YoSh OILALAR TENNIS MUSOBAQALARIDA IShTIROK ETDILAR
Bugungi kunda mahallalar oʻrtasida turli sport musobaqalarini oʻtkazish anʼanaga aylangan. Aholini sogʻlom turmush tarziga rioya qilishga oʻrgatish, jismonan sogʻlomlikka erishishda sportning ahamiyatini tushuntirish maqsadida oʻtkazib kelinayotgan sport musobaqalarida ishtirok etishga qiziquvchilar ham oshib bormoqda.
Tuman Sport maktabida sportning stol tennisi turi boʻyicha “Mahallamiz stol tennischilari” shiori ostida oʻtkazilgan musobaqada yosh oilalar va 13-14 yoshdagi sportchilar ishtirok etdilar. Nihoyatda qizgʻin boʻlib oʻtgan musobaqada yosh sportchilar va yosh oilalar aʼzolari chaqqonliklarini, abjirliklarini koʻrsatdilar.
Barcha raqiblarni ortda qoldirishga erishgan tezkor tennischi yoshlardan Navoiy nomidagi mahalladan Xurshida Qoʻchqorova qizlar oʻrtasida, oʻgʻil bolalar oʻrtasida esa “Boyovul” mahallasidan Dostonbek Jumanazarov 1-oʻrinni qoʻlga kiritdilar. Yosh oilalar oʻrtasida oʻtkazilgan musobaqada esa “Farovon” mahallasida yashovchi Otaxonovlar oilasi gʻolib boʻldi.
Musobaqaning Nukus shahrida oʻtkaziladigan final bosqichiga yoʻllanma olgan gʻoliblarga tuman Sport maktabi va oʻzini oʻzi boshqarish organlari tuman Kengashi, “Mahalla” jamoat fondi tuman boʻlinmasi xodimlari diplom va esdalik sovgʻalarini topshirdi.
O. Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶