14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 13:29
Salomatlik 👁 3,753

Epizootolog-veterinar ogohlantiradi: QUTURISh – OʻTA XAVFLI KASALLIK

Epizootolog-veterinar ogohlantiradi: QUTURISh – OʻTA XAVFLI KASALLIK

Quturish kasalligi – bu oʻta yuqumli va xavfli kasallik hisoblanadi. Kasallik bilan issiq qonli yovvoyi va uy hayvonlari hamda odamlar kasallanadi.

Quturish kasalligining oldini olish va unga qarshi kurashish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8 iyuldagi «Qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish va saqlash bilan bogʻliq xizmatlar faoliyatini takomillishtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 202-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida tuman IIB, DSENM, Veterinariya boʻlimi, tuman Obodonlashtirish boshqarmasi va koʻp tarmoqli markaziy poliklinika bilan hamkorlikda ish olib borilmoqda.

Kasal hayvon kasallik qoʻzgʻatuvchi manba hisoblanadi. Kasal hayvon tishlaganda uning soʻlagi teridagi tirnalgan yoki yara joylarga tushganda kasallik yuqadi. Kasallik koʻzgʻatuvchisi kasal hayvon soʻlagida kasallik belgilari paydo boʻlishidan 10 kun oldin paydo boʻladi. Shuning uchun tishlagan hayvon yaxshi holatda edi-ku, deb oʻylamaslik kerak.

Eʼtibor bersak, hayvonlar tishlashidan koʻp holatlarda bolalar jabrlanadi. Shuning uchun bolalarning, ayniqsa daydi it, mushuklar bilan muloqotda boʻlmasligini taʼminlash zarur.

Uy hayvonlari, albatta, davlat Veterinariya boʻlinmalarida hisobga qoʻyilgan boʻlishi va har yili quturish kasalligiga qarshi emlanishi zarur.

Qaramogʻingizdagi hayvon har qanday kasallikka chalinganda va ayniqsa quturish kasalligi belgilari paydo boʻlganda yashash joyingizdagi veterinariya boʻlimlariga zudlik bilan murojaat qiling. Zinhor oʻzingiz davolashga harakat qilmang, bu bilan siz oʻzingiz va yaqinlaringiz hayotini xavf ostiga qoʻyasiz.

Agar sizning itingiz biror kishini tishlab olsa, holatni yoki hayvonni bekitishga harakat qilmasdan, jabrlangan shaxsga oʻzingizning manzilingizni bering va it yoki mushugingizni koʻrikdan oʻtkazish uchun yashash joyingizdagi  veterinariya mutaxassislariga murojaat qiling. Tishlagan hayvon 10 kun davomida veterinariya mutaxassislari kuzatuvida boʻladi.

Hayvon uchun uning egasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8-iyuldagi 202-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Aholi punktlarida itlar va mushuklarni saqlash qoidalari»ga asosan toʻliq maʼmuriy javobgar hisoblanadi.

Kasal hayvondan jabrlanganda faqatgina toʻliq profilaktik emlash kursini olish bilan quturish kasalligining oldini olish mumkin.

Quturish kasalligi oʻta xavfli kasallik. Shuning uchun kasallikni davolashdan koʻra uning oldini olish afzaldir. Oʻz it va mushuklaringizni vaqtida emlatsangiz,  kasallikning oldini olgan boʻlasiz.

B.Bekchanov,

tuman Veterinariya boʻlimining epizootolog-veterinar vrachi.

(Foto - http://avitsenna.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019