PUŞAYMONDAN NAF YÖQ
Öşa kuni pul unga juda zarur edi. Aksiga olib, ota-onasidan suraşga ham biror arzirlik bahona topolmadi. Xotini bugun navbatçiman, deb boya qönğiroq qilgan, öğli u işdan qaytganida dars tayyorlayotgan opasi yonida oq qoğozga nimalarnidir çizğilab ötirardi. Uy vazifasi tayyorlaşiga xalal beravergani uçun Raʼno ukasiga ham vazifa berib, ovutib qöyadigan bölgandi keyingi vaqtlarda. U farzandlarini köngliga yaqin, şirin bir holatda körib, vujudidagi isyon biroz bosilganday böldi. Raʼno, Abror, deya ularni yoniga çorlamoqçi ham böldi. Biroq gaplaşişga toqati yetmay qolişidan qörqib, özini tiydi sekingina öz yotoğiga ötib ketdi. Uni yana vujudi talab qilayotgan yetişmovçilik qiynay boşladi. Ellik ming söm topişning evini qilolmagan kuniga ham, özini bezovta qilayotgan azobga ham laʼnatlar öqidi. Oylik maoşiga ikki-uç kun bor, qarz söragulik jöralaridan sörab bölgan. Qançasinikini qaytara olmay yuribdi hali. Biroq uning buyoğini öylaşga majoli yöq edi.
Qölidagi soatiga qaradi. Kelişilgan vaqt ötib borayapti. Endi nima qilsa ekan? U talmov-sirab, xonasida u yoqdan bu yoqqa besamar yurdi. Muammosiga jöyali yeçim topolmadi. Topolmagani sari toqati toq bölib borar, asabiylaşganidan butun vujudi titrardi. Şunda uning közi toşoyna oldida özlarining nikoh töyi kuni olingan rasmiga tuşdi. Rasmda uning hayajondan, hayodan boşi xiyol egilgan oppoq libosdagi Gulbahorning barmoğiga uzuk taqayotgan lahzalari muhrlangan edi. U avvallari har safar şu rasmga közi tuşganida hayotining masʼud, eng baxtiyor damlarini qayta his qilganday bölar, taqdir Gulbahorday tökis umr hamdamini peşonasiga bitganidan qalbi quvonçga tölib ketar edi. Biroq hozir butun aql-idroki faqat, faqat vujudini yemirayotgan xumorni bosiş istagi bilan band edi. Suratga tikilib turib birdan özi topgan yeçimni qiçqirib aytib yubordi:
Uzuk!
Ha, xotini keyingi vaqtlarda sal tölişganidan barmoğini siqayotgan nikoh uzugini yeçib qöygan, toşoyna oldida pardoz buyumlari solingan quti içida turganini avval körgan edi. U qiynalmay qutidan uzukni topdi. Ayvonda televizor körib çoy içib ötirgan ota-onasiga, bolalariga bir söz demay taşqariga otildi. Şoşilib maşinasiga ötirib ketgan öğillarining maqsadini ota-onasi ham bilolmay qoldi.
Qiziq! U avvallari har gal şu manzilga kelayotganida «Bu oxirgisi! Endi qaytib kelmayman», deya öziga-özi söz berar, özini-özi ayblar, siri oşkor bölib qolmasidan bunga çek qöyiş kerakligini anglar, buning uddasidan çiqa olaman, derdi öziga özi. Biroq hozir-hozir u göyo şuursiz bir tarzda surat-misol maşinasini yeldirib borar, na bugunning taşvişi, na oqibati qiziqtirardi. Xayolini manzilga tezroq yetiş, xumorini bosişgina band etgandi, xolos.
Manğit köçalari serqatnov. Ulov minmagan erkak kam. Şu boisdan yölda öta huşyorlik, ziyraklik talab etiladi ulov haydovçisidan. Yölning qor, sirpançiqligi yana ham maşaqqat tuğiradi. Şu boisdan maşinalar juda sekin harakatlanar, piyodalar ham yöl çetlaridan ehtiyotkorlik bilan qadam taşlaşardi.
Manğitga kunçiqar tarafdan kiriladigan ulkan yölda oppoq «Neksiya» rusumli yangi maşinaning şitob bilan yelib kelayotganimi körganlar şu boisdan-da unga hayratlanib qaraşardi.
Manğit kiçkina şahar bölmasa-da köpçilik bir-birini tanişadi. Yölning şahar markaziga qayrilma joyida sirpanib yöldan çiqib ketib, zaxkaşga ağanagan «Neksiya» haydovçisiga yordamga şoşilganlar ham, uni taniganlar ham darrov topila qoldi. Uni «Tez yordam» maşinasiga solib kasalxonaga olib ketişdi. Ön kundan söng joni özildi. Vaboga sifatlanayotgan, insonni aql-xuşidan ayirib, tubanlikka eltguvçi va alal oqibat butun jismiga xukmronlik qiluvçi oğu uning yoşgina umriga nuqta qöydi. Ha, u laʼnati zahri qotilga bunçalar tobe bölib qolmaganida, öşa manzilga bunçalar tez şoşilmaganida, giyohvandlikning oxiri kulfat ekanligini bila turib, özini tiya olganida ehtimol hozir ota-onasi, suyumli ayoli, gulday qizi, öğli bağrida baxtiyor umrgözaronlik qilayotgan bölarmidi? Tiriklikning naqadar totli ekanligini ehtimol, u sönggi lahzalarda anglagandir? Biroq sönggi puşaymondan insoniyat heç qaçon naf körmagan. Ha, sönggi puşaymondan avvalroq öylaş, xulosa çiqarmoq kerak.
Vabodan-da xavfli, inson hayotini barbod qiluvçi illat-giyohvandlikning oxiri nafaqat naşavandga, balki butun oilasiga kulfat keltirişini hayotning özi tasdiqlamoqda Biroq afsuski, uning domiga tuşib qolayotganlar ham bor. Işlamay mömay daromad topiş ilinjida aqli-xuşli odamlarni, hatto yoş navnihol öspirinlarni ham öz «kliyenti»ga aylantirişga urinayotgan nopok kimsalar oilasiga kulfat soya solişini istamasangiz, ogoh böling, degimiz keladi. Çunki bugungi kunimizning, giyohvandlikdek zararli illatni hayotimizdan butunlay yöq qilişdek ezgu maqsadning talabi şu.
Odamlar könglida loqaydlik, birov bilan nima işim bor, degan aqida yaşar ekan, bu maqsadga erişiş qiyin. Manğit şahrining «Döstlik» mahallasida yaşovçi O.U. öz tomorqa yerida sakkiz tup tarkibida giyohvandlik moddasi mavjud bölgan kandir ösimligini ekib parvarişlab va 6 tupini isteʼmolga tayyorlab quritib qöyganini heç kim «körmagani» ham ana şunday loqaydlik oqibatidir.
Huquqni muhofaza qiliş organlari xodimlari tomonidan bu holat aniqlanib, tekşirilganida uning qoni tarkibida giyohvandlik moddasi borligi maʼlum böldi.
Jinoyat işlari böyiça tuman sudi bu işni atrofliça muhokama qilib, qonunga xilof ravişda kandir ösimligini yetiştirgani va isteʼmol qilgani uçun O.Öni uç yil muddatga ozodlikdan marhum qiliş va şu davrda giyohvandlikka qarşi majburiy ravişda davolaniş jazosini belgiladi.
Bu giyohvandlikning inson hayoti zavoli ekanligiga yana bir dalildir.
Oygul RAJABOVA.
(Foto - http://www.12news.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶