16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 12:21
Adabiyot 👁 1,412

Shoh va shoir Bobur - vatanparvarlik timsoli

Shoh va shoir Bobur - vatanparvarlik timsoli

Temuriylar avlodining isteʼdodli vakili, atoqli shoir, buyuk sarkarda, ajoyib asarlari bilan dunyo  ahliga tanilgan ulugʻ ajdodimiz Z.M. Bobur ijodi bilan faxrlansak arziydi.   Buyuk ajdodimizga hurmat, uning ijodiga qiziqish, oʻquvchilarni faollikka, jonkuyarlikka, talabchanlikka, ijodkorlikka undaydi. Uning gʻazal va ruboiylari orqali oʻquvchilarda vatanparvarlik tuygʻusi shakllanadi.
Manbalarda qayd etilishicha, dovyurakligi va jasurligi uchun u yoshligidan “Bobur” (sher) laqabini oladi. Bu nom unga bejiz berilmagan edi. U ajoyib qilichboz, kamonboz ham edi. Uning vujudida sarkardalikka xos dovyuraklik, sergʻayratlilik, epchillik mujassam boʻlgan. Otasi vafotidan keyin 12 yoshida taxtga oʻtiradi. Bobokaloni  A.Temur davlati poytaxti Samarqandni egallab, Movarounnaxrda markazlashgan kuchli davlatni saqlab qolishga urinadi. Afsuski bu niyatiga erisha olmadi, mahalliy hukmdorlar oʻrtasidagi nizo bunga imkon bermadi. U koʻpgina qarshiliklarga uchrab, noiloj oʻz Vatanidan chiqib ketishga majbur boʻldi va qolgan umrining oxirigacha Hindistonning Agra shahrida yashab, ijod etdi.  Bobur Mirzo Hindistonda qudratli saltanat egasi boʻlganida ham Vatan xayoli, ayriliq alami uni  tark etmagan va u quyidagi hasratli satrlarni bitgan.
Tole yoʻqi  jonimgʻa baloligʻ boʻldi,
Har ishniki, ayladim- xatoligʻ boʻldi.
Oʻz erni qoʻyib, Hind sori yuzlandim,
Yo Pab,  netayin,  ne yuz qaroligʻ boʻldi.
Shoir oʻz boshidan kechirganlari, alamlari, oʻz erini tashlab, Hindistonni zabt etishini “yuzi qaroligʻ” deb aytadi. Bobur Mirzo  yuragida va sheʼriyatida Vatan tuygʻusi, Vatan sogʻinchi, Vatanga qaytish istagi doim mavj urib turgan. U vatanparvarlik, insonparvarlik, maʼrifatparvarlik  gʻoyalari bilan bir qatorda odob-ahloq mavzusiga ham asosiy eʼtiborini qaratdi. U hikmatli soʻzlari orqali odamlarni kamtarin, koʻrkam fazilatlar egasi  boʻlishga daʼvat etdi. Xalq maanfatini oʻylab, inson qadr- qimmatini yuqori tutdi. Shoirning umr saboqlari, orzu-armonlari ifoda etilgan ruboiylari, ayniqsa, ona Vatan tuygʻusi, Vatandan ayrilish azobi har bir oʻquvchi qalbida chuqur iz qoldiradi. Hindiston shoxi  boʻlishiga qaramay, u erdagi hayotini gʻariblik deb ataydi.
Yod etmas emish kishini gʻurbatda kishi,
Shod etmas emish koʻngulni mehnatda kishi.
Koʻnglum bu gʻariblikda shod oʻlmadi, oh,
Gʻurbatda sevunmas ermish, albatta kishi.  
Qudratli saltanat egasi boʻlganda ham Vatan sogʻinchi, ayriliq alami Bobur Mirzoni eng soʻnggi nafasigacha tark etmadi. U farzandlariga: “... agar qazo qilsam meni Vatanimga yaqinroq joyga, eng boʻlmaganda Qobulga qoʻyinglar”, - deb vasiyat qilgan. Bu bir umr Vatanidan ayriliqda yashagan buyuk insonning eng ogʻir nidosi edi. Buyuk siymoning ezgulikka chorlagan boy merosi avlodlar qalbida mangu qoladi.


Xosiyat Yusupova, 20-maktabning  boshlangʻich sinf oʻqituvchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026