Jayxun ilhomlari
VATAN
Bahoringning şamolida tarqar aççiq alamlar,
Yurt baxtini allalaydi pari-paykar sanamlar,
Ötinçim şul, eng avvalo inson böling, odamlar,
Şunda bizdan bobolar şod, Vatan rozi bölajak,
Qölingizda burda non çeksiz şodlik berajak.
Tanim aro Tömaris-u Bibixonim qoni bor,
Sözlaganda sözlarimda Buyuk Temur şoni bor,
Jon asragan yuragimda, Payğambar imoni bor,
Vatan, sening aşʼoringda, bir söz bölib yaşayin,
Heç bölmasa, tuproğingda, bir iz bölib yaşayin.
Özga yurtning gavharidan tuproğing gardi aziz,
Ming qöyli vijdonsizdan gadoning mardi aziz,
Imonsizning quvonçidan pok inson dardi aziz,
Vatan, sening zarrang aziz, bir zarrangda yaşayin,
Dunyolarni lol qoldirib, ming qirrangda yaşayin.
Xayolimda bir çinorsan, ildizlari mustahkam,
Ajdodlarning duosini avlodlarga saqlagan,
Şul sababdan mana bugun, el-u xalqing şod, xurram.
Imondan-u eʼtiqoddan, kuç oladi ildizing.
Sadoqatdan hikmat sözlar, tunda har bir yulduzing.
Yöling yoruğ, ortga qaytma, mardona yölboşçing bor,
Töfon kelsa asraguvçi, buyuk yelkadoşing bor,
Bobolardan saboq olgan dovyurak Yurtboşing bor.
Vatan, sening bağring aro baxtdan tölib yaşarman,
Qaroğimda asrab mangu seni suyib yaşarman!
Mahbuba MAHMUDOVA, 17-maktabning ona tili va adabiyot fani öqituvçisi.
Döstimga
Muqaddasdir, azizdir
Bobolarning merosi.
Qadriga yet, ey döstim,
Buyuk ular merosi.
Qöşil, sen ham safiga,
Ijoding-la, yuksalgin.
Navoiy dunyosiga
Muhabbat-la, berilgin.
Nima qilding sen, döstim,
Yurtga tegdimi, foydang?!
Bu hayotda sen tuzgan,
Bormi oltin qoidang?
Hayotingni özing qur,
Ketma nomard izidan.
Söngra xulosa çiqar,
Allomalar sözidan.
Dildora PAJABOVA.
VATANIM - YaGONAM
Vatanim yagona, közimdagi nur,
Vatanim, keraksan hammaga birdek.
Özing bor ekansan, yaşayapmiz hur,
Axir ilk qadamni bağringda qöydik.
Vatanim – yagonam, or-u nomusim,
Ulğaytirding onamday asrab-avaylab.
Tun-u kunlarimga nur elab sim-sim,
Uluğvor orzular yöliga boşlab.
Hayotim mazmuni özingsan, Vatan,
Umid-işonçlarim mehringga payvand.
Seni deb yaşayman, har lahza, har dam.
Bölmoq-çun özingga fidoyi farzand.
Şohsanam SOATBOEVA,
Amudaryo agrobiznes kasb-hunar kolleji öquvçisi.
BAHOP
Yomğir yoğar yurakni ezib,
Dilimdagi alamni sezib.
Armonlardan yuragim bezib,
Bugun seni soğindim, bahor.
Soğindim, tong sabolarini,
Boğlarning sof havolarini.
Ona Vatan maʼvolarini
Bağringga ol, onajon Bahor!
Komila BAXTIYoPOVA,
2-maktab öquvçisi.
Qalblar malhami – ona
Şundayin bir tuş kördim,
Atrofim töla gullar
Men gullardan söradim,
Sözlaşar ekan ular:
– Bilasizmi, dunyoda
Bir möʼtabar zot bordir.
Olam siğar qalbiga
Unda mehr bisyordir.
Gullar asta şivirlab:
– U kim, u kim? – deyişdi.
Söngra bargin tebratib,
– U onadir, – deyişdi.
Ha, onalar möʼtabar,
Udir bizga madadkor.
Hayotning fayzi ona,
Qalblar malhami –ona.
Mohiçehra XOLBOYeVA, 33-sonli maktab öquvçisi.
Buvijonim
Şirin sözni ayamaydi,
Duo qilib çarçamaydi.
Öz oromin öylamaydi,
Buvijonim – çin fariştam.
Maslahati dilga mador,
Sözlarida zör hikmat bor.
Mehri bilan uyda bahor,
Buvijonim – çin fariştam.
Şoira Pahimboyeva, 31-maktab öquvçisi.
OQ TULPOP
Oq tulporim bor mening,
Hamma havas qilişar.
Baquvvat tuyoğining
“Dupur”idan öt çaqnar.
Çopsa, loçin etolmas,
Boyçiborga öxşaydi.
Oramizdan qil ötmas,
Meni körsa, kişnaydi.
Humoyun JUMATOV, 17 – maktab öquvçisi.
YuP, KITOBGA KETAMIZ
Kitob etgan qöllarda ziyodan nişon kördim,
Puhi, joni pokiza, eʼtiqod, işonç kördim,
Sobit, bardam iroda, ğamda ham quvonç kördim,
Yur, oftobga ketamiz, yur, savobga ketamiz.
Uning köngli uluğdir, samoga sirdoş bölgay,
Har on qilib ezgulik, duoga sirdoş bölgay,
Yuzidan nur yoğilgay, yuragi baxtga tölgay,
Yur, oftobga ketamiz, yur, savobga ketamiz.
Qay yurt eli ğaribdur, yomonga mezbon ötgan,
Içib şayton şarobin, şaytoniy sarbon ötgan,
Buzib Xaqning sözini, buzğunçi karvon ötgan,
Yur, oftobga ketamiz, yur, savobga ketamiz.
Vatan tuqqan, xalq tuqqan, daholar ovoz bersin,
Vatan bayroğin tutib, samoga parvoz bersin,
Ğubor içra kelganning, umriga pardoz bersin,
Yur, savobga ketamiz, yur, kitobga ketamiz!
Şohzod ANVAP.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶