Uydan yoki işxonadan çiqmasdan qanday soliq xizmatlaridan foydalaniş mumkin?
my2.gov.uz manzilida işga tuşirilgan yangi talqindagi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida Davlat soliq qömitasi bilan hamkorlikda tatbiq qilingan interaktiv xizmatlar zarur hujjat va maʼlumotlarni tez va oson usulda oliş, soliq xizmatlaridan masofadan turib samarali foydalaniş imkonini beradi. Özbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi ana şunday xizmat turlari haqida maʼlumot taqdim etdi.
Qöşilgan qiymat soliği tölovçilari haqida maʼlumot oliş
Mazkur xizmat soliq tölovçiga özi şartnoma tuzayotgan, mahsulotlarini realizatsiya qiluvçi korxona töğrisida QQS tölovçisi yoki tölovçisi emasligi töğrisida maʼlumot beruvçi hisob varaq-fakturalarda QQS ning asossiz körsatilişi bilan boğliq holatlarini oldini oliş uçun taqdim etiladi.
Xizmatdan foydalaniş uçun taşkilotning faoliyat boşlagan yili hamda STIR raqami kerak böladi.
Yuridik şaxslar uçun soliq imtiyozlari
Yuridik şaxslarning faoliyati yuzasidan amalda mavjud imtiyozlar, uni tartibga soluvçi meʼyoriy hujjatlar va ularning muddatlari töğrisida maʼlumot oliş mumkin. Maʼlumotlar doimiy yangilanib boriladi.
Yuridik şaxslar uçun soliq va boşqa majburiy tölovlar töğrisida maʼlumot
Soliq tölovçi yuridik şaxslarga soliq va boşqa majburiy tölovlar böyiça mavjud şaxsiy kartoçkalarini töğridan-töğri Davlat soliq qömitasining axborot resurslaridan köriş imkoniyati yaratilgan.
Soliq tölovçining xohişiga köra, unga yil boşidan hisoblangan, tölangan summalar, soliq qarzi, ortiqça tölov, penyalar hamda byudjet va byudjetdan taşqari maqsadli jamğarmalar bilan hisob-kitoblar töğrisidagi boşqa maʼlumotlar taqdim etiladi. Mavjud şaxsiy kartoçkalardan köçirmalarni tanlangan yil böyiça şakllantiriş mumkin.
Natijada soliq tölovçi tomonidan soliq majburiyatlarini öz vaqtida va töliq bajariş ustidan nazorat olib boriş imkoniyatlaridan foydalaniş mumkin.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶