AHOLI SOĞLIGI NAZORAT QILINMOQDA
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 13 apreldagi "Ona va bola salomatligini muhofaza qiliş, soğlom avlodni şakllantirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi PQ-1096-sonli hamda "2009-2013-yillarda aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlaş, soğlom bola tuğilişi, jismoniy va maʼnaviy barkamol avlodni voyaga yetkaziş borasidagi işlarni yanada kuçaytiriş va samaradorligini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi PQ-1144-sonli qarorlari asosida tuğiş yoşidagi ayollar, ösmir qizlar va bolalarni tibbiy körikdan ötkazib, aniqlangan kasalliklar yuzasidan soğlomlaştiriş işlari muntazam olib borilmoqda.
Uşbu Davlat dasturlarida belgilangan vazifalarni izçil amalga oşiriş borasida xotin-qizlar qömitalari, tibbiyot muassasalari hamda mahalla fuqarolar yiğinlari özaro hamkorlikda tarğibot va taşviqot işlarini olib borişni tizimli ravişda taşkil etişmoqda.
Yaqinda bizning "Oybek” mahalla fuqarolar yiğinida aholi orasida reproduktiv salomatlikni mustahkamlaş masalalari böyiça tuşuntiriş va tarğibot işlarini amaliy olib boriş maqsadida tibbiy körik taşkil etildi.
Bunda mahallaga biriktirilgan terapevt şifokorlar G.Törayeva, Z.Örozmetova, bolalar şifokori O.Şukurova, ginekolog şifokorlar U.Jumaniyozova, B.Yangiboyeva, laborant-hamşiralar va ultratovuş yordamida taşhis qöyiş apparati mutaxassisi O.Ollayorovlar kelib, aholini tibbiy körikdan ötkazdilar. Körikdan ötkazilgan aholi orasida kamqonlik, buyrak şamollaşi, asab va böqoq, oşqozon-içak kasalliklariga çalingan bemorlar aniqlanib, davolanişga yöllanma berildi va tuşuntiriş-tarğibot işlari olib borildi. Aholini tibbiy körikka jalb qilişda mahallada yaşovçi hamşiralar, şifokorlar hamda öqituvçilar jamoatçilik asosida iş olib bordilar. Mahallamiz aholisi mahalla jamoatçilik nazorati işçi guruhi tomonidan taşkil etilgan tibbiy körikdan juda minnatdor böldilar.
M.RAHIMOVA.
Oybek nomli mahalla fuqarolar yiğinining diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari böyiça maslahatçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶