BOLAM QANDLI DIABETGA ÇALINMASIN, DESANGIZ...
Qandli diabet keng tarqalib borayotgan kasallik bölib, u butun umr davom etişi va oğir asoratlarni yuzaga keltirişi bilan xavflidir.
Kasallik ikki xil holatda kuzatiladi. Yaʼni, kasallikning birinçi turi insulinga boğliq bölib, bolalar va ösmirlarda tepki, qizamiq, gepatit kabi virusli infektsiyalarni boşdan ötkazgandan söng boşlanadi. Bunda oşqozon osti bezining insulin işlab çiqariş mexanizmi işdan çiqadi. Bu turdagi diabetga uçragan bemorlar qonida insulin miqdori juda kam böladi yoki umuman bölmaydi. Şuning uçun ular insulin inʼektsiyasiga muhtoj böladi. Bu turdagi diabetning yuzaga kelişi va rivojlanişida nasliy omil yetakçi rol öynaydi. Ota-ona, buvi va buvalardan bolalarga meros bölib ötadi.
Qandli diabetning insulinga boğliq bölmagan ikkinçi turi kelib çiqişiga nosoğlom turmuş tarzi, jumladan, yoğli taom va şirinliklarni köp isteʼmol qiliş va kamharakatlilik, doimiy asabiylaşişlar sabab böladi. Köz, miya, yurak, buyrak va oyoqdagi mayda qon tomirlarning yalliğlanişi, insult, infarkt, köriş qobiliyatining yöqolişi, buyrak yetişmovçiligi, oyoqda tuzalmas yaralarning paydo bölişi, gangrena kabi oğir asoratlar yuzaga kelişi mumkin.
Kasallikning har ikkala turida ham bemorning, ayniqsa, şirinlikka öç bolalarning muntazam ravişda parhez saqlaşiga, doimiy harakatda bölişiga ahamiyat beriş kerak. Tez-tez bolaning qonidagi qand miqdorini tekşirtirib turiş, iloji bölsa, biron bir sport turi bilan doimiy şuğullanişiga şaroit yaratiş kerak.
Tuman tibbiyot birlaşmasi huzuridagi endokrinologiya xonasida qandli diabetning ikkinçi turi böyiça “D” nazoratida 22 nafar bola qandli diabet taşhisi böyiça hisobda turadi. Bemor bolalar doimiy endokrinolog-şifokor nazoratida bölib, ular bepul dori-darmon va muolaja anjomlari bilan taʼminlanmoqda.
Bolaning soğlom voyaga yetişi, albatta, u yaşayotgan muhitga, isteʼmol qilayotgan oziq-ovqat mahsulotlariga boğliq. Ayniqsa, qandli diabet kasalligiga çalingan bemor bolalarning asabiylaşişi, biron masalada qattiq siqilişi aslo mumkin emas. Şu bois, biz kattalar oilamizda soğlom maʼnaviy muhitni qaror toptirişimiz, farzandimizning soğligi uçun masʼul ekanligimizni unutmasligimiz zarur.
Muborak NURIMBETOVA, bolalar endokrinolog şifokori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶