«Xususiy tibbiyot toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi muhokama qilindi
Tuman Tibbiyot birlashmasi va O'zLiDeP tuman kengashi hamkorligida “Xususiy tibbiyot toʻgʻrisidagi qonun loyihasining zaruriy jihatlari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirni oʻtkazishdan maqsad – mamlakatimizda yagona huquqni qoʻllash amaliyotini taʼminlash uchun «Xususiy tibbiyot toʻgʻrisida»gi qonun loyihasini muhokama qilish, qonun loyihasining huquqiy asosini takomillashtirish boʻyicha muhokamada aholidan tushgan soʻrovlarni oʻrganish asosida takliflar kiritishdir. Tadbirda Prezidentimizning 2017-yil 1-apreldagi «Sogʻliqni saqlash sohasida xususiy sektorni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Qarori bilan aholiga pullik xizmat koʻrsatuvchi xususiy tibbiy tashkilotlar, xorijiy investorlar ishtirokidagi xususiy tibbiy tashkilotlar 2022-yilgacha barcha turdagi soliqlar hamda davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalardan ozod qilingani taʼkidlandi.
Davra suhbati yakunida qonun loyihasi yuzasidan bildirilgan fikr va takliflar asosida tavsiyalar ishlab chiqildi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶