XOTIPA TUPNIPI ÖTKAZILDI
Yaxşi insonlar yodi xotiralarda mangu yaşaydi. Ayniqsa, ezguliklar aslo unutilmaydi. Yoş avlodga taʼlim beriş borasidagi ezgu işlari bilan umrni bezab ötgan Norimbat Xörozov ham toryopliklar xotirasida yaxşi inson sifatida barhayot yaşaydi.
Tumandagi 51-maktabda 1979-yildan 2011-yilga qadar jismoniy tarbiya öqituvçisi bölib işlagan Norimbat Xörozov 32 yillik iş faoliyati davomida yoş avlodning sport bilan şuğullanişlariga imkoniyat yaratib, jismoniy tarbiyaga qiziqişlarini orttirdi. Şogirdlar yetiştirib, sportçilar safini kengaytirdi hamda tumanda sport va jismoniy tarbiya rivojlanişiga munosib hissa qöşdi.
25-fevral kuni 51-maktabda ehtiromga sazavor bölgan ustoz Norimbat Xörozov xotirasi yodga olinib, sportning futbol, stol tennis va voleybol turlari böyiça oçiq turnir ötkazildi. Norimbat Xörozovning şogirdlari Şavkat Qurbonboyev va jismoniy tarbiya öqituvçisi Sarsenboy Nurjonovlar tomonidan taşkillaştirilgan Xotira turnirida 44-, 51-maktab öqituvçilari va öquvçilari, “Mullaşoli” mahallasi sportçilari iştirok etdilar.
Xotira turnirida voleybol böyiça ötkazilgan musobaqa öqituvçilardan taşkil topgan jamoalar örtasida bölib ötdi. Futbol va stol tennisi böyiça ötkazilgan musobaqalarda esa öquvçilardan taşkil topgan jamoalar qatnaşdilar.
Qizğin ötgan musobaqalar yakunida voleybol böyiça 1-örin 44-maktab jamoasiga, 2-örin 51-maktab jamoasiga va 3-örin “Mullaşoli” mahallasi jamoasiga berildi. Futbol böyiça öğil va qiz bolalar örtasida alohida ötkazilgan musobaqalarda 51-maktabning 10-sinf, öğil bolalardan taşkil topgan hamda 10-sinf qiz bolalardan taşkil topgan jamoalar 1-örin, 9-sinfning öğil bolalar jamoasi hamda 6-sinfning qiz bolalar jamoalari 2-örin ğolibi deb topildilar. Stol tennisi musobaqalarida iştirok etgan sportçilardan 10-sinf öquvçisi Nargiza Şomurodova va 9-sinf öquvçisi Zamonbek Ortiqboyevlar 1-örinni egalladilar.
Ustoz Norimbat Xörozov xotirasiga bağişlab 51-maktabda ötkazilgan Xotira turniri sport musobaqalari barçada katta taassurot qoldirdi.
Ozoda XUDOYBEPGANOVA

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶