MEHNAT TAʼTILINI QAÇON UZAYTIRIŞ MUMKIN?
Davlat korxonasida işlayman. Mehnat taʼtiliga çiqqan vaqtimda tobim qoçib, ikki-uç hafta kasalxonada davolandim.
Ayting-çi, ana şu holat eʼtiborga olinib, taʼtil kunlarim çözib beriladimi?
M. FAYoZOVA.
Yakkaboğ tumani
— Özbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 145-moddasiga asosan,
xodimlar quyidagi hollarda taʼtilni uzaytiriş yoki boşqa muddatga köçiriş
huquqiga egadirlar: vaqtinça mehnatga qobiliyatsizlik davrida;
homiladorlik va tuğiş taʼtili muddati boşlanganda; yillik taʼtil öquv
taʼtiliga töğri kelib qolganda; davlat yoki jamoat vazifalarini
bajarayotganda, başarti qonunlar va boşqa normativ hujjatlarda bunday
vazifalarni bajariş uçun xodimni işdan ozod etiş nazarda tutilgan bölsa.
Agar taʼtildan foydalanişga tösqinlik qiluvçi sabablar taʼtil
boşlangunga qadar kelib çiqqan bölsa, xodim bilan iş beruvçi örtasidagi
kelişuvga binoan, taʼtildan foydalanişning yangi muddati belgilanadi.
Bunday sabablar taʼtil davrida kelib çiqqan hollarda esa taʼtil tegişli
kunlar soniga uzaytiriladi yoki xodim bilan iş beruvçining kelişuviga
köra taʼtilning foydalanilmay qolgan qismi boşqa muddatga köçiriladi.
Xodim taʼtildan foydalanişga tösqinlik qiluvçi sabablar töğrisida iş
beruvçini xabardor qilişi şart.
Agar xodim belgilangan muddatda taʼtilning boşlaniş vaqti töğrisida öz
vaqtida xabardor qilinmagan yoki unga taʼtil boşlangunga qadar taʼtil
vaqti uçun haq tölanmagan bölsa, xodimning arizasiga muvofiq, taʼtil
boşqa vaqtga köçirilişi belgilangan.
U. GAZIYeV,
Özbekiston Kasaba uyuşmalari Federatsiyasi Kengaşining yuridik bölimi mudiri.
BITTA KARTOÇKADAN IKKINÇISIGA
— Birovning nomidagi plastik kartoçkada mavjud bölgan mablağni boşqa kişining plastik kartoçkasiga ötkaziş mumkinmi?
B. SOBIROV.
Urgut tumani
— Özbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 773-moddasida mijoz
bankdagi hisobvaraqda turgan öz pul mablağlarini mustaqil tasarruf etişi
belgilab qöyilgan.
Plastik kartoçka egasining yozma arizasiga asosan, unga xizmat
körsatuvçi bank mijozning arizasida söralgan hisob raqamga plastik
kartoçkadagi mablağni köçirib beradi.
Şuningdek, 2005-yil 10-oktyabrda Adliya vazirligida 1518-son bilan davlat
röyxatiga olingan "Özbekiston Respublikasida banklar tomonidan pul
muomalasiga doir işlarni taşkil etiş töğrisida”gi yöriqnomaning
34-bandiga muvofiq, jismoniy şaxslarning tadbirkorlik faoliyatini amalga
oşiriş bilan boğliq bölmagan mablağlari ularning bank hisobvaraqlaridagi
omonatiga kirim qilinişi mumkin.
U. MUSTAFOYeV,
Özbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining birinçi örinbosari.
EGASI YÖQ MEROS
— Farzand vasiyat qilingan yerdan foydalanişni rad etsa, vasiyat
qiluvçining boşqa merosxöri bölmasa, mulk qanday tasarruf qilinadi?
U. HASANOV.
Döstlik tumani
— Özbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1157-moddasiga köra,
agar qonun böyiça ham, vasiyatnoma böyiça ham merosxörlar bölmasa yoxud
merosxörlardan heç qaysisi vorislik huquqiga ega bölmasa yoxud ularning
hammasi merosdan voz keçgan bölsa, meros mol-mulk egasiz deb
hisoblanadi.
Meros mol-mulk meros oçilgan joydagi mahalliy davlat hokimiyati organi
yoki fuqarolarning özini özi boşqariş organining arizasi böyiça meros
oçilgan kundan eʼtiboran uç yil ötganidan keyin sudning qarori asosida
egasiz, deb topiladi. Meros mol-mulk, agar uni qöriqlaş va boşqariş
bilan boğliq xarajatlar uning qiymatidan oşib ketsa, körsatilgan muddat
ötişidan oldin egasiz, deb topilişi mumkin.
Egasiz mol-mulk u turgan joydagi fuqarolarning özini özi boşqariş
organi mulkiga ötadi, bu organ mol-mulkdan voz keçgan taqdirda, davlat
mulkiga ötadi.
Q. TOFAYeV,
Özbekiston Respublikasi adliya vaziri örinbosari.
TELEKANALLAR UÇUN MAXSUS QURILMA
— Yaqinda faoliyat boşlagan "Bolajon”, " Ma`daniyat va ma`rifat” hamda
"Dunyo boylab” kanallarini negadir biz körolmayapmiz. Suriştirsak,
hozirça oddiy antennalarda uşbu kanallarni qabul qilib bölmas ekan. Xöş,
biz qaçondan boşlab yangi kanallar körsatuvlarini tomoşa qila olişimiz
mumkin?
I. VOHIDOV.
Boğdod tumani
— Hozirgi kunda "Bolajon”, "Ma`daniyat va ma`rifat” hamda "Dunyo boylab” telekanallari raqamli televideniye dasturlari paketi tarkibida uzatilmoqda. Ularni tomoşa qila oliş uçun "Telecom Innovations” qöşma korxonasi tomonidan işlab çiqarilayotgan FTA, HD yoki SD turdagi raqamli qabul qiliş qurilmalari(Set-top-box)ni xarid qiliş lozim. Bunday qurilmalarni "Özbektelekom” AKning "Yagona oyna” savdo markazlaridan sotib oliş mumkin.
M. MAHMUDOV,
Özbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlaştiriş va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qömitasi raisining birinçi örinbosari.
IJARADAGI TAKSI
— Birovning nomidagi avtomobil bilan işonçnoma asosida yönalişsiz taksi xizmati körsatiş mumkinmi?
B. BOYDADAYeV.
Sardoba tumani
— Maʼlumki, jismoniy şaxslar yönalişsiz taksi faoliyati bilan şuğullaniş uçun öz avtotransport vositalarini ijara şartnomasi asosida yuridik korxonaga topşiradilar. Ana şu avtoulovda işlaş huquqi uning egasiga yoki korxona rahbari tomonidan har qanday haydovçiga berilişi mumkin. Lekin ijara şartnomasi avtotransport vositasi egasi bilan tuziladi.
Ş. ŞOVAHOBOV,
Özbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boşliği örinbosari.
AVTOMOBIL VA MOBIL ALOQA
— Transport vositasini boşqarişda mobil aloqa vositasidan foydalaniş
taqiqlanganidan yaxşi xabardorman. Ammo mening avtoulovimda telefonning
"Bluetooth” imkoniyatidan foydalanib, aloqani amalga oşirsa böladi. Yaʼni
suhbatlaşiş uçun qölni rul boşqaruvidan oliş şart emas. Bu holat ham
taqiqlanganmi?
J. KAMOLOV.
Kosonsoy tumani
— Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 21-noyabrdagi 241-sonli qaroriga asosan, haydovçilarning transport vositasini boşqariş çoğida telefondan (şu jumladan, "Bluetooth” moslamalaridan foydalangan holda) foydalanişi taqiqlangan.
X. SAYDALIYeV,
Özbekiston Respublikasi IIV Yöl harakati xavfsizligi boş boşqarmasi boşliği.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶