Unumli mehnat natijasi
Paxtakor dehqonlarimizning qaynoq mehri va işçan, mohir qöllari bilan ekib östirilayotgan paxtalarimiz har yilgidek bu yil ham özining çeksiz sahovatini bizdan dariğ tutmadi. Paxtazorlarimizda birin-ketin "oq oltin” xirmonlari kökka böy çözdi. Natijada tumanimiz paxtakorlari 16050 gektar paxta maydonidan 33050 tonnalik yuksak "oq oltin” xirmonini bunyod etib, yillik şartnomaviy rejasini ortiği bilan ado etib, dastlabki dovondan oşdi. Endilikda butun kuç-ğayratimiz va şijoatimizni 43 ming tonnalik yuksak marrani egallaşga safarbar etmoqdamiz.
Bugungi yuksak "oq oltin” xirmonimizni bunyod etişda tumanimizdagi mavjud 261 ta paxtaçilik fermer xöjaliklarining munosib hissalari bor, albatta. Şu jumladan, bizning "Yöldoşev Anvar” fermer xöjaligi paxtakorlarining ham uluşlari borligidan faxrlanamiz. Fermer xöjaligimizda erta bahorda 82 gektar paxta maydoniga baraka uruğlari qadalib gektarlardan töliq nihol olindi va agrotexnik qoidalariga muvofiq parvariş qilindi, meʼyorida oziqlantirildi va suğorildi. Natijada biz kutganimizdek möl paxta hosili yetiştirildi. Paxtazorlardagi hosil çöğini çamalab körib bu yil ham 40 tsentnerlik marra egallanişiga amin böldik.
Paxta yiğim-terim işlari qizib ketdi. Har kuni paxtazorlarimizda 160-165 nafar terimçilar va haşarçilar unumli mehnat qilişib, ön kun içida yillik marradan oşdik va davlat xazinasiga 200 tonnadan ziyod "oq oltin” durdonalarini yetkazib berdik. Munavvar Siydabullayeva, Gulbahor Siytçanova, Momojon Otajanova, Şukrullo Yöldoşev, Anvar Xonov va Soatboy Matqurbonov kabi ijaraçilarimizning har biri mavsum boşidan buyon 8-10 tonnadan paxta hosilini terib topşirdilar.
Şuningdek, Ajiniyoz nomidagi NDPI pedagogika fakultetining 44 nafar talabalari ham zör ğayrat körsatib, 60 tonnadan ziyod "oq oltin” durdonalarini terib topşirdilar. Umuman, bugungi kunda paxtazorlarimiz qizğin mehnat maydoniga aylangan.
Terimçilarning unumli mehnat qilişlari uçun barça qulay şart-şaroitlarni yaratib berganmiz. Mehnat haqlari öz vaqtida hisob-kitob qilinmoqda. Ilğor terimçilar moddiy va maʼnaviy rağbatlantirilmoqda.
Paxtazorlarimizda hosil hali möl. 330 tonnalik yuksak marrani egallab, paxta hosildorligini gektar boşiga 40 tsentnerdan oşirişga erişamiz.
Anvar YÖLDOŞEV,
"Yöldoşev Anvar” fermer xöjaligi raisi, Özbekistonda xizmat körsatgan paxtakor.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶