12.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
12.11.2026, 22:38
Adabiyot 👁 3,150

Jayxun ilhomlari

Jayxun ilhomlari

TUŞ

Kuni keça tuş köribman,

Tuşda ajib iş köribman.

Közi qora, kamon qoşli,

Oydan ziyod yuz köribman.

Keça Sizni tuş köribman,

Egningizda guldan libos.

Gözallikka oşno qalbda,

Sizga böldi baland ixlos.

Aqlim oldi jamolingiz,

Kundan körkam kamolingiz.

Ming bor dardga davo bölmiş,

Söz-u suhbat – aʼmolingiz.

Bölib çamanzor Raʼnosi,

Boğda gullar terarmişsiz.

Jon olğuvçi tabassum-la,

Men tomonga kelarmişsiz.

Sekin holimni sördingiz,

Könglimni toğday kötarib.

Mayli, Sizni köray tuşda,

Uyğonib ketmay, yötalib.

Keça Sizni tuş köribman,

Tuşimdayam xuş köribman.

Bekbergan TLEUMURATOV,

Qipçoq qişloği.

 

SIZ YuRGAN YÖLLAR

(Buvijonim Şarifa Allohberganova xotirasiga)

Umr ötaverar, ötadi kunlar,

Sizlarni eslatib yoğar yomğirlar.

Unutiş qiyinkan ötsa ham yillar,

Issiq bağringizni qömsar bağirlar.

 

Osmonga boqaman yulduzlar sanab,

Közlarim  şu lahza ketadi çaqnab.

Göyoki yupatib, boşimni silab,

Bobomning yulduzi turganday porlab.

 

Qalbim gulzorlari xazonga tölar,

Soğinçdan ezilgan yuzlarim öpar.

Bobomning yulduzi bilan yonma-yon,

Buvimning yulduzi ojiz miltirar.

 

 

Unutmoğim qiyin bobo, buvijon,

Dilimda ayriliq iz solgan tuğyon.

Ammo izlaringiz közimga surtgum,

Siz yurgan yöllardan yurgum begumon.

 

Qança yillar ötdi, nomingiz yaşar,

Elda, mahallada eslar yaxşilar.

Izingizda qolgan yaxşilik bilan,

Aziz xotirangiz qalblarda yaşar.

Dilrabo TURSUNBOYeVA,Melioratsiya va suv xöjaligi kasb-hunar kolleji öquvçisi.

 

Onajonim yonimda

(Onam xotirasiga)

Onam mangu taşlab ketdi,

Men dunyoga kelgan kunim.

Murğak qalbim ğaşlab ketdi,

Oy-yulduzsiz qoldi tunim.

Tilim çiqqan kunlarimda,

Onajon, deb oyga boqdim.

Va pildirab yurganimda,

Köz yoşimda özim oqdim.

Oymomojon dalda berdi:

«Onajoning yoningda», – deb.

Menga çeksiz mehr berdi,

Quyoş böldi umrimga zeb.

Boşlarimni silab-silab,

Alla aytdi buvijonim.

Kelajagim, baxtim tilab,

Parvonadir hur Vatanim.

Sardorbek KENJAYeV, 20-sonli maktab öquvçisi.

 

Tonggi izhor

Ertalab uyqudan közlarim oçsam,

Tonggi mayin şamol xonamga kirdi.

Öz taqdir yölimdan qançalar qoçsam,

Hayot izlarimdan yugurib-yeldi.

 

Mahzun hayolimning manzili çeksiz,

Davom etsa, mangu sevadi seni.

Xayolim manzili tözğir, kimsasiz,

Nelardan oçayin, dastlabki sözni.

 

Közlarim kimnidir izlaydi betin,

Dilimni nimadir hanuz tirnaydi.

Tongimning şuʼlasi körinar har kun,

Tunimning yulduzi seni izlaydi.

Barno SAIDOVA, Amudaryo xizmat körsatiş va servis kasb-hunar

kolleji öquvçisi.

 

Ota-onamga

Ota-onam yonimda bölsa,

Tölib turar doim uyimiz.

Ikkalasi kulib ötirsa,

Limmo-limdir baxt jomimiz.

Döstlar, yiroq ketmang heç qaçon,

Ota-ona bağridan aslo.

Ular bilan osuda qörğon,

Baxt quyoşi turgaydir porlab.

Dilnura RAHIMBOYeVA,

39-sonli maktab öquvçisi.

 

Toşqin soy

(Ustozimga)

Tölib-toşib oqmoqda tip-tiniq soy,

Öynoqi tölqinlari dillarga köçgan.

Soy yetgan joylarda turfa xil olam,

Yaşnab daryolarga aylanar har dam.

 

Şunda yuraklarda sevinçlar toşar,

Köngil çöllarida gullaydi hayot.

Şu soydan bahramand jumlai başar,

Şu soydan suv içib yaşaydi abad!

Ozoda XUDOYBERGANOVA.

 

ŞUKRONA

(Suriyadagi tengdoşlar taqdirini körib...)

Mana, tong otmoqda sokin, xotirjam,

Falakdan jilmayib boqadi quyoş.

Tinçlikka şukrona aytamiz şu dam,

Qalbda tuğyon urar şodlik va quvonç.

 

Ayt, yana qayda bor musaffo osmon?

Bulbulga, gullarga tölgan boğ qayda?

Yo azim daryosi zilol suvli yurt,

Lolaga burkangan boqiy toğ qayda?

 

Tong otganda öqiş, işni öylaymiz,

Huşnavo ohangda qöşiq kuylaymiz.

Bizlar gurkiragan, farovon yurtda,

Çinorday şovullab, gullab yaşaymiz.

 

Qaydadir bölmoqda parokandalik,

Qaydadir tinçlikni buzar iblislar.

Begunoh gödaklar yetim va... şörlik,

Umri hazon bölgan yoş öğil-qizlar.

 

Norasida gödak turadi titrab,

Köz yoşi yuzini yuvadi suvdek.

Yöq, bu köz yoşmas qalbdagi tuğyon,

Gunohim nima deb yiğlaydi şörlik...

 

Ey tengdoş, yurtimizga razm sol, qara,

Asta közdan keçir dala, boğlarni.

Va yurakdan ayt ming bor şukrona,

Közing qaroğida asra Vatanni!

 

Qalbingda ğofillik bölmasin heç ham,

Nolinma, heç bir vaqt ötgan umrdan.

Axir yaşayapmiz jannatdek körkam,

Buyuklar Vatani Özbekistonda!

Muqaddas MATKARIMOVA, 37-sonli maktab öquvçisi.

 

Yomğir

Şivirlagan yomğirlar, sirdoşim böling,

Şivirlaşib men bilan könglimni oling.

Tökilsin ğamlarim mayda-maydalab,

Yoğavering armonlarim tilkalab.

Kaftimni tutaman, maʼyus tikilib,

Yolğonçi hislarim qolsin tökilib.

Baxtli kunlar kelgan damda şoşilib,

Yolğonlar yomğirdek qolsin tökilib.

Şivirlab, könglimni çandon kötaring,

Mehnatkaş qöllarim – kaftimni öping.

Qalbim muzlarini mayda-maydalab,

Yomğir tomçilari, yöldoşim böling.

Aylanmoqda mening yuragim toşga,

Qalbim ham intizor aziz sirdoşga.

Sirlaşib, men bilan könglimni oling,

Şivirlagan yomğirlar sirdoşim böling.

Roza RAHIMOVA.

 

Ğunça

Gullarning içida ğunça,

Öziga tortar bunça?

Ranglari qizil, oppoq,

Göyo sirli tugunça.

Oçilsa, gul böladi,

Körib köngil töladi.

Kapalakka ayvonça,

Zör oromgoh böladi.

Asadbek YÖLDOŞEV,

8-sonli IDUM öquvçisi.

 

Ardoqli otamiz

Yoş öğil-qizlarga mehribon böldi,

Katta va kiçikka doim hurmatda.

Taʼlim-tarbiyaga yöl oçib berdi,

Mehribon otamiz Islom Karimov.

El-u xalqni töğri yölga boşlab borgan,

Kelajakka buyuk işonç tiklagan.

Xalqim, deb xalqining dilida qolgan,

Ardoqli otamiz Islom Karimov.

Şahlo SOBIROVA, 31-sonli maktab öquvçisi.

 

Onalar

Hikmatona sözlari,

Nurga töla közlari.

Mehribondir özlari,

Onajonlar, onalar.

«Ona» sözi möʼtabar,

Eng aziz va muqaddas.

Onani hafa qilar,

Faqatgina aqli past.

Ona qalbi – bir olam,

Ona – sehrgar olam.

Ona sehrining biri –

Mehrdir, biling buni!

Iroda Yerdoşeva.

Gözallik şaydosiman

Men şoira emasman,

Oşiqman gözallikka.

Heç behis yaşolmasman,

Döstman fikri hurlikka.

Mudragan yuraklarni,

Şeʼrlarim uyğotadi.

Köngillarni şod etib,

Ğuborin tarqatadi.

Sabohat MADRIMOVA.

🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026