"Samsung” kompaniyasi "Galaxy
Gear” tovar belgisini röyxatdan ötkaziş uçun AQŞ patentlar va savdo
markalarini röyxatdan ötkaziş byurosiga hujjatlarni topşirdi.
Patentda
qöl soati şaklidagi raqamli elktron qurilma tavsiflangan. Uni bilakka
yoki bilaguzuk bilan birga taqiş mumkin. Uşbu gadjet internetga ulaniş,
telefon qönğiroqlari, elektron poçta va xabarlarni yuboriş va qabul qiliş
imkonini beradi.
Qurilmaning dizaynida elastik displeydan
foydalaniş közda tutilgan. Garçi mahsulot hali tayyor bölmasa-da, tovar
belgisining röyxatdan ötkazilişi "Samsung” kompaniyasi qölga taqiladigan
gadjetlar bozorini zabt etişga jiddiy tayyorgarlik körayotganidan dalolat
beradi.
"Aqlli” soatlar "Android” platformasida işlaydi, bu
ularning Galaxy-smartfonlar va planşetlar bilan moslaşuvini
kafolatlaydi. Biroq uning ayrim funktsiyalari avtonom tarzda işlaydi.