12.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
12.11.2026, 22:38
Adabiyot 👁 4,738

Jayxun ilhomlari

Jayxun ilhomlari

Yaxşi döstlar suhbati...

Yaxşi döstlar suhbati joningga rohat keltirur,

Taşrifi qutluğ qadam, uyga faroğat keltirur.

 

Yaxşi dösting bormi, bil – bu Alloh inʼomidir,

Loyiq döst bölsang agar, poyingga jannat keltirur.

 

Döst böliş oson, uni saqlaş qiyinroq, deydilar,

Yaxşi döstdan ayriliş, beşak nadomat keltirur.

 

Yangi narsa yaxşi, lekin döst eskisi yaxşidir,

U bilan diling ravşan, işingda omad keltirur.

 

Biror ayb sezib, darhol minma sen ğazab otiga,

Yaxşi kunni boşingga sabr ila toqat keltirur.

 

Sodiq döstlar bilan masrur Ahmad doim diliga,

Şukronalik fikrini har kun, har soat keltirur.

A.Nafasov.

 

JONIMNING PARÇASI

(«Taraqqiyot közgusi»ga)

Jonimning parçasi hisobinda – sen,

Qonimning ançasi qoningga qardoş.

Umrimning unumli yumuşinda – sen,

Har safar yöl çeksam, yulduzsan, darddoş.

 

Yo oyday ziyosan, aziz Matbuot.

Oftobga qiyossan, otaşin hayot!

Avjlaringga eşlik oşufta etdi,

Qölimdan tutganda sendagi ğayrat!

 

Qalamim körk oçib, kamolga yetdi,

Yozmoqqa undadi yaşovçan Sözing!

Yaşarman, yozgani yöl bergan Najot –

Sadoqat senga, deb aziz Matbuot!

 

Zamonam zavqi bor, bor böl davomli,

Boğlarning bağrida bayon qil baxtni.

Men yöldoş yurayin, sendan ilhomli,

Buzmasdan qalamkaş nom olgan ahdni!

 

Nom bergan, non bergan laziz Matbuot,

Jonimning parçasi – aziz Matbuot!

Jumaboy HIDOYaTOV.

Yo, RAMAZON!

«Yo, Ramazon!» köp aytganmiz eşiklarda,

Talaşişib qizlar bilan bolalikda.

Ahil edik Saodat-u Muhabbatlar,

Tun yulduzi çaraqlagan bir qişloqda.

 

Qöşnilarga, xolalarga, ammalarga,

Qalbdan jöşib kuylaganmiz «Yo, Ramazon!».

Oy-yulduzlar ğujğon öynab samolarda,

Tilaklardan tökilardi gul-u rayhon!

 

Çang köçalar aro qolgan mening izim –

Qizlar bilan çopayotgan bolaligim.

Soçlar uzun, örim-örim belimizda,

Çirmaşadi qirqta kokil böyimizga.

 

Ezgulikning izlaridan çopib ötdik,

Jarang soçib kulgularda, qöşiqlarda.

Pok tuyğular oğuşiga singib ketdik,

«Yo, Ramazon!» aytib ötgan eşiklarda.

Zuhra Ahmedova.

 

Tinçlik vodiysi

Çeçaklar gul bölib unmoqda bu kun,

Orzular uşalgan, çehralar gulgun.

Yurtim tinçligidan beğam bu könglim,

Tinçlik vodiysida yaşaymiz, döstim!

 

Dehqonning qölida doimo ketmon,

Nonvoyning tandiri töla şirmoy non.

Yoşlarin yöllari erur nurafşon,

Bu yurtda azizdir, azizdir inson!

 

Boşida porlaydi baxtning quyoşi,

Kuçlilik, adolat, yurt yelkadoşi.

Tinçlik hadya etgan odil Yurtboşi,

Barkamol avloddir, xalqning izdoşi!

Muqaddas Matkarimova, 37-sonli maktab öquvçisi.

«Kalla uriş» – salommi?

(Tengdoşlarga va kattalarga)

«Assalom-u alaykum!» degan sözda sehr bor,

Özbekning salomida dunyolarça mehr bor.

Ming afsuski, bugunning salomi özgarmoqda,

Kalla urib körişiş rosa «moda» bölmoqda.

 

Quçoq oçib körişmoq endi urfdan qoldimi,

Ming yillik qadriyatlar oyoqosti böldimi?

Öylab köring, odamga kalla uriş xosmidi,

Biz – özbeklar avlodiga qöçqor işi mosmidi?

 

Neçun bizlar bu işni odat qilib olganmiz?

Bizlar axir qöy emas, bizlar axir odammiz...

«Assalom-u alaykum!», degan sözda sehr bor,

Özbekning salomida dunyolarça mehr  bor...

Begzod ALLAQULOV.

BAXTIM – OTA-ONAM

Kökda oy, quyoşimsiz,

Mening çin sirdoşimsiz.

Boş egib taʼzim aylay,

Yuzdan oşsin yoşingiz.

 

Menga hayot berdingiz,

"Aqlli böl”, dedingiz.

Mehnat bilan, mehr bilan,

Rizqimizni terdingiz.

 

Heç narsaga alişgusiz,

Boyligim ota-onam.

Umr tilayman doim,

Siz-çun yaralgan olam.

 

Siz-la gözal har bir onim,

Qarab töymas közlarim.

Men uçun bu dunyoda,

Sizlar aziz har doim.

Dinora KARIMBOYeVA, Amudaryo akademik litseyi öquvçisi.

Özbegim polvonlari

Ona Vatan tayançi,

Ham faxri va quvonçi.

Kuç-qudrati, suyançi –

Özbegim polvonlari!

 

Pahlavon Mahmud bobom,

Bergaydir kuç va ilhom.

Sizdadir yengilmas qon,

Özbegim polvonlari!

 

Siz maydon tuşgan zamon,

Havas-la boqar jahon.

Faxr etar Özbekiston,

Yengilmas polvonlarim!

Maftuna MURODOVA.

Onamning duosi

Onamning duosi meni asraydi,

Duolarida bor mehr quyoşi.

Kimning onasi bor, u qarimaydi,

Qalbin bezab turar mehr ziyosi.

 

Onamning borligi mening baxtimdir,

Hayotim mazmunli, yöllarim ravon.

Umrim bezagi u, buyuk taxtimdir,

Kunlarim fayzli, gözal keng jahon.

 

Har tong duo qilar, unib-ösgin, deb,

Boşimni silaydi haroratli qöl.

Şu mehr umrimga berib turar zeb,

Men uçun osondir maşaqqatli yöl.

Maftuna YÖLDOŞEVA.

Non

Mehnat qilib buvijonim,

Uyar buğdoy xirmonni.

Buvijonim va onam,

Yoparlar şirmoy nonni.

 

Buvim der: «qizaloğim,

Nonni heç isrof qilma.

Uşoği ham azizdir,

Şuni heç ham unutma».

 

Dasturxonning bezagi,

Doim bölib turar non.

Mehmon kelgan çoğda ham,

Non tutiladi har on!

Şahlo QUROLOVA.

     Yurtim

Yurtim, sening boğing özgaça,

Nurli har çamaning özgaça.

Gullaringga qarab töymayman,

Osmoning ham keng erur şunça!

 

Suvlaring sof, tiniq samolar,

Köngillarga malham havolar.

Ona tilimdagi navolar,

Kuç bağişlar dilga, özgaça!

Guzal KARIMOVA, 41-sonli maktab öquvçisi.

Quyoş

Tong sahardan çiqsam,

Nurlaringni soçasan.

Bahor kelganda kulib,

Quçoğingni oçasan.

 

Tunda qayga ketasan,

Tongda qaydan qaytasan?

Heç yöling özgarmaydi,

Şarqdan Ğarbga botasan.

Jamşid Qöşçanov,

5-sonli maktab öquvçisi.

 

Kitob

Kitob - bebaho boylik,

Kitobni qadrlaylik.

Bilsangiz, u baxtimiz,

Boyligimiz, taxtimiz.

 

Varaqlasak - ilmi köp,

Ezgu, yoruğ yöli köp.

Taşvişlarga qalaşsak,

Yöl körsatar adaşsak.

Gulxumor Hayitboyeva.

🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026