TENIARINXOZ – XAVFLI PARAZIT(MI)?
Teniarinxoz odamlarning ingiçka içaklarida parazitlik qiluvçi çuvalçang. Uşbu kasallik Özbekiston Respublikasi hududining barça viloyatlarida röyxatga olingan bölib, birinçi marta Xorazm viloyatida 1890 yillarda topilgan. Uni odamlar zararlangan qoramol va çöçqa göşti va göşt mahsulotlarini yetarliça pişirmasdan, isteʼmol qilişi oqibatida yuqtirib olişadi. Odam oşqozoniga tuşgan tuxumlar qobiği yorilib, undan ajralib çiqqan skaleks özining törtta sörğiçi yordamida ingiçka içakning yuqori bölimining devoriga yopişib ösa boşlaydi. Örtaça uç oy içida parazit voyaga yetib, u özidan yetilgan böğimlarni ajrata boşlaydi. Bu çuvalçang odam ingiçka içagida 10-yildan ortiq yaşaydi.
Taşqi muhitga odam axlati bilan tuşgan parazit böğimlari yorilib, undagi tuxumlar atrof-muhitga tarqaladi.
Agar odam içagida bir nusxa parazit bölsa, undan bir yilda 2500 böğim ajraladi, har bir böğimda 145 mingdan 175 mingtaça tuxum bölsa, yana köpayib, taşqi muhitga çiqadi va xavflilik darajasi oşadi.
4-5 oydan keyin u yuqumli holatga keladi. Hayvonlar va inson uçun infektsiya manbaiga aylanadi.
Bu çuvalçang asosan odam organizmini zararlaydi va dastlabki bir-ikki oylarda heç qanday kasallik belgilari namoyon bölmasligi mumkin. Parazitning ösişi va rivojlanişi natijasida odamning qorin böşliğida oğriq, yuzaga keladi. Iç qotişi, holsizlik, qayt qiliş, bolalarda boş aylanişi, boş oğriği, uyquning buzilişi, tez çarçaş, nerv sistemasining buzilişi namoyon böladi. Bunday holatlarda, albatta tibbiyot muassasalariga murojaat qiliş kerak.
2017-yilning töqqiz oyi mobaynida uşbu kasallikka çalingan 5 nafar odam röyxatga olindi. Ular 2010-2012-yillarda tuğilgan bolalardir. Şundan kelib çiqib aytiş mumkinki, aholi soğlom ovqatlaniş, göşt mahsulotlarini yetarliça pişirib isteʼmol qiliş qoidalariga qatʼiy amal qilişi zarur.
Tumanimiz fuqarolarini göşt sotib oliş va isteʼmol qilişda ehtiyot bölişga çaqiramiz.
Egambergan QUTLIMURATOV,
tuman veterinariya laboratoriyasining
bakteriologiya va parazitologiya bölimi mudiri.
(Foto - http://navoivet.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶