NOQONUNIY VALYuTA AYIRBOŞLAŞGA ÇEK QÖYILMOQDA
2017-yil 2-sentyabr kuni Özbekiston Respublikasi Prezidentining "Valyuta siyosatini liberallaştiriş böyiça birinçi navbatdagi çora-tadbirlar töğrisida”gi 5177-son Farmoni qabul qilindi.
Mazkur Farmon bilan yuridik va jismoniy şaxslar tomonidan çet el valyutasi joriy xalqaro valyuta operatsiyalarini amalga oşiriş uçun banklarda erkin sotib olinişi va sotilişi kafolatlandi.
Taʼkidlaş joizki, joriy xalqaro operatsiyalar böyiça tölovlarni banklardagi hisob-varaqlar orqali amalga oşirişda xöjalik yurituvçi subʼektlar tomonidan bozor kursida çet el valyutasini sotib oliş imkoniyatining yaratilişi "yaşirin” iqtisodiyotning qisqarişiga va pul mablağlarini bank aylanmasiga jalb qilişga xizmat qiladi.
Bundan taşqari, Departamentning Qoraqalpoğiston Respublikasi boşqarmasi xodimlari tomonidan noqonuniy çet el valyutasini oliş yoki ötkaziş bilan şuğullanuvçilarni aniqlaş borasida tezkor-qidiruv işlari olib borilmoqda.
Departamentning Qoraqalpoğiston Respublikasi boşqarmasi va uning hududiy bölimlari tomonidan valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravişda muomalaga kiritiş, valyuta tuşumini yaşiriş va valyuta sohasidagi boşqa qonunbuzarliklarga qarşi kuraşişga qaratilgan keng qamrovli tezkor tadbirlar amalga oşirilmoqda.
Joriy yilning ötgan davri mobaynida ötkazilgan tezkor tadbirlar natijasida valyutaga oid 84 ta huquqbuzarliklar aniqlanib, 6 ta jinoyat işlari qözğatildi va 78 ta maʼmuriy huquqbuzarlikka doir işlar yuritildi.
Farmon ijrosini taʼminlaş mamlakatimiz iqtisodiyoti rivojlanişiga xizmat qiladi, albatta.
A.AKBAROV, Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi huzuridagi Departamentning bölim katta inspektori.
(Foto - http://uzbekistan24.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶