Jayhun.uz veb-saytining taqdimoti bölib ötdi
Yaqinda Jayxun ilhomlari nodavlat notijorat taşkilotida taşkilotning Özbekiston Pespublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat va notijorat taşkilotlari va fuqarolik jamiyatining boşqa institutlarini qöllab-quvvatlaş jamoat fondi tomonidan moliyalaştirilgan “Özbekiston – maftunkor diyor” nomli loyihasi doirasida yaratilgan jayhun.uz veb-saytining taqdimot marosimi bölib ötdi Unda nodavlat notijorat taşkilotning boşqaruv aʼzolari, taşkilot aʼzolari hamda tumanimizdagi bir guruh ijodkorlar iştirok etdi.
Veb-saytni yaratişdan maqsad mamlakatimizda mustaqillik yillarida jamiyat hayotining turli sohalarida amalga oşrilayotgan islohotlarning samaralarini keng yoritiş va xalqaro jamoatçilik eʼtiboriga yetkaziş hisoblanadi. “Özbekiston - maftunkor diyor” nomli loyihaning maqsadi esa Özbekistonda yaşab kelayotgan turli millat va elatlarning azaliy milliy anʼanalari, urf-odatlari va udumlarini saqlaş va rivojlantiriş böyiça amalga oşirilayotgan izçil çora-tadbirlarni keng yoritiş hamda mamlakatimizning gözal tabiati, tarixiy qadamjolari va xalqimizning bugungi kuni haqida xalqaro jamoatçilik eʼtiboriga yanada köproq maʼlumot yetkazişdan iborat.
Veb-saytning "NNT haqida" deb nomlangan bölimida taşkilot tarixi va bugungi kundagi faoliyati haqida maʼlumot berilgan. "Tuman haqida" nomli bölimida esa Amudaryo tumanining tarixi va bugungi kunda tumanda davlat va jamiyat, iqtisodiyot va ijtimoiy va maʼnaviy-maʼrifiy sohalarda erişayotgan yutuqlar haqida qisqaça maʼlumot berilgan.
Ijod böstoni bölimi "Nazm", "Nasr", "Ijod olami yangiliklari" hamda "Maqolalar" nomli kiçik bölimlardan iborat. Bu yerda tuman ijodkorlarining şeʼrlari, hikoyalari, “Taraqqiyot közgusi” hamda “Mening oilam” gazetalarida, markaziy naşrlarda çop qilingan maqalalar şuningdek ijod olami yangiliklari yoritib boriladi.
"Mediateka" bölimidan esa foto- va video lavhalar örin olgan.
Veb saytning "Loyihalar" deb nomlangan bölimida taşkilot tomonidan 2015, 2016 va 2017-yillar davomida davlat granti asosida amalga oşirilgan loyihalar haqida maʼlumotlar örin olgan.
Jayhun.uz veb-saytining taqdimot marosimida sözga çiqqanlar uşbu veb-sayt tumanimiz ijodkorlarining yanada barakali ijod sari undaşiga bir turtki bölişini alohida taʼkidlab ötdilar. Qolaversa, unda eʼlon qilingan Ona Vatanimizni, gözal diyorimizni tarannum qiluvçi ijod namunalari yoşlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaşga xizmat qilişi taʼkidlandi.
Ğ.YeŞNIYoZOV

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶