HEÇ KIM ÖZ-ÖZIDAN GIYoHVAND BÖLIB QOLMAYDI
Ota-ona uçun farzandining giyohvand bölib qolganini bilib qolişi juda oğir musibatdir!
Şunda ota-ona öz bolasining bu yöldan çiqib ketişi uçun judayam köp saʼy harakatlar qilişga urinadi. Bu harakatlar har doim ham naf berarmikan? Çunki giyohvandlik yöliga kirib qolgan insonlar – bemor hisoblanadi.
Kasal bölgandan köra uning oldini olgan maʼqul. Giyohvandlikning oldini olişda eng avvalo farzand tarbiyasi katta ahamiyatga egadir.
Bola tuğilişi bilan uni darhol öz onasining bağriga qöyilişi bejiz emas. Şu paytdan bola bilan ona orasidagi mehr tuyğulari şakllanişni boşlaydi. Bolaga çaqaloqlik davridan boşlab katta odam bilan gaplaşgandek murojaat qiliş kerak.
Bolalar tarbiyasida ular bilan suhbatlaşiş, hamma savollariga javob beriş, ruhan quvvatlab turiş kerak. Köpinça işdan kelgan ota-onalar, bola bilan muloqot qilişni xohlamaydi. Bola esa kuni bilan ota-onasini kutib, bölgan voqealarni gapirib bergisi hamda ruhan quvvatlanişni xohlaydi. Agar ota-onalar bolaga vaqt ajratmasalar, unda bola köçadagi odamlardan ruhiy tayanç qidiradi.
Ana şu paytda giyohvandlarning qöliga tuşib qolmasligiga kim kafolat beradi? Öz bolasiga vaqt ajratmagan ota-onalar, agar bola giyohvandlik yöliga kirib qolsa, butun vaqtini umrining oxirigaça şu bolaga ajratadi, lekin unda keç böladi.
Ösmirlik davrida bolalar katta eʼtibor talab qiladi. Ota-onaning mehriga, suhbatiga, maslahatlariga muhtoj böladi. Öz farzandini kamsitmasdan, u bilan döstlaşib, muammolari yeçilişiga kömakdoş bölişi talab etiladi.
Bolaning heç qaçon böş vaqti bölmasin, har bir daqiqaning qadrliligini uning ongiga singdirib boriş kerak. Farzand mehnatkaş bölişi uçun uni har-xil yumuşlar bilan band qiliş va albatta, sport maşğulotlariga jalb qiliş kerak. Şunda undan omadli, soğlom fikrlaydigan, yetuk inson şakllanadi.
Farzand tarbiyasida meʼyor degan fikr ham şakllanib borişi kerak. Yaʼni, farzandining har bir istagini darhol bajariş ham, judayam erkalatib yuboriş ham notöğridir. Giyohvandlik bilan şuğullanuvçi insonlar, ayniqsa, şunaqa erkatoy farzandlarning ketidan «ov»ga tuşişadi. Qarmoqqa tuşgan bola esa xonadonining barakasini uçiradi.
Farzand tarbiyasida ota-bobolarining yutuqlari haqida gapirib beriş, davomçi sifatida örnak bölişi kerakligini ongiga singdiriş ham katta ahamiyatga egadir. Heç kim öz-özidan giyohvandga aylanib qolmaydi.
Inson baxtli bölişi uçun eng avvalo, bilimga intilişi, mehnatkaş bölişi, harakat qilişi hamda öz orzulariga yetişişiga işonişi kerak!
Özi sevgan işida işlaşi, özi xohlagan oilasini yaratişi kerak.
Baxt - bu baxtsizlikni yengişdir!
Jumaboy YaVQAŞEV,
tuman köp tarmoqli markaziy poliklinikasining
Salomatlik bölimi mudiri.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶