MEHNAT ZAFARINGIZ MUBORAK, AZIZ PAXTAKORLAR!
Dehqonning har bir kuni iş maşaqqati va mehnat zavqi bilan ötadi. Ammo, yilda ikki kun borki, uning quvonçi va hayajoni özgaça. Biri – yerga uruğ qadagan kuni bölsa, yana biri – mehnatining mevasi xirmonga töplangan palla. Bugun – 2017-yilning 4-oktyabr kuni tumanimiz fermerlari uçun ana şunday quvonçli kun. Paxtakorlarimiz 27 iş kunida davlatga paxta sotiş böyiça şartnomaviy rejalarini ortiği bilan bajardilar. Omilkor fermerlarimizning işbilarmonligi, köp yillik boy tajribaga ega dehqonlarimizning peşona teri, mehnatsevar pudratçilar va qiyin-qistovli kunlarda ularga yordamga kelgan fidoyi haşarçilarning hamjihatlikdagi harakatlari natijasida 32715 tonnalik yuksak "oq oltin” xirmoni böy tikladi. Yetiştirilgan paxta hosili yuqori navlarga sotildi.
Albatta, heç bir zafar öz-özidan yoki tasodifiy kelmaydi. Paxtaçilikdagi bu mehnat ğalabasi davlatimiz tomonidan yer egalari uçun yaratib berilayotgan şaroitlarning mevasidir. Bundan ança yillar oldin Birinçi Prezidentimiz taşabbusi bilan mamlakatimizda fermerlik faoliyatining yölga qöyilişi ana şu şaroitlarning eng asosiysi böldi. Muhtaram Prezidentimiz Ş.Mirziyoyev boşçiligida bank-moliya sohasi, tabiiy va moddiy resurslar, texnika taʼminoti borasida öziga xos tizim yaratilgani fermerlarimizni yanada samarali işlaşga undamoqda.
Joriy yil erta bahordan 15850 gektarmaydonga S-47-27, "Buxoro-102”"Sulton”, "Buxoro-8 kabi navlardagi çigit qadagan dehqonlarimiz qulay ob-havo şaroiti hamda ekiş işlarining öz vaqtida, sifatli ötkazilişi natijasida dalalardan töliq nihol olişga erişdilar. Yer bilan tillaşadigan dehqonlarimiz ğöza nihollarini yaganalaş, begona ötlardan tozalaş, qator oralariga işlov beriş, suğoriş va sespenziya, oziqlantiriş, çilpiş, defoliyatsiya kabi agrotexnik tadbirlarni ham aʼlo darajada amalga oşirdilar. Natijada dalalarimizda közni quvontirgulik möl hosil töplandi.
Bu yilgi paxta yiğim-terimi mavsumiga puxta tayyorgarlik körildi. Mehnat unumdorligi va iş sifati birinçi navbatda işçilar uçun yaratilgan qulay iş şaroiti va ularning salomatligi, moddiy va maʼnaviy manfaatdorligiga boğliq. Şu sababli ham joriy yilgi terim mavsumida terimçilarning ijtimoiy muhofazasi, ularga munosib mehnat şaroiti yaratiş masalalari katta eʼtibor qaratildi.
Haşarçilar uçun dala boşida issiq ovqat taşkil qilinib, tuman madaniyat bölimi sanʼatkorlari ularning dam oliş paytida madaniy hordiq çiqarişlari uçun xizmatda böldi. Terilgan paxtalar kuniga 2 mahal ölçab olinib, terimçilarga mavsum boşidan beri jami 14,8 mlrd sömdan ortiq naqd pullar bank xodimlari tomonidan dala boşida tarqatildi. Şu kungaça topşirilgan paxta hisobidan fermerlarimizning 60,2 milliard sömdan ortiq daromad körişi ularning öz mehnatidan moddiy manfaatdorligini oşirdi.
Tuman böyiça 306 ta terim otryadlariga birlaşgan fermer xöjaligi işçilari va pudratçilar, ularga yordam beriş maqsadida haşarga çiqqan xöjalik hisobidagi korxona, muassasa va taşkilotlarning işçi-xizmatçilari, ovul va mahallalarning uyuşmagan aholisi, "Fidoyi yoşlar otryadi” aʼzolaridan iborat jami 28 715 nafar terimçilarning oğzibirçilikda qilgan mehnati samarasi sifatida bugungi yuksak xirmon yaratildi.
Terilgan paxtani tayyorlov punktlariga öz vaqtida yetkazib berişni taʼminlaş maqsadida zarur texnika vositalari jalb etildi. Terimda yonilği mahsulotlari taʼminotida uziliş bölmasligi uçun kerakli darajada zaxira yaratildi. Şuningdek, yonilği-moylaş mahsulotlarini bevosita dalaning öziga yetkazib beriş uçun yonilği tarqatiş agregatlari işga töliq şay qilib qöyildi. Baxtsiz xodisalar sodir bölişining oldini oliş maqsadida yonğin va texnika xavfsizligi böyiça zarur çoralar körildi.
Albatta, yetiştirilgan va yiğib-terib olingan paxta xomaşyosini qabul qiliş va saqlaş jarayonida tezkorlik va aniqlik muhim ahamiyatga ega. "Amudaryo paxta tozalaş” aktsiyadorlik jamiyati va joylardagi tayyorlov maskanlarida paxtani qabul qilişdan tortib uni saqlaş, qayta işlaş va sotişgaça bölgan barça jarayonlarga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida elektron hisobot va nazorat tizimi joriy qilingani bu borada muhim ahamiyat kasb etdi. Paxtaning elektron tarozilarda tortilgani uni ölçaş vaqtining kamayişiga, aniqligining oşişiga va bu borada oçiqlik taʼminlanişiga xizmat qildi. Paxta tozalaş korxonasi huzurida monitoring markazlari faoliyatini yölga qöyilgani esa fermer xöjaliklari, taʼminotçi, tayyorlovçi va xizmat körsatuvçi korxonalar, soliq inspektsiyasi hamda paxta tozalaş korxonasi örtasidagi hisob-kitob va tölov tizimini soddalaştiriş, paxta va ğalla maydonlarida belgilangan agrotexnik tadbirlarning öz vaqtida, sifatli bajarilişini nazorat qilişga yordam bermoqda.
Haşarçilarni rağbatlantiriş va ruhlantiriş maqsadida mavsum davomida ilğor terimçilarga Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi, Vazirlar Kengaşi, tuman hokimligi va qator davlat, jamoat taşkilotlarining qimmatbaho sovğalari topşirildi.
"Oq oltin”ning har bir tolasi – boylik. U ertaga qayta işlanib, eksport qilinsa yoki özimizda undan tayyor mahsulot işlab çiqarilsa, eng avvalo davlatimiz byudjetining yuksalişiga, qolaversa el-yurt farovonligiga hissa bölib qöşiladi. Buni yaxşi tuşungan tumanimiz paxtakorlari faqat şartnomani bajariş bilan çeklanib qolmay, daladagi hosilni sönggi misqoligaça yiğib-terib olişni niyat qilganlar.
Fursatdan foydalanib, halol mehnatni umrining mazmuni, vatan taraqqiyotiga hissa qöşişni hayotining boş şiori deb bilgan amudaryolik barça paxtakorlarni, dehqon va fermerlarni, haşarçi va yordamçilarni bugungi yuksak mehnat zafari bilan tabriklaymiz! Halol mehnatingizning rohatini köring, aziz paxtakorlar!
Sultonboy YÖLDAŞEV,
tuman hokimi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶