Amudaryoda soliq tizimidagi, litsenziya oliş va ruxsat beriş tartib-taomillari böyiça özgarişlarga bağişlangan yiğiliş ötkazildi
24-yanvar kuni tuman hokimligida Özbekiston Respublikasi boş prokuraturasi huzuridagi soliq va valyutaga oid jinoyatçilikka va jinoiy daromadlarni legallaştirişga qarşi kuraşiş departamentining tuman bölimi tomonidan tadbirkorlar uçun tarğibot tadbiri ötkazildi.
Tadbirda iştirokçilarga 2018-yilda soliq tizimidagi, litsenziya oliş va ruxsat beriş tartib-taomillari böyiça özgarişlar haqida keng tuşunçalar berildi.
Taʼkidlanganidek, soliq qonunçiligidagi özgarişlar tadbirkorlikni yanada rivojlaştiriş maqsadida amalga oşirilmoqda. Masalan, 2018-yildan yakka tartibdagi tadbirkorlar uçun qatʼiy belgilangan soliq stavkalari örtaça 30 foizga pasaytirildi va tadbirkorlik subʼektlarini faoliyat körsatayotgan joyiga qarab tabaqalaştiriş kengaytirildi. Avval amalda oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari bilan çakana savdo qiliş uçun qatʼiy belgilangan soliq miqdori Toşkent şahri uçun eng kam iş haqining 10 barobari va viloyatlar markazlarida 6,5 barobari miqdorida belgilangan bölsa, 2018-yilda tegişliça 7 barobari va 5 barobari miqdorida hamda yuk taşiş xizmatlari uçun avtomobillarning yuk kötariş tonnasiga qarab, eng kam iş haqining 2-4 barobar miqdorida belgilangan bölsa tegişliça 1,5-3,5 barobar qilib belgilanmoqda, yaʼni örtaça 30 foizga kamaymoqda.
Şuningdek, yiğilişda tadbirkorlar soliq imtiyozlari va preferentsiyalar haqida ham batafsil maʼlumotga ega böldilar.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶