GRIPP – YuQUMLI KASALLIK, UNDAN OGOH BÖLING!
Salqin kunlar boşlanişi bilan aholi örtasida gripp va ötkir respirator infektsiyalar bilan kasallaniş köpayadi. Kasallik manbai bemor odam hisoblanadi. Kasallik odamdan odamga havo-tomçi va muloqot yöli bilan yuqadi. Yaʼni, gaplaşganda, aksirganda, salomlaşganda va boşqa bemor foydalangan anjomlardan foydalanganda yuqişi mumkin. Virus organizmga burun-tomoq orqali kiradi va organizmga tuşgandan keyin yaşirin davri bir neça soat böladi. Yaşirin davridan keyin kasallik belgilari yuzaga çiqadi.
Kasallik asosan boş oğriği, muşaklarda oğriq, tana haroratining kötarilişi, yötal, angina, tumov va burun oqişi bilan keçadi. Ayrim hollarda qayt qiliş va iç ketiş holatlari kuzatiladi. Bemorga öz vaqtida tibbiy yordam körsatilmasa, oğir oqibatlarga olib keladi.
Gripp kasalligining oldini oliş uçun maxsus vaktsinalar işlab çiqarilgan. Yilda bir marta gripp kasalligiga qarşi vaktsinalar bilan emlangan bolalar va kattalar ham gripp kasalligiga çalinişmaydi.
Gripp kasalligining oldini oliş uçun uy xonalarini tez-tez şamollatib turiş, şaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qiliş, mehnat va dam olişni töğri taşkil etib, darmondorilarga boy bölgan oziq-ovqat mahsulotlaridan isteʼmol qiliş zarur, organizmning toliqişiga aslo yöl qöymaslik kerak.
Şuni unutmaslik kerakki, savdo, transport, tibbiyot xodimlari hamda köpçilik bilan muloqotda böluvçi şaxslar doka niqoblardan foydalanişlari, niqobni har 3-4 soatda almaştirib turişlari tavsiya etiladi. Bundan taşqari, tez-tez qöllaringizni sovunlab yuving, mavsumiy gripp kasalligiga qarşi vaktsinalar bilan emlaning.
Yuqoridagilarga amal qilinsa, gripp kasalligi tarqalişining oldini olişga öz hissamizni qöşgan bölamiz. Har bir inson öz soğligi uçun özi masʼul ekanligini aslo unutmaylik!
Gulşod TOJIBOYeVA,
tuman DSENM epidemiologiya bölimi mudirasi, oliy toifali epidemiolog.
(Foto - fikr.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶