13.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
13.09.2026, 10:08
👁 4,837

Hamma ish joyida boʻlsa, MUAMMO QAYeRDAN ChIQADI?

Hamma ish joyida boʻlsa,  MUAMMO QAYeRDAN ChIQADI?

Tahlil. Tanqid. Taklif

 

Yer yuzidagi 200 dan ortiq davlatlarda turli xalqlar, turfa toifaga mansub millatlar yashashadi. Har bir davlatning oʻziga xos qonun- qoidalari, oʻz xalqi mentalitetiga mos turmush tarzi bor. Ana shu turmush tarzining inson baxt-saodati, tinch va farovonligini taʼminlovchi tamoyillar asosiga qurilishi hamma narsadan muhim. Lekin dunyodagi barcha davlatlarda ham tabiatning eng oliy mahsuli ­– insonning baxt-saodatini kafolatlovchi tamoyillar mavjud, deb boʻlmaydi. Vaholanki, oʻta shiddat bilan rivojlanib borayotgan bu koʻxna dunyoda hamon qorni nonga toʻymaydigan, egni yupun, boshpanaga, mehrga zor millionlab keksalar, bolalar, oʻsmir-yoshlar bor. Qarang, ayni paytda dunyo xalqlarining 61 millionga yaqin farzandlari mutlaqo oʻqish-yozishni bilishmaydi. Ona sutiga toʻymaslik, yaxshi yeb-ichmaslik, turli xil kasalliklarga chalinish oqibatida har yili dunyoda salkam 11 million bola 5 yoshga yetmay nobud boʻlishadi. Eng yomoni, 10 millionga yaqin bolalar mutlaqo ogʻir sharoitlarda yashashadi.

Biz yuqorida qayd etganimiz, turli davlatlarda tamoman nochor holatda yashayotgan dunyo bolalarining turmush tarzini tahlil qilib oʻtirmoqchi emasmiz. Balki ayrimlari 50-100, hatto 200 yillik ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy davlat tuzumi tarixiga ega davlatlardagi gʻamxoʻrlikka muxtoj bolalar hayotidan tubdan farq qiluvchi nihoyatda yosh, bor-yoʻgʻi 23 yillik mustaqil davlat tuzumiga ega Oʻzbekiston davlati bolalarining baxt-saodatini taʼminlashga xizmat qiluvchi, faqat va faqat ezgulikka yoʻgʻrilgan mustahkam qonuniy asoslar yaratib qoʻyilganligini, bu qonun hujjatlari millatimiz bolalari, oʻsmir yoshlari hayotida amaliy isbotini topayotganini faxrlanib aytgimiz keladi.

Oʻzbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini belgilovchi oʻnlab meʼyoriy-huquqiy hujjatlar yaratilganki, ularning barchasida baxtiyor bolalik, sogʻlom va barkamol avlod kelajagi toʻliq kafolatlangan. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qator moddalari, 22 ta Qonun, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 16 ta Farmonlari va 10 ta qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 40 ta qarorlari, 32 ta turli mazmundagi idoraviy hujjatlarning barchasi mamlakatimizda oʻsib kelayotgan yosh avlodning dunyoga kelgan kunidan to ulgʻayib, maʼlum kasb-korli, oʻqimishli, ziyoli, ishbilarmon va tadbirkor shaxs sifatida shakllanguniga qadar davlat tomonidanbeqiyos gʻamxoʻrliklar bilan qamrab olinganidan yaqqol dalolatdir.

Agar eʼtibor bergan boʻlsangiz, muhtaram Prezidentimiz I.A.Karimov Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 22 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimda soʻzlagan maʼruzasida "Sogʻlom bola yili” davlat Dasturi doirasida mamlakatimizda amalga oshirilgan keng koʻlamli ishlar mazmuniga alohida toʻxtalib, har tomonlama yetuk va barkamol avlodni voyaga yetkazishdek xayrli maqsadlar uchun "barcha manbalar hisobidan 4 trillion 795 milliard soʻm va 260 million AQSh dollaridan ziyod mablagʻ sarflanganini” mamnuniyat bilan taʼkidlagan edilar. Bu ­– bizning mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati naqadar katta ustuvor yoʻnalish ekanligidan dalolatdir. Bunday gʻamxoʻrliklardan bahramand yoshlar Oʻzbekiston sharafini eng nufuzli bellashuvlarda, sport musobaqalari va sanʼat festivallarida munosib himoya qilishmoqda. Birgina 2014-yilda 10 nafar oʻzbekistonlik oʻquvchi-yoshlar xorijiy davlatlarda oʻtkazilgan yirik xalqaro musiqa va sanʼat festivallarida eng yuqori ­– "Gran pri” sovrinini, 60 nafari esa birinchi oʻrinlarni egallashdi. Xalqaro fan olimpiadalari, jahon miqyosidagi koʻplab sport musobaqalarida mamlakatimiz yoshlari mislsiz yutuqlarni qoʻlga kiritishmoqda. Birgina sport sohasida 2014-yilda 44 ta medal sohiblari boʻlishdi, shulardan 9 tasi oltin, 14 ta kumush va 21 ta bronza medal Oʻzbekiston nomiga yozib qoʻyildi.

Yoshlarning bunday muvaffaqiyatli odimlari haqida yuzlab, minglab misollar keltirishimiz mumkin. Lekin yoshlarimizning barchasi ham davlatimizning yuqoridagi kabi gʻamxoʻrliklari va eʼtiboriga munosib yashashyaptimi? Oʻqishda, ishda va hayotda zamon bilan hamnafas qadam tashlab, yuqoridagi kabi katta yutuqlarga erishayotgan tengdoshlaridan ibrat olishga harakat qilishayotirmi? Yoshlarga oid Davlat siyosatini amalga oshirish borasida oʻzini oʻzi boshqarish organlarida, mahallalarda qanday ishlar amalga oshirilmoqda? Joylardagi "Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmalari, voyaga yetmaganlar bilan ishlashish komissiyalari, militsiya tayanch punktlari uchastka nozirlari yoshlarning uyushmagan qatlami bilan ishlashishda qanday tajribaga ega? Kasb-hunar kollejlarida oʻquvchi-yoshlar bilan ishlashishning oʻziga xos tizimi yaratilganmi? Gap mana shunda!

Biz yuqorida mamlakatimizda yoshlarga doir davlat siyosatini amalga oshirish borasida yaratilgan qonuniy asoslar xususida bekorga batafsil toʻxtalganimiz yoʻq. Sababi, yoshlarning hayotda oʻz oʻrinlarini topishlari, el-yurtga munosib farzand, kelajak vorislari sifatida oʻzlarini namoyon etishlari uchun keragidan ortiq imkoniyat eshiklari lang ochib qoʻyilgan boʻlishiga qaramay, bu imkon eshiklarini oʻz qoʻllari bilan "yopib”, oʻz taqdiriga (va demakki, yurt taqdiriga!) befarq yashayotgan yoshlarimiz borligi, afsuski sir emas.

Fikrimizni aniq dalillar asosida davom ettirsak: tuman ichki ishlar boʻlimi tomonidan taqdim qilingan maʼlumotlarga koʻra 18 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻrtasida sodir etilgan turli mazmundagi jinoyat va huquqbuzarliklar 2012-yilda 11 tani tashkil etgan. Koʻrilgan profilaktik chora-tadbirlar, huquqbuzarliklarning oldini olish borasida olib borilgan targʻibot-tashviqot ishlarining samarasi oʻlaroq 2013-yilda bu koʻrsatkich 4 taga kamaygan, yaʼni 18 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻrtasidagi jinoyatchilik 7 tani tashkil etgan. Ammo bu raqam 2014-yilda qariyb 2,5 baravardan oshib, 18-30 yoshlilar tomonidan sodir etilgan jinoyat va huquqbuzarliklar soni19 taga oʻsgan.

Tumandagi har bitta OFY va MFYda bittadan xalq osoyishtaligini saqlash, huquqbuzarliklarning oldini olishga masʼul boʻlgan militsiya tayanch punkti nozirlari faoliyat yuritishadi. Xoʻsh, joylardagi militsiya tayanch punktlari nozirlari oʻz hududlarida yoshlar bilan qanday ishlashayotir?

Uzoqqa bormay, faqat oʻtgan 2014-yilda profilaktik hisobda turgan yoshlar bilan bogʻliq jinoyatlar geografiyasiga bir nazar tashlab koʻraylik: bevosita yoshlar ishtirokida sodir etilgan 19 ta jinoyat va huquqbuzarliklarning 9 tasi Mangʻit shahri mahallalariga toʻgʻri keladi. Shundan 4 tasi Boʻston mahallasi, qolgan 5 tasi esa Oybek, Navoiy, Chordara, Boyovul hamda Beruniy nomli mahalla yoshlari tomonidan, 10 ta jinoyat va huquqbuzarlik esa Xolimbeg, Doʻrman, Bobur, Qangli, Toʻlqin va Oʻrta qalʼa ovullarining yoshlari tomonidan sodir etilgan. Jinoyat va huquqbuzarliklarning katta ulushi Mangʻit shahri mahallalari hisobiga toʻgʻri kelayotgani gʻoyat achinarli. Chunki, Mangʻit shahri ­– tuman markazi. Eng asosiysi, shaharda yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishlari uchun yaratib qoʻyilgan shart-sharoitlarhavasga munosib. 40 tadan ortiq sport-sogʻlomlashtirish inshootlari, "Yoshlik” kinoteatri, bolalar sport majmuasi, kompʼyuter oʻquv markazlari shahar mahallalarida yashovchi yoshlar uchun hamisha ochiq.

Shu yerda haqli bir savol tugʻiladi: - ­Xoʻsh, joylardagi yoshlar bilan ishlashishda masʼullar ­- oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoshidagi voyaga yetmaganlar bilan ishlashish komissiyalari, "Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmalari yuqoridagi shart-sharoitlardan unumli foydalanayotirmi?

Biz ushbu savolga javob topish maqsadida Mangʻit shahrining Boʻston mahallasi hududida olib borilayotgan profilaktika tadbirlarining holati bilan tanishdik. Bu yerda yoshlar tarbiyasiga masʼullar tomonidan olib borilayotgan ishlarning barchasi aʼlo! Yoshlar oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadlarini ifoda etuvchi ishlar rejasi aniq va puxta ishlab chiqilgan: ijtimoiy sheriklik asosida oʻtkazilgan tadbirlar roʻyxati, maʼruzalar, suhbatlar, oshkora muloqotlar, sport musobaqalari ­– bu roʻyxat anchagina uzun. Hujjatlarning dalolati shundaki, barcha ish risoladagiday. Eng muhimi, hujjatlarda qatʼiy tartib, intizom aks etib turibdi! Lekin amalda-chi? Amalda 2014-yilda yoshlar tomonidan sodir etilgan 19 ta jinoyatning 4 tasi Boʻston mahallasiga toʻgʻri kelgani achinarli.

Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda 2010-yil 12 avgustda qabul qilingan "Voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi toʻgʻrisida”gi Qonun muhim ahamiyatga ega. Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7 oktyabrdagi 274-sonli qaroriga asosan tasdiqlangan "Fuqarolar yigʻinining voyaga yetmaganlar, yoshlar va sport masalalari boʻyicha komissiyasi toʻgʻrisida NAMUNAVIY NIZOM”da voyaga yetmaganlar bilan ishlashish, ularning taʼlim maskanlarida munosib taʼlim-tarbiya olishlari uchun ota-ona tomonidan yetarli shart-sharoitlar yaratib berish, voyaga yetmaganlarning ota-onalari, taʼlim-tarbiya maskanlari va fuqarolar yigʻinlari masʼullari bilan ichki ishlar boʻlimlari xodimlarining va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari vakillarining oʻzaro hamkorlikda olib borishi zarur boʻlgan profilaktik tadbirlari, burch va vazifalari, aniq, bandma-band koʻrsatib berilgan. Ushbu qonun hujjatlariga koʻra har bir voyaga yetmagan bola yoki oʻsmir uchun ota-ona, ularning oʻrnini bosuvchi (vasiy) hamda taʼlim-tarbiya muassasasi, IIBning voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarlik profilaktikasi nozirlari tomonidan huquqiy shart-sharoitlar yaratib berilishi, shu barobarida uning ijtimoiy xavfi bor hatti-harakatlar sodir etilishining oldini olish choralari koʻrilishi joiz.

Bu borada tumanimizda yoshlar bilan ishlashishda ibratga loyiq ishlar amalga oshirilayotganligini qayd etmay oʻtolmaymiz. Chunonchi, tuman madaniyat va sport ishlari boʻlimi tasarrufidagi madaniyat va aholi dam olish markazining yoshlar bilan ishlashish boʻyicha malakali mutaxassislari, akademik litsey, kasb-hunar kollejlari, "Barkamol avlod” bolalar markazlari bilan fuqarolar yigʻinlari masʼullari hamda IIB profilaktika nozirlarining hamkorligidagi tadbirlarda har yili minglab yoshlar ishtirok etishadi. Tuman madaniyat va aholi dam olish markazida tashkil etilgan 14 ta toʻgarakda 100 nafardan ziyod oʻsmir-yoshlar oʻz iqtidorlarini namoyon etishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratib berilgan. Eʼtibor bering, 100 nafar. Bu tumanimizdagi 82 ta umumtaʼlim maktablarida va 9 ta oʻrta maxsus taʼlim maskanlarida tahsil olayotgan minglab oʻsmir-yoshlar uchun yetarlimikan? Qolaversa, iqtidorli bolalarni oʻz bagʻriga olgan mazkur toʻgaraklarning asosiy qismi tuman markazida faoliyat olib borishini inobatga olsak, qishloq oʻsmirlarining qobiliyatlarini amalda namoyon etishlari, ularning iqtidorlarini rivojlantirish uchun bu kamlik qilmaydimi?

Shunday deymiz-u 2012-2014-yillarda voyaga yetmaganlar ­– maktab, kasb-hunar kollejlarining oʻquvchi-yoshlari tomonidan sodir etilgan jinoyatlarning ham asosiy qismi Mangʻit shahri hisobiga toʻgʻri kelayotganini hisobga olsak, nazarimizda voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarlik profilaktikasi boʻyicha olib borilayotgan ishlar Mangʻit shahri mahallalariga nisbatan ovul fuqarolar yigʻinlaridabirmuncha yaxshi yoʻlga qoʻyilganini sezish qiyin emas.

Eʼtibor bering, 2012-yilda tuman boʻyicha voyaga yetmaganlar tomonidan faqat 2 ta jinoyat sodir etilgan va bu jinoyatning ikkitasi ham Mangʻit shahri mahallalarida yashovchi oʻsmirlar ishtirokida yuz bergan. 2013-yilda qayd etilgan 6 ta jinoyat ishining 3 tasi ham Mangʻit shahrining oʻsmirlari hisobiga toʻgʻri keladi. 2012-2014-yillar davomida voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jami 10 ta jinoyat ishining 7 tasi Amudaryo qishloq xoʻjalik va kasb-hunar kolleji, qolganlari Amudaryo agrobiznes, Doʻrman qishloq xoʻjalik hamda Amudaryo transport kasb-hunar kollejlarining voyaga yetmagan oʻquvchilari tomonidan amalga oshirilgan.

Biz yuqorida "Voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasining yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish maqsadlarini ifoda etuvchi eng muhim huquqiy asoslar haqida batafsil toʻxtalib, voyaga yetmaganlarni nazoratsiz qoldirish yoxud ularning ijtimoiy xavfi bor hatti-harakatlar sodir etishining oldini olishda masʼul boʻlgan shaxslarni birma-bir sanab oʻtgan edik. Bunda, yana takror aytamiz, taʼlim-tarbiya muassasalarining oʻrni ham oʻta muhim va katta!

Agar yuqoridagi voyaga yetmagan oʻsmirlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarning turi, qanday, qay holatda sodir etilgani yoki ijtimoiy xavfi xususida toʻxtaladigan boʻlsak, ertalab farzandini oʻqishga kuzatib qolgan ota-ona uning oʻqishdan soat nechada chiqishi-yu, soat nechada uyga qaytishiga qiziqmaganining yoki oʻquvchisi nima sababdan surunkali ravishda dars qoldirayotgan guruh rahbari ­– kollej oʻqituvchisining oʻquvchi taqdiriga qanchalik loqayd munosabatda boʻlayotganining sababini bilib olish aslo qiyin emas. Yaʼni, muammoning asl sababi – loqaydlik.Ota-ona farzandining qayerga borib, qayerdan kelayotganini, oʻqituvchi oʻquvchisining darsdan boʻsh vaqtida nima bilan mashgʻulligini bilishmaydi. Oʻsmir yashaydigan mahalla tinchligiga masʼul militsiya tayanch punkti noziri yoki "Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasi sardori, diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy masalalar boʻyicha maslahatchilar-chi? Kollej oʻquvchisi nima sababdan dars paytida bekorchi ishlar bilan mashgʻul? Oʻsmir nega har kuni kollejga bormayapti; sababi nimada? Qiziqmaydi yoki oʻsmir jinoyatga qoʻl urib boʻlganidan keyingina "tezlik bilan ishga kirishib ketishadi”. Ana, muammo qayerda?

­Nega, nima uchun jinoyat sodir boʻlishining oldini olishga intilishdan koʻra, jinoyat yuz berib boʻlgandan keyin qilinadigan harakatlar koʻproq? Axir u IIB xodimimi, yigʻin oqsoqoli yoki "Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasi rahbarimi, mahalla maslahatchisimi, kollej oʻqituvchisimi ­– kim boʻlishidan qatʼiy nazar barchamizning qiladigan eng asosiy ishimiz – yomonlikning payini qirqib, yaxshilikka yoʻl ochish emasmi? Bizningcha shunday!

Qoʻlimizda "Kamolot” YoIH tuman Kengashi tomonidan gʻoyat puxtalik bilan ishlab chiqilgan, tumanda 2014-yilda yoshlarga oid Davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar dasturi. Birma-bir, erinmasdan varaqlaymiz: uzoqni koʻzlab, nihoyatda zukkolik bilan tuzilgan dasturdan gʻoyat keng qamrovli tadbirlar, seminarlar, hamkor tashkilotlar bilan olib boriladigan ishlar oʻrin olgan. Ularning barchasida yoshlarning joʻshqin hayoti aks etib turibdi. Yangi, "Keksalarni eʼzozlash yili”ga monand belgilangan istiqbolli rejalar undan-da salmoqli. Yana bir hujjat ­– Amudaryo qishloq xoʻjalik kasb-hunar kollejida yoshlar oʻrtasida jinoyatchilikning oldini olish boʻyicha olib borilayotgan ishlar bayoni: taʼlim-tarbiya bilan uzviy bogʻliq profilaktik tadbirlar haqidagi maʼlumotnoma.

Koʻrdik, barcha ishlar, profilaktik tadbirlar, kelajakni koʻzlab tuzilgan ish rejalari ­– hammasi risoladagidek! Ish shunday boʻlsin-da! Ammo... yoshlar tarbiyasi borasidagi muammolar qayerdan chiqayapti?

Gap ­­­- mana shu"ammo”da, azizlar.

Chunki rasmiy hujjatlar oʻz vazifasini yuz foiz aʼlo bajarayotganini koʻrdik. Lekin amalda esa... Yuqorida qayd etganimizday, voyaga yetmaganlar oʻrtasida ham, 18 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻrtasida ham jinoyatlar (hatto ijtimoiy xavfi yuqori boʻlgan jinoyatlar), huquqbuzarliklar oʻsishda davom etayotgani achinarli. Xalqimizda asrlar sinovidan oʻtgan bir ibora bor: "Dushmaningdan emas, atrofingdagi loqayd odamdan qoʻrq!”

Demak, biz koʻrganimiz, surishtirib bilganimiz – voyaga yetmaganlar va yoshlar oʻrtasidagi jinoyatlar ham loqaydlikning, bir-birimizga beparvoligimizning mevasi emasmi? Yurish-turishi oʻzgarib qolgan mahallamiz bolasini salgina tergab qoʻysak, uning salbiy harakatlaridan avvalo ota-onani, mahalla-koʻyni xabardor etib, shu bolaga intizomiy chora koʻrsak – nimasi yomon? Axir bu nainki oʻsha oʻsmir uchun, balki shu oʻsmirning ota-onasi, oilasi, qolaversa, jamiyatimiz uchun koni foyda emasmi, azizlar? Bizningcha, shunday!

Robiya YOʻLDOShEVA,

Allambergan JUMANIYoZOV,

amunews.uz veb-sayti muxbirlari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026 Shoir Poʻlat Xudoyberganov ijodiga bagʻishlab sheʼriyat kechasi oʻtkazildi Shoir Poʻlat Xudoyberganov ijodiga bagʻishlab sheʼriyat kechasi oʻtkazildi 17.08.2026 Yoshlar bilan uchrashuv: sport, taʼlim va yangi imkoniyatlar Yoshlar bilan uchrashuv: sport, taʼlim va yangi imkoniyatlar 14.08.2026 Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026