Maktab imiji taʼlim sifatini belgilaydi
Hozirgi kunda umumtaʼlim muassasalarining öziga xos imijini yaratiş vazifa qilib qöyilmoqda. Xöş, taʼlim muassasasi imiji nima? Imij – yaʼni öziga xos qiyofa – maktabning joylaşişi, mevali, manzarali daraxtlar, gullar bilan bezatilişi, öquvçilarga taʼlim beriş darajasi, öqituvçilarning salohiyati, taʼlim olayotgan yoşlarning yutuqlari, öqituvçi va öquvçilarning kiyinişi, muomala odobini ham öz içiga qamrab oladi.
75 nafar tajribali va malakali ustozlar 736 nafar öquvçilarga taʼlim-tarbiya berayotgan bizning 11-sonli umumtaʼlim maktabimizda ham bugungi kun talablari öz aksini topmoqda.
Maktabimiz öquvçilarimizning har xil körik-tanlovlarda, bilimlar bellaşuvlarida, fanlar olimpiadasida erişgan körsatkiçlari böyiça tumanda birinçi önlikdan joy olganligi ustoz öqituvçilarning qay darajada mehnat qilayotganliklarini körsatadi.
Bola qalbi – oçilmagan qöriq. Uni tarbiyalaş, ilmli qiliş öqituvçi mahoratiga boğliq. Şularni hisobga olib, jamoamiz aʼzolarining malakasini oşirib borişiga erişayapmiz.
Maktabimizda ötgan öquv yili oxirida öquvçilarning sinf rahbari, ota-onalari iştirokida majlis ötkazib, öquvçi maktab formasining yangiça imijini qabul qildik.
Yangi öquv yilida esa bolalar ana şu formada kelişlarini taʼminladik. Bu taklifimizni ota-onalar ham maʼqullaşdi. Çunki yangi öquv yiliga öğlini, qizini kiyintiriş uçun bozorga olib borgan ota-ona avvalo eng maqbulini tanlaşda qiynaladi. Qolaversa, farzandi u qanday matodan tikilgan, yoşiga, gavdasiga mos kelganini emas, körimli va qimmat kiyimlarni talab qilişi hammaga ayon. Bizning tanlagan formamiz esa 30-35 ming sömlar atrofida böldi. Bu ota-onalarni yangi öquv yiliga kiyim olib beriş taşvişidan qutqardi. Eng muhimi esa sinfda barça öquvçilarning tinç-xotirjamligini taʼminladi. Diqqatini çalğituvçi qimmatbaho kiyimlar kiyilişiga barham berildi. Öqituvçilarning ham maxsus maktab formada bölişi nur ustiga aʼlo nur böldi.
Maktab taʼlim-tarbiyasida ikkinçi darajali işning özi yöq. Sinfxonalarni, koridorlarni taʼlimga aloqador suratlar, ibratli maqollar, gullar bilan bezatiş, körgazmali qurollar asosida interfaol usullardan foydalanib darsni ötiş kabi muhimdir. Çunki çor-atrofidagi gözallik bolaning didini östirişga xizmat qiladi. Şu boisdan ham maktabimizning taşqi va içki körinişini imkoniyatlarimiz darajasida yaxşilaşga harakat qilayapmiz. Obodonlaştiriş, kökalamzorlaştirişga eʼtiborni kuçaytirib, kiçik-kiçik gulzorlar taşkil etdik. Kelgusi köklamda mevali, manzarali daraxtlar ötqaziş uçun ariqlar qazib, tayyorlab qöydik va qaysi hududga qaysi sinf masʼul ekanligini ham belgiladik.
Öz kasbining fidoyisi, tinmay öz malakasini oşirib, bu bilimlarini öz joyida qöllab seminar-treninglar taşkil qilayotgan öqituvçilarimiz maqsadi muassasamiz içki qiyofasi yaʼni taʼlim-tarbiya sifatini yuqori poğonalarga kötarişdir.
Ustoz niyati doimo ezgu böladi. Biz hozir sinfxona partalarida ötirgan bolajonlarimizning qiyofasida ertagi kunning yetuk insonlari, malakali mutaxassislarni, öz yurtining fidoyilarini körgimiz keladi. Butun faoliyatimiz orzularimizning ijobat bölişiga qaratilgan.
Barça öqituvçilarni, ustozlarni kasb bayrami bilan qutlab, şogirdlar kamolini körib, uzoq umr körişini tilayman.
Zulfiya YuSUPOVA,
11-sonli umumtaʼlim maktabi direktori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶