Hosil yuqori navlarga topşirilmoqda
ÖzA, Aminboy Ortiqboyev, 03.10.2013 16:34
Qoraqalpoğiston Respublikasi paxtakorlari bu yil ob-havo injiqliklariga qaramay, möl hosil yetiştirdilar. Hosilni yoğin-soçinli kunlarga qoldirmay yiğib-terib oliş borasidagi işlar qizğin davom etmoqda.
– Prezidentimiz rahnamoligida amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar, mamlakatimizda fermerlik harakatini rivojlantirişga qaratilayotgan ulkan eʼtibor bugungi yutuqlarimizning asosiy omili bölmoqda, – deydi Amudaryo tumani hokimi Rajabboy Yöldoşev. – Suğoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxşilaş dasturi doirasida tumanimizda davlat byudjetidan 11,2 milliard söm, jumladan, şu yilning özida 3,2 milliard söm mablağ sarflanib, 1 ming 410 kilometrlik kollektor-drenaj tarmoqlari rekonstruktsiya qilindi va taʼmirlandi. Natijada 25 ming gektardan ortiq ekin maydonining meliorativ holati yaxşilanib, hosildorlik darajasi oşdi.
Tumanda selektsiya işlarining töğri yölga qöyilgani, hududning iqlim va tuproq şaroitiga mos yangi navlar tanlangani, ğöza parvarişida zamonaviy ilm-fan yutuqlaridan keng foydalanilib, ilğor agrotexnologiyalar amaliyotga joriy etilgani bugun öz samaralarini bermoqda. Buni hosildorlikning yildan-yilga ortib borayotganida ham köriş mumkin. Ötgan yili 26 fermer xöjaligi gektaridan 40 tsentnerdan oşirib hosil olgan bölsa, joriy yilda bunday fermerlar soni oltmişga yaqinlaşib qoldi. Eng muhimi, terilgan paxta hosili töliq yuqori navlarga topşirilayotir.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶