18 NAFAR HUNARMANDLARGA JAMI YaRIM MILLIARD SOʻMDAN ORTIQ KREDITLAR AJRATILDI
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-noyabrdagi “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5242-sonli farmoyishi milliy hunarmandchilik, xalq badiiy va amaliy sanʼati rivojlantirish va shu asosda yangi ish oʻrinlari tashkil etishda katta ahamiyatga ega.
Mazkur qaror ijrosini taʼminlash boʻyicha Amudaryo tumanida ham qator amaliy ishlar qilinmoqda.
Tuman hokimligi tomonidan tumanda hunarmandchilik bilan shugʻullanuvchi oilalar va fuqarolar ishtirokida yigʻilishlar oʻtkazildi. Ushbu fuqarolarning “Hunarmand” uyushmasiga aʼzoligi taʼminlandi hamda “Mikrokreditbank” tomonidan imtiyozli kredit mablagʻlari ajratilmoqda.
Jumladan, bugungi kungacha tumandagi 18 nafar hunarmandlarga qayta moliyalashtirish foiz stavkasidan oshmagan holda jami 555 mln. soʻm imtiyozli kredit mablagʻlari ajratilgan.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶