dabdabali töy ham qildilar.
Qaynota-yu qaynona xursand,
“Köz tegmasin!” – deya suydilar.
Qiz çiroyli, yigit ham körkam,
Norozilik boşlandi birdan.
Sovuqçilik tuşdi oraga,
Bir-birini tuşunmaslikdan.
Janjal çiqdi töqlik - şöxlikdan,
Mehnatga yor bölmadi ikkov.
Qiz ota uy eşigin qoqdi,
Haydab soldi noşukur kuyov.
Kuyov biron hunarni bilmas,
Rözğor nima, aslo tuşunmas.
Şunday gözal qörğon buzildi,
Mehr degan rişta uzildi.
Ho-yu havas oila bölmas,
Axir, hayot öyinçoq emas.
Eh, ikki yoş xatosi sabab,
Farzand ota neligin bilmas.
Tengdoşlarim, dugonalarim,
Bu sizlarga köp saboq bölsin.
Tilagim şu, barça oila –
Eng gözal va mustahkam bölsin.
Ajralişdi yoş bir oila,
Azobini çekmoqda bola…
Dildora RAJABOVA,
“Boğ” mahallasi.
BILIM KONI
Qunt-la öqisang agar,
Köp narsani örgatar.
Bilarsan odob-axloq,
Bilim koni bu – kitob.
Qölimdan heç qöymasman,
Öqib-öqib töymasman.
Kelajakni öylayman,
Yölimda çiroq – kitob.
Laylo Ilyosova, 75-sonli maktab
öquvçisi.
OLDINGA INTIL
Senga turli sinov yuborar taqdir,
Ulardan birma-bir sekin ötaver.
Orqangga qarama, yuraver dadil,
Közlagan maqsading sari ketaver.
Kun kelib yuzingni bosadi ajin,
Qaltiroq qöllaring tutadi hassa.
Basavlat qomating egilgan sayin,
Qop-qora soçlaring oqarar asta.
Kun kelar, orqangga boqarsan, balki,
Eslarsan yoşlikda keçgan damlaring.
Öşanda ökinma bu nurli kunga,
Yetgan-etmagandir yaqin döstlaring.
Aslida yuzingda ajin emas u,
U hayot keltirgan eng uluğ tuhfa.
Ötmiş hayotingdan qolgan çuqur iz,
Halol mehnatingdan qolgan bir meva.
Mehnat qil, boğ qilib, daraxt kökartir,
Sendan doğlar emas, qolsin nurli nom.
Qarigan paytingda töldirib tandir
Aziz farzandlaring yopar buğdoy non.
Gulruh AHMEDOVA, Dörman ovuli.
ORZU
Mudrab yotgan yaqin-yiroqlar,
Boğlariga bitib butoqlar.
Bayramlaşar nurli kunlarni,
Köklamlaşar köklam gullari.
Bor bölsin, “Kel!”- degan ötloqlar,
Orzuga soz ekan bu çoğlar.
Jonga orom berar, aylanib –
Yursang arzir yurtingni tanib.
Jumaboy Hidoyatov.
VATAN MUQADDAS
Jang aro jangçilar topsa jarohat,
Joni azoblarda qolganda hayhot.
Ona yurt tuproğin bosib taniga,
Misli malham kabi topgaylar rohat!
Sayyoh özga yurtda bemor bölsa gar,
Yemişin gohida unut qoldirar.
Lek yurtin suvini bosar köksiga,
Demişlar: «yurt suvi tanaga mador!»
Vatan quçoğiga siğdira olar,
Uning quçoqlari kengdir şunçalar.
Şuning-çun muqaddas, öçmas yurakdan,
Har zarra tuproği aziz, möʼtabar!
Navbahor RAHIMOVA, Amudaryo agrobiznes kasb-hunar kolleji öquvçisi.
YÖQLOV (Ustozimiz Maqsud aka Matnazarov xotirasiga)
Umr daftarining har bir varağin,
Faqat gul-u ğunçadan bezamoq istab,
Bunyodkor maqsading misoli çaqin –
Qöymadi ğaflatda qolişni uxlab.
Har inson umri-çun mehnatdan ortiq,
Baxt uçun eltuvçi yölning özi yöq.
Zahmatlar ortidan kelgaydir tortiq,
Ortingizda qolgan rahmat çeki yöq.
Yurgan yöllaringiz kuzatdi sizni
Qora közlaringiz uzatdi sizni.
Maktab hovlisiga siz ekkan nihol,
Bugun soya berib eslatdi sizni!
Ş. XOLMURODOVA,
32-maktab öqituvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶