TUMANIMIZ SPORTIDA YaNGI BOSQIÇ
Mamlakatimiz sport sohasida olib borilayotgan izçil islohotlar, bu borada qabul qilinayotgan Farmon va Qarorlar, ayniqsa, Prezidentimiz Ş.M.Mirziyoyevning 2017-yil 15-fevraldagi "Madaniyat va sport sohasida boşqaruv tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmon uşbu sohada yangi, taraqqiyot davrini boşlab berdi.
Uşbu Farmonga muvofiq Özbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qömitasi taşkil etilib, mamlakatimiz Xalq taʼlimi vazirligi tuzilmasidagi Özbekiston Bolalar sportini rivojlantiriş jamğarmasi ijro apparati, barça BÖSMlar, sport yönalişidagi maktab-internatlari xodimlarini qayta tayyorlaş va malakasini oşiriş markazining qömita tarkibiga berilişi köpdan-köp muvaffaqiyatlar sari yöl oçdi. Buni bizning tumanimiz sporti sohasida erişilayotgan yutuqlarda ham yaqqol körişimiz mumkin.
Mustaqillik yillarida tumanimizda sport bilan şuğullanuvçi barça yoşdagi aholi, ayniqsa, yoşlar, bolalar va ösmirlar uçun zarur şart-şaroitlar yaratildi. 2004-yilda Örta qalʼa ovuli hududida barça qulayliklarga ega sport majmuasi barpo etildi. 2013-yilda 2-sonli BÖSM, 2016 yilda 1-sonli BÖSM binolari kapital rekonstruktsiyadan çiqarildi. XTMFMTTEB tasarrufidagi barça umumtaʼlim maktablarida zamonaviy sport zallari va sport maydonçalari talablar darajasida jihozlandi. Ayni paytda bu sport majmualarida 47 nafar tajribali murabbiylar rahbarligida 1634 nafar turli yoşdagi bolalar va ösmirlar sportning 16 turi bilan muntazam şuğullanişmoqda. Ularning 333 nafari qiz bolalardir.
Mamlakatimizda sportni rivojlantirişga oid Prezident Farmonlari va Qarorlari, xususan, 2017-yil 15-fevraldagi "Madaniyat va sport sohasida boşqaruv tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Prezident Farmoni va unga qöşimça ravişda qabul qilingan "Özbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qömitasi faoliyatini taşkil etiş töğrisida”gi 2779-sonli Prezident Qaroriga binoan tizimdagi mutaxassislar malakasini oşiriş, jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantiriş borasidagi işlar yanada jadallaşdi, tumanimiz sporti sohasi yangi bosqiçga kötarildi. Bolalarning sport bilan şuğullanişlari uçun şaroit yaratiş, bu işlarni qişloq joylarida yanada takomillaştiriş, ularni yuksak vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş, nufuzli xalqaro musobaqalardagi iştirokini taʼminlaş – sport qömitamizning asosiy vazifasiga aylandi.
Xulosa qilib aytganda, "Özbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport davlat qömitasi faoliyatini taşkil etiş töğrisida”gi Prezident Qarori yangidan taşkil etilgan qömita va uning hududiy bölimlari faoliyatida ijobiy özgarişlar yasaş imkonini berdiki, bu sportçilarimiz erişayotgan yutuqlarda öz ifodasini topmoqda.
Jasur YaXŞIMOV,
tuman Jismoniy tarbiya va sport qömitasi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶