AYoLLAR HAMIŞA FAOL
Mustaqillik yillarida amalga oşirilayotgan islohotlar zamirida avvalo inson manfaati, oilalar tinçligi, xotin-qizlarning ijtimoiy-maʼnaviy, siyosiy va tibbiy madaniyatini oşiriş, mahallada ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini saqlaş, ösib kelayotgan yoş avlodni ayniqsa, xotin-qizlarni sportga keng jalb qilişdek ezgu maqsadlar mujassam. Tuman xotin-qizlar qömitasi taşabbusi bilan 2013-yil 2-mart kuni Xalqaro xotin-qizlar kuniga bağişlab ötkazilgan "Ayol oila körki” deb nomlangan tadbir köpçilikka manzur böldi. Tuman madaniyat uyida bölib ötgan bu tanlovga kelganlar madaniy hordiq çiqariş bilan bir qatorda özlariga kerakli bilim va könikmalarini oşirdilar. Ayniqsa, qatnaşuvçilar tomonidan sahnada ijro etilgan alla yangraganda zal suv sepganday jim-jit bölib qoldi. Sahna körinişlari ham tomoşabinlarga juda manzur böldi. 2013-yil 4-mart kuni Nukus Davlat pedagogika instituti qoşidagi 3-sonli Amudaryo akademik litseyida bölib ötgan "Soğ tanda - soğ aql” deb nomlangan anʼanaviy xotin-qizlar sport musobaqasi ham juda qiziqarli ötdi. Bu tanlovda tuman tibbiyot birlaşmasi, maktab öqituvçilari hamda tuman mahallalarining diniy maʼrifat va maʼnaviy ahloqiy tarbiya masalalari böyiça maslahatçilaridan tuzilgan jamoalar iştirok etdilar.
Bahor bayramlarini har birimiz kötarinki kayfiyatlar bilan ötkazdik. Navröz bayrami arafasida menga Özbekiston "Mahalla” xayriya jamoat fondi Respublika bölimi boşqaruvi raisi M.Ahmedov yaxşi işlarimni eʼtirof etib "Faxriy yorliq”topşirdi. Bundan könglim toğday kötarildi. Yanada dadillik va şijoat bilan işga kirişdim.
Ayni kunlarda mahallamiz hududini yanada obodonlaştiriş, haşarlar uyuştiriş, bu işlarda butun mahallamiz ahlining faol iştirokini taʼminlaşga intilayapmiz. Çunki, mahallamiz – öz uyimiz, xonadonimiz, uluğ mamlakatimizning qutluğ ostonasi. Ostonamizdan boşlanadigan Vatan tuproğini gullatiş esa barçamizning burçimizdir.
Momojon RAHIMOVA,

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶