Sibir yarasi kasalligi haqida şifokor maʼlumot berdi

Maʼlumki, zoonaz kasalliklar nafaqat uy hayvonlarining, balki insonlarning ham hayotini xavf ostida qoldiradi. Ayrim qöşni davlatlarda ana şunday kasalliklardan biri – sibir yarasi, yaʼni kuydirgi kasalligi tarqalib, çorvaga zarar keltirayotgani kuzatilmoqda. Şu bois, mahallalarda aholi örtasida xonadonlarda saqlanayotgan çorva mollarini bunday kasalliklardan saqlaş, tarqalişining oldini oliş böyiça mutaxassis şifokorlar iştirokida keng tuşuntiriş işlari olib borilmoqda.
Yaqinda tumanimizdagi Navoiy nomidagi mahallada ham faollar bilan uçraşuv ötkazilib, sibir yarasi, kuydirgi kasalligi va uning tarqalişi, belgilari, oldini oliş böyiça keng tuşunça berildi. Uçraşuvda tuman DSENM şifokori Ahmad Yavbosarov sibir yarasi kasalligi haqida maʼruza qildi.
Maʼruzadan söng, mahalla faollaridan Azimboy Dösçonov, Jörabek Davletov, Qurbonmurod Matnazarovlar şifokordan özlarini qiziqtirgan savollarga javoblar va kerakli maʼlumotlar oldilar. Şuningdek, uçraşuvda iştirok etayotgan mahalla oqsoqoli Vahob Örozaliyev, diniy-maʼrifiy masalalar böyiça maslahatçisi Davlatbika Pajabova hamda IIB uçastka inspektori Ilhom Abutovlar ham barçani kasallikdan ehtiyot bölişga va uning oldini oliş çora-tadbirlarini körib qöyişga çaqirdi.
Uçraşuv muzokaralarga boy va qiziqarli ötdi.
O. Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶