Mahalla hayoti: YaNGI TIZIM AFZALLIKLARI KÖP
Joriy yilning aprelidan boşlab butun mamlakatimizda bölgani kabi tumanimizdagi mavjud mahalla va ovul fuqarolar yiğinlari faoliyatiga mahallalarda aniqlangan muammo va kamçiliklarni bartaraf etiş hamda aholi tomonidan bildirilgan takliflarni amalga oşiriş böyiça tizimli iş taşkil etişning yangiça uslubi joriy etilgan edi.
Bizning mahallamizda ham yangi tizim talabiga köra fuqarolarga xizmat körsatuvçi taşkilotlar vakillari va faollardan iborat işçi guruh tuzilib, faoliyatini boşlab yubordi. Har oy yakunida fuqarolardan tuşgan şikoyatlar, takliflarning hal etilişi yuzasidan tuman işçi guruhiga hisobotlar taqdim etib borilayapti. Şuningdek tuman işçi guruhiga havola etilayapti.
Mahallamizda yangi tizimni joriy etiş böyiça tuzilgan işçi guruh mahallani örganişi davomida aniqlangan muammo va kamçiliklarni bartaraf etiş, aholi tomonidan bildirilgan takliflarni amalga oşiriş yuzasidan çora-tadbirlar dasturi işlab çiqib, şu asosda öz faoliyatini olib borayapti va muammolarni öz vaqtida hal etişga harakat qilayapti. Masalan, işçi guruh aʼzolari örganiş davomida işga yaroqli işsiz fuqarolarni aniqladi va qoramol yoki parranda boqiş istagida bölganlarning röyxatini tuzib, kredit olişiga kömaklaşiş maqsadida "Agrobank” tuman bölimi mutaxassislari bilan uçraşuvini taşkil etdi. Uçraşuvdagi jonli muloqot köp narsalarga oydinlik kiritdi, şu asosda bir neçta oila qoramol va parranda boqiş harakatini boşlab yubordi.
Mahallamizning Islomobod köçasi, raqamsiz uyida istiqomat qiluvçi A.Rajabov köp yillardan beri kasalmand, beva, öğli hali kollej öquvçisi. Şularni inobatga olib, A.Rajabovning davolanişini davom ettirişiga kömaklaşildi, tomorqasiga işlov berişga yordam berildi.
Odatda uyimizdan ostona hatlab köçaga çiqsak, qöşnimizga duç kelamiz. Quvonçimizga ham, taşvişimizga ham şerik böladigan eng avvalo qöşnimizdir. Şunday ekan, qöni-qöşnilarimizning, mahallamizning tinç-xotirjamligi bizning ham tinç-xotirjamligimizdir. Şu maʼnoda mahallalardagi osoyişta hayotni taʼminlaşga qaratilgan, örganiş davomida aniqlangan şikoyatlar, muammo va kamçiliklarni bartaraf qiliş yuzasidan tizimli iş taşkil etiş böyiça joriy etilgan yangi uslubning ahamiyati juda ulkandir. Axir bekorga otang mahalla, onang mahalla deyişmaydi-da.
G.ÖROZBOYeVA,
"Olmazor” mahalla fuqarolar yiğini diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari böyiça maslahatçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶