21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 19:43
Adabiyot 👁 1,115

ZUKKO DEHQON VA ADOLATLI XON HAQIDA ERTAK

ZUKKO DEHQON VA  ADOLATLI XON HAQIDA ERTAK

Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, qadim oʻtgan zamondami, yaqin zamondami, bir adolatli xon boʻlgan ekan. Aslida-ku, ertaklarda xonlarning koʻpchiligi zolim boʻlishadi. Biroq bu xon unchalik adolatsiz boʻlmagan ekan. Ayniqsa, bu xonning odilligi, raiyatparvarligi, boshqa amaldorlariga ham oddiy dehqonlarni qoʻllab-quvvatlash lozimligini uqtirishi ovoza boʻlib ketgan, xalqi ham uni juda sevar va duo qilar ekan.

Poytaxtdan ancha uzoq qishloqda bir dehqon bobo yashar ekan. Halol ter toʻkib, ixlos bilan ishlar, ishning koʻzini bilgani uchun hosili ham moʻl boʻlar ekan.

– Qartayganimda men ham odil podshohimizni bir koʻrib oʻlayin, duoyi jonini qilib, qoʻlini olayin, – deb niyat qilib, zomcha (handalak) ekibdi. Oʻgʻrilardan, shoqollardan ehtiyot qilib, xonga niyatlab ekkan zomchasi rosa yaxshi boʻlibdi! Hidining oʻzi bir dunyo, rangining oʻzi bir dunyo!

Dehqon yoʻlda silkinmasin, deb aravaga tuproq otib, ustiga zomchalarni avaylab yuklab, yoʻlga tushibdi. Shaharga yaqinlashib, bir koʻprikka yetganida, bir toʻda otliqlar duch kelibdi. Koʻrinishidan shikor (ov)dan qaytayotgan boʻlsalar kerak, deb oʻylabdi dehqon.

Otliqlar cholga salom berishibdi. Otliqlardan barvastasi:

– Ha, buva, yoʻl boʻlsin, juda uzoqdan kelayotganga oʻxshaysiz? – debdi.

– Mangʻit, Xitoy degan joylardanman. Xonning huzuriga borayotirman, – gerdayibdi chol.

– Xonning? U erga nima olib borayotirsiz, aravangiz toʻla-ku.

– Ay-y, bir zomcha ekkan edim. Yangilikda, ekin-tikinning oldi. Shundan xonimizga bi-i-ir tottirayin dedim, boshqa taʼmam yoʻq. Bolalardan narsa ortarmidi, erta pishganidan olib kelayotirman-da, bolam, ma, sen ham bi-i-r yeb koʻr, yangilik…

Otliqlar bir-birlariga maʼnoli qarab qoʻyishibdi. Boyagi suvoriy yana gapida davom etibdi:

– Xonga zomcha oborib nima qilasiz? Boraman deguncha bari yanchilib, ezilib ham qolar…

– Ezilmaydi, aravaga avval tuproq toʻshab, keyin zomchani yuklaganman, ha-a… oʻzining palagiga oʻrab obkelyapman. Mana, koʻrding-ku, ezilganmi?!

– Ay-y, ne qilsangiz ham bola-chaqangizga berib yuravermaysizmi?! Xon sizning zomchangizni nima qilsin, oʻzi xon boʻlsa … Xon degan sizning zomchangizga zormi?! Kelib-kelib endi sizning zomchangizni olsinmi?!

Dehqon bosh qashib cal oʻylab turibdi-da, eshagini “xih” lab debdi:

– Ey-y, xon zomchani olsa olar, olmasa, teskarisiga olar… – U gapining soʻngidan dehqonchasiga soʻkinib ham qoʻyibdi.

Otliqlar bir-birlariga boyagidan ham maʼnoliroq qarab qoʻyib, yoʻlga tushibdilar. Dehqon eson-omon xon saroyiga yetib boribdi. Saroybonlar xonning shikordan bugun qaytib kelganini, ertaga qabul qilishini unga aytishibdi. Bir navkarni qoʻshib yuborib, karvonsaroyga joylashtirishibdi. Dehqon bunday mulozamatdan bir xursand, bir hayron emish…

Ertalab kechagi navkar oʻzi yoʻl boshlab, xon saroyiga olib kiribdi. Toʻrtta zomchani xurjuniga solib kelgan dehqonni xon arzxonasidagi taxt oldiga olib borishibdi. Xon baribir xonda! Xonning ijozatisiz yuziga, koʻziga qarab boʻlmaydi.

– Nima arzing bor? – yangrabdi viqorli ovoz.

– Hm-m, hm-m, erta pishgan ekindan yangilik, deb zomcha obkelgandim, xonimiz qabul qilsalar… shod boʻlardim, boshqa hech gapim yoʻq, olampanoh, – debdi yerdan koʻzini uzmay.

– Xon sening zomchangga zormi?! Kelib-kelib sening zomchangni olsinmi?!

Dehqon bobo bechoraning qulogʻi shangʻillab, koʻzi tinib ketibdi: kechagi ovoz, kechagi savol, kechagi barvasta otliq... “Ajaling bitib kelgan ekansan, manglayi qora!” – debdi oʻzi-oʻziga ichidan, – «kallang zomcha boʻladi endi!»… Keyin ne boʻlsa, boʻldi, degan oʻyda boshini koʻtaribdi va:

– Xon hazratim, shu kechagi koʻprikning ustidagi gap… – debdi zoʻr-bazoʻr.

Dehqonning kechagi beadabligi – sirtidan boʻlsa ham xonni soʻkkani uchun jazolamoqchi boʻlib oʻtirgan xon uning zukkoligi, sodda va rostgoʻyligiga tan berib, qah-qah urib kulib yuboribdi. Saroyni xon kulgusiga qoʻshilgan boshqa amaldorlarning qah-qahasi jaranglatib yuboribdi.

Dehqonmi? Dehqonning aravasini sarpolarga toʻldirib saroydan kuzatib qoʻyishibdi. Oʻtakasi yorilayozgan dehqon bobo bechora olib kelgan zomchalarini madrasadagi talabalarga “jonimning sadaqasi”, deb tekinga tarqatib yuborgan ekan. To uyiga yetib kelguncha “qolgan umrimda xonga zomcha olib bormasman”, deb takrorlarmish.

Dehqon bobo xonga yana zomcha olib bordimi, yoʻqmi, bilmayman-u, lekin uning xonga aytgan gapi el ichida mashhur boʻlib ketgani rost.

Tursunboy ABDULLAEV,

Xitoy qishlogʻi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026