16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 13:30
Adabiyot 👁 1,426

Jayxun ilhomlari

Jayxun ilhomlari

ORZU

Mudrab yotgan yaqin-yiroqlar,

Bogʻlariga bitib butoqlar.

Bayramlashar nurli kunlarni,

Koʻklamlashar koʻklam gullari.

Bor boʻlsin “Kel!” degan oʻtloqlar,

Orzuga soz ekan bu chogʻlar.

Jonga yordam berar, aylanib –

Yursang arzir yurtingni tanib.

Jumaboy Hidoyatov.

 

UYGʻONISh

Vatanga keldi Navroʻz,

Karnay-surnay yangradi.

Ohanrabo kuylardan

Bolajonlar yayradi.

Qozonlarda sumalak,

Pishirdi momojonlar.

Yomgʻir yogʻdi. Kamalak

yoyin tortdi osmonlar.

Sevara Sultonova, 34-maktab oʻquvchisi.

 

NAVROʻZ KEZAR

Bahor keldi elimga,

Bogʻlar qiygʻos gulladi.

Yurtning togʻ-u choʻliga

Quyosh nurin eladi.

Bahorning elchilari –

Qaldirgʻochlar qaytdilar.

Bolalar quvonchlari

Samolarga yetdilar.

Varraklar uchar, qarang,

Ona yurt osmonida.

Olamga berib jarang

Navroʻz kezar Vatanda!

Otanazar AHMEDOV, 64-maktab oʻquvchisi.

 

BAYRAM MUBORAK!

Boychechak unib, osmonni quchgan,

Samoda elchi- qaldirgʻoch uchgan.

Quyosh zaminga nurlarin sochgan -

Bayram muborak, Oʻzbekistonim!

Yosh-u keksa yuzida tabassum,

Quvonch bizlarni tark etmas bir zum.

Toʻlib-toshar dilda hayajonim,

Bayram muborak, Oʻzbekistonim!

Qunduzoy YuSUPOVA,

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti qoshidagi akademik litsey oʻquvchisi.

 

BOGʻ ARO

Bogʻ aro qoʻysam qadam,

Peshvoz chiqadi koʻklam.

Dadam deydi erkalab:

“Qizim–bogʻda gul-lolam!”.

Turfa rangli gullari,

Chorlar bogʻim yoʻllari.

Shu yoʻlga qoʻysam qadam,

Bagʻriga olar koʻklam.

Gul navosi dilimda,

Turfa gullar qoʻlimda.

Bunda qolsam bir nafas,

Koʻngil bilmaydi qafas.

Bogʻ aro qoʻysam qadam,

Olqishlab turar dadam.

Quvonchlarim toʻkilgan,

Yoʻlimda kutar onam!

Sevara RAHIMBOYeVA, 2-maktab oʻquvchisi.

 

AYoLLAR!

Bizga hayot, jon bergan,

Zahmatlarni koʻp chekkan,

Koʻzi xumor, termulgan,

Omon boʻlsin, ayollar!

Kelsa toʻlar xonamiz,

Yolgʻon soʻzdan tonamiz,

Barchamizning onamiz–

Omon boʻlsin, ayollar!

Parvarishlab bolasin,

Toʻkkan sochin tolasin,

Tinglang qalbim nolasin,

Omon boʻlsin, ayollar!

Goʻzallikda u tengsiz,

Yurmaysiz hech xayolsiz,

Siz muqaddas ayolsiz,

Xush kelibsiz, ayollar!

Gʻam koʻrmasdan dunyoda,

Koʻp yashasin ayollar.

Baxtimizga doimo,

Omon boʻlsin, ayollar!

T.DOSChANOV,

21-maktab direktori.

 

GULLARIM

Men gullarni sevaman,

Gulga mehrim beraman.

Qishin-yozin xonamda

Turfa gul oʻstiraman.

Gullarim chaman-chaman,

Bezataman uyimni.

Guldastalar tutaman

Xursand qilib oyimni.

Umida YOʻLDOShEVA, 19-maktab oʻquvchisi.

 

Bahorim, kel!

Bahorim, kel, bagʻrimga toʻlgin,

Qish zaxlarin yuborgin yuvib.

Sen Vatanning gultoji boʻlgin,

Kutayotir xalqim entikib...

Boychechaklar chamani aro,

Chopqillayman varragim tutib,

Kurtaklarning qahqahasida

Yashayapman halovat topib.

Har qadamda sezib taftingni,

Qaldirgʻochlar ortidan chopdim.

Nur yoʻliga tutib kaftimni,

Oʻshal nurdan Navroʻzni topdim!

Sardorbek KENJABOYeV, 20-sonli maktab oʻquvchisi.

 

BAHOR

Bahor keldi gulga burkanib,

Maysalar ham xurram, uygʻondi.

Goʻzallikni undan oʻrganib,

Koʻhna dunyo ajib toʻlgʻondi.

Bogʻlar ham bahorga boylandi.

Shoxchalarga tizildi kurtak.

Goʻyo rassom ishga shaylandi,

Kamalak yoy tutgan dam falak.

Shohista GULMIRZAYeVA,

Amudaryo agrobiznes kasb-hunar kolleji oʻquvchisi.

 

Yangi kun

ShUKUHI

Qishki toʻnin yechib, ona tabiat,

Asta yashillikka burkana boshlar.

Mehnatga chogʻlanib insoniyat,

Hasharga oshiqar keksa-yu yoshlar.

Oy qizlar sochlarin maydalab oʻrib,

Oʻsmalar qoʻyadi kamon qoshlarga.

Oʻgʻlonlar qalbida iftixor tuyib,

Oʻzbegim doʻppisin kiyar boshlarga.

Momolar doshqozon boshida turib,

Aytadi eng yaxshi, eng sof tilaklar.

Navroʻzim yaqinlab kelgani sayin,

Hayajonga toʻlib ketar yuraklar.

Kel, Navroʻzi olam, kelgin, Yangi kun,

Onajon xalqimning rizqini qil but.

Ey tengdosh, aslo yurmagin mahzun,

Eski arazlarning barisin unut!

Iroda YeRDOShEVA, 38-sonli maktab oʻquvchisi.

 

Bahorim, kel!

Bahorim, kel, bagʻrimga toʻlgin,

Qish zaxlarin yuborgin yuvib.

Sen Vatanning gultoji boʻlgin,

Kutayotir xalqim entikib...

Boychechaklar chamani aro,

Chopqillayman varragim tutib,

Kurtaklarning qahqahasida

Yashayapman halovat topib.

Har qadamda sezib taftingni,

Qaldirgʻochlar ortidan chopdim.

Nur yoʻliga tutib kaftimni,

Oʻshal nurdan Navroʻzni topdim!

Sardorbek KENJABOYeV, 20-sonli maktab oʻquvchisi.

 

GULLARIM

Men gullarni sevaman,

Gulga mehrim beraman.

Qishin-yozin xonamda

Turfa gul oʻstiraman.

Gullarim chaman-chaman,

Bezataman uyimni.

Guldastalar tutaman

Xursand qilib oyimni.

Umida YOʻLDOShEVA, 19-maktab oʻquvchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026