HAR KUNI BIR TADBIR
Oʻzbekiston "Milliy tiklanish” demokratik partiyasi tuman Kengashi tumanimizda amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlariga hissa qoʻshish, xalq-farovonligini oshirish, fuqarolarni yangi mehnat muvaffaqiyatlariga ruhlantirish maqsadida mahallalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni oʻrganish va mamlakatimiz mustaqilligining 22-yilligi oldidan targʻibot-tashviqot ishlarini yanada jonlantirmoqda.
Oʻz qalbida milliy gʻurur joʻsh urgan, milliy qadriyatlarimiz va anʼanalarimizga sadoqatli, fidoyi va vatanparvar partiyamiz aʼzolari bu ishlarda faol ishtirok etib, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari, barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar fuqarolarimizning tinch-osuda va farovon yashashi uchun ekanligini keng tushuntirmoqdalar. Shu farovon hayotimiz boqiy boʻlmogʻi uchun mustaqilligimizni koʻz qorachigʻiday asrashga chorlamoqdalar.
Ana shunday tadbirlarni reja asosida har kuni har bir ovul va mahallalarda oʻtkazib kelayotirmiz. Xususan, 2-avgust kuni Mangʻit shahrining "Gulzor” mahallasida "Siyosiy huquqiy madaniyatni shakllantirishda partiyaning roli”, 31-iyul kuni "Chordara” mahallasida "Milliy tiklanish gʻoyasi – milliy taraqqiyot tayanchi va asosidir”, 30-iyul kuni "Durunki” mahallasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning "Oʻzbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” asarining mazmun-mohiyati haqida davra suhbati oʻtkazildi.
Tadbirlarimizda mamlakatning hayoti, oʻtmishi, kelajagi, butun taqdiri uchun qaygʻuradigan, Vatan qismatini oʻz qismati deb biladigan keng jamoatchilikning dunyoqarashi va tafakkurini tarbiyalash, milliy-maʼnaviy tiklanishimizda har bir fuqaroning rolini oshirish, vatanparlik tuygʻularini kamol toptirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Muxlisa BOLTABOYeVA,
OʻzMTDP Amudaryo tuman Kengashi yetakchi mutaxassisi.
(Foto - http://elections.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶