12.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
12.11.2026, 22:26
👁 9,031

ISTIQLOLNING OYDIN YÖLLARIDA

ISTIQLOLNING OYDIN YÖLLARIDA

Mamlakatimiz mustaqilligining 22 yilligi oldidan

Bobur nomli ovul:

Sölim yozning ikkinçi oyi ham poyoniga yetayotir. Ötayotgan har bir kunimiz bizni mamlakatimiz mustaqilligining 22 yilligi nişonlanadigan qutluğ sanaga tobora yaqinlaştirmoqda.

Buyuk bobokalonimiz Bobur nomi bilan ataluvçi ovul odamlari ham eng uluğ, eng aziz bayramimiz – Mustaqilligimizning 22 yilligini halol mehnatlari ila yoruğ yuz bilan qarşi olmoqdalar.

Ovulda 647 xonadonda 5400 nafardan ziyod turli millat vakillari ahil-inoq yaşaşmoqda va mavjud 7 ta fermer xöjaliklarida, taʼlim, tibbiy muassasalarda va boşqa korxona, taşkilotlarda mehnat qilişmoqda.

Ovulda 2 ta umumtaʼlim maktabi, 1 ta kasb-hunar kolleji, 2 ta bolalar boğçasi, 1 ta madaniyat klubi, 1 ta dorixona, 1 feldşer-akuşerlik punkti, "Amudaryo-tutunuv” jamiyatiga qaraşli 1 ta dökon, 11 ta xususiy dökonlar, 1 ta göşt dökoni, 14 ta maişiy xizmat körsatiş şoxobçalari aholi xizmatida.

Mustaqillikning ötgan 22-yili ovul odamlari hayotida ham asrlarga tatigulik yangilanişlar, bunyodkorlik işlari, özgarişlar davri böldi. Ular mustaqillikni mustahkamlaş, jamiyatni demokratlaştiriş va ravnaq toptiriş, tökin va osuda turmuşimizning barqaror bölişi uçun samarali mehnat qilmoqdalar.

 

Istiqlol bergan imkon

sababli öz oilasi iqtisodini yaxşilab, qöni-qöşnilarini ham iş bilan taʼminlab, eldan olqiş olayotganlarning biri ovul tadbirkori Bahrom Yöldoşevdir. U avval "Bahrom-Lolagul” masʼuliyati çeklangan jamiyatini tuzib, maşinalarga yoqilği quyiş şoxobçasi taşkil etdi va ikki kişini iş bilan taʼminladi. Ovul yoşlarining ayrimlari işsiz ekanligini körib, tikuvçilik tsexi oçdi va uç nafar qizni işga oldi: Yulduzxon Yöldoşeva, Oygul Eşniyozova, Gulzebo Mamatsoliyevalarning qölidan çiqqan bejirim liboslar hammaga manzur bölyapti.

Tadbirkor odamga iş köp ekan. Bahrom Yöldoşev masʼuliyati çeklangan jamiyati faoliyat turini kengaytirib, tikuvçilik tsexi yonginasida maxsus bino qurib, nonvoyxona ham oçdi. Bu yerda ham uç nafar hamqişloği - Nazira Bobojonova, Hayitbika Otajonova, Saida Qutlimurodovalar doimiy iş bilan band.

Kuniga ularning qölidan çiqadigan 130-150 dona atrofidagi issiq çöraklarga xaridor doim tayin. Agar töy-maʼrakalardan buyurtma bölsa, bundan ham köp non yopişadi. Qulay şaroitda işlab, mehnatlariga yaraşa haq olayotgan, turmuşidan köngli töq qizlar yopgan çöraklar körgan közni quvontiradi.

Boburlik yana bir tadbirkor

Ramat Qozoqboyev bundan ikki yil oldin xususiy dökon oçdi-yu pedagoglikdan, turmuş örtoği Sanobar tibbiyot sohasidan voz keçişdi. Ovul markazidagi ulkan yöl böyida ovul körkiga-körk qöşib turgan zamonaviy andozalarga mos dökonni qurişdan oldin savdo-sotiq faoliyatini uylarida boşlaşdi. Turli zarurat bilan kelib "rahmat”, "baraka toping”, - deya ovuldoşlarining alqab ketişlari ularga qanot böldi, savdosini kengaytirib, maxsus dökon qurişdi.

Hozir Ramat Qozoqboyevning dökonida sifatli va arzon şirinliklar, bolalar va kattalar kiyim-keçaklaridan tortib poliz va sabzavot muhsulotlari ham bor. Er-xotinning qöli mijozlarga savdo qilişdan böşamaydi.

- Ovuldoşlarimizning şunday dökonga ehtiyojini sezib, öqituvçilikni yiğiştirib qöyişga majbur böldim. Axir yurtga qayerda köproq foydang tegsa, şuni tanlaş kerak-da, - deydi Ramat Qozoqov kulib.

U tadbirkor bölib adaşmadi. Oilasi iqtisodini yaxşiladi, hovli-joyini obod qildi, "Gazel” rusumli yangi avtomaşina sotib oldi. Bundan ruhlanib dökoni yonida oşxona qurişni ham möljallayapti.

Har işda meʼyor, intizom bölsa, barakasi ham bölarkan. Savdo-sotiqdagi barça amaldagi tartiblarga rioya qilib, savdo tuşumlarini kassa apparatiga kirim qilib, namunali savdo xizmati körsatib, eldoşlari olqişini olayotgan oilaviy tadbirkorlar Ramat Qozoqov va uning ayoli Sanobardan ovul ahli mamnun.

 

"Böz yop” ovuli:

"Bözyop”ni kezganda...

Yaxşidan nom ham, yaxşi işlar ham meros bölib qolar ekan. Tumanimizning eng olis, çekka hududi "Bözyop” ovulini bamaylixotir bir kezsangiz, bunga özingiz ham amin bölasiz. Dov-daraxtlarga burkangan fayzli köçalar, ravon yöllar, muhtaşam hovli-joylar, zamonaviy meʼmoriy uslubda qurilgan xizmat körsatiş şoxobçalari, bu yerlik aholining turmuş darajasi yuksakligini körsatib turibdi. Beixtiyor hayotini şu elga boş bölib, odamlar töq va farovon yaşaşi uçun baxşida etgan, ziroatçilikda öziga xos ulkan maktab yaratib, kelgusi avlodlarga meros qilib qoldirgan rahmatlik Tursunboy Şerjonov esimizga tuşdi.

Bugun "Bözyop”da istiqlol bergan imkoniyatlardan unumli foydalanib, bor qobiliyatlarini işga solayotgan va el donğini çiqarayotgan, sobiq otaxon rahbarning izdoşlari juda köp. Buni har yili 1146 gektar yerda dehqonçilik qilib, rizq-rözimizni undirayotgan 15 ta paxtaçilik va ğallaçilik bilan şuğullanayotgan fermer xöjaliklari misolida ham, ovul ahli hayotining tobora yuksalib borayotganida ham körişimiz mumkin. Ovuldagi mavjud 784 ta xonadonning öz qoramoli, 674 tasining şaxsiy texnika vositalari, şundan 607 tasining yengil avtomaşinalari borligi fikrimizning isbotidir.

 

El donğini yurtga yoygan mulkdor

Ovuldagi "Aytboy Otaxon” fermer xöjaligi 120 gektar paxta maydoniga ega yirik xöjaliklarning biri. Bu yerlar 71 nafar ijaraçilarga şartnoma asosida bölib berilgan.

Har yili paxta, ğalla va boşqa qişloq xöjalik ekinlaridan möl hosil olinayotganligi bois, xöjalikning, ijaraçilarning ham moddiy manfaatdorligi yaxşi.

Xöjalik rahbari Matnazar Aytboyev har yili olingan daromad hisobiga texnikalarning sonini köpaytirişga, unumli işlaşiga erişayapti. Hozir xöjalikda 1 dona "Altay” rusumli, 2 dona "MTZ” rusumli, 1 dona "Vt-150” rusumli traktorlari bor. Yerni ekişga tayyorlaşdan tortib, yiğiştirib olinguniça bölgan barça işlarni xöjalikning öz texnikalari bajaradi. Birovdan kömak söraşmaydi.

Oğirini yengil qilayotgan texnikalarni köz qoraçiğiday saqlaş uçun fermer maxsus ustaxona ham qurib olgan. Bu yerda zarurat bölmagan traktorlar maxsus bostirma ostida yomğir, oftobdan panada saqlanadi.

Bugungi kungi fermer nafaqat mirişkor dehqon, balki tadbirkor hamdir. Öz oilasi, xöjaligidan ortib, xöjalik mehnatkaşlariga ham qayişayotgan Matnazar Aytboyev şoli va buğdoy xorozlarini ham qurib, el xizmatida qöyibdi. Qurilib, şay holga kelib turgan nonvoyxona ham yaqin kunlarda işga tuşiriladi va yana uç nafar şu yerlik ayol-qizlar işga joylaşadi.

Ayni kunlarda xöjalik paxta dalalarida ğöza parvarişi bilan bir qatorda çekankalaş işlari ham qizğin olib borilayapti. 35 gektardagi ğözalar çekankasi olindi. Jami paxta maydonlari 4-marta suğorilib, qator oralari yumşatildi. Kumuş Qarçiğayeva, Ollayor Xudoyberganov, Rasul Omonov, Davron Tursunboyevlar bu işlarda barçaga örnak.

Paxtaçilikdagi barça agrotexnik tadbirlar öz vaqtida va maromida olib borilayotganligi tufayli ğözalar rivoji közni quvontiradi, oralarida begona öt yöq.

Xöjalik faoliyati bilan yaqindan tanişgan odam el donğini elim deganlar yoyadi, degan sözlarni esga olişi şubhasiz. Ha, fermer Matnazar Aytboyev faqat dehqonçilikdan yuqori hosil olişnigina emas, şu el odamlari manfaatlarini ham közlab işlaydiganlardan.

 

Kuyuk köpir ovuli:

Xalqaro valyuta fondining kuyuk köpirlik xodimi

Zamon tezkor, zamon şiddatli. Bugungi kun yoşlarining salohiyati, bilimi va intilişlari ham şunga monand. Goh u, goh bu sohadagi yoşlarning yutuqlarini eşitib, quvonamiz, ertagi kunimiz yanada nurafşon bölişiga işonçimiz ortadi. Çunki kelajak ularning qölida.

Tumanimizning Kuyuk köpir ovulida 1985-yilda tuğilib, tuproqli yöllardan qatnab, ovuldagi 19-sonli umumtaʼlim maktabida öqigan Botir Boltaboyevni vaqt kelib öz ilmi, iqtidori bilan barçani hayratga solar, deb heç kim xayoliga keltirmagan bölsa, ehtimol?

U umumtaʼlim maktabini tugatgaç, Toşkent şahridagi litseyda uzluksiz taʼlimni davom ettirdi. Litseyda u mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan iqtidorli bolalar bilan öqiş jarayonida ulardan qolişmaslikka, ustozlari oldida uyalib qolmaslikka urindi, tinmay öqidi, örgandi. Bu yerda olgan bilimlari, tufayli Özbekiston Milliy Universitetining iqtisodiyot fakultetiga öqişga kirdi. Talabalik yillari uning uçun kamolot sari intiliş yillari böldi. Mamlakatimizda mustaqillik tufayli yoşlarning öqib ilm olişi, ijodiy izlanişi, qobiliyatlarini işga solişi uçun yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalandi.

Oliygohni 2007-yilda tugatib, Toşkent şahridagi firmalardan birida iqtisodçi bölib iş boşladi. Bu bilan çegaralanib qolmay, 2008-yilda mustaqil ravişda internet orqali turli mamlakatlar oliy öquv yurtlarining saytlaridagi magistraturaga qabul böyiça eʼlon qilingan testlarini işlab, jönatib turdi. Şunday kunlarning birida Avstraliyaning Melburn şahridagi Monaş universitetining grantini yutib, magistraturaga qabul qilinganligi töğrisidagi xabarni internet orqali bilganida göyo orzulardan qanot boğlab kökka uçdi. Axir quvonmay böladimi, oddiy qişloq bolasi şunçalar ilm egallasa, yana ingliz tilida sinovdan ötib, dunyoga maşhur oliygoh magistranti bölsa!

Otasi Abdulla Boltaboyev, onasi, opalari Toşkentdaligida soğinib, qömsab, uning oliygohni tugatişini kun sanab kutişgan bölsa-da, uning yutuğidan özlarida yöq quvonişdi. Axir ota-onaga farzandi kamolidan-da ortiq baxt bormi?

Botir Boltaboyev Monaş universiteti magistarturasida öqişini tugatib, yana bir yil doktoranturada ham öqidi. Öqiş bilan bir qatorda bakalavr bosqiçidagi talabalarga dars berdi. Öz ixtisosligi böyiça dars beriş qançalik maroqli bölsa, talabalarning Özbekiston, ona yurti haqidagi savollariga ham jon-jon deb erinmay javob berardi.

U doktoranturada öqiş davomida doktorlik dissertatsiyasi ustida ham iş boşladi. Öqişi yakunida internet orqali dunyoning turli mamlakatlari davlat taşkilotlari va nufuzli xalqaro kompaniyalar vakantsiyalari bilan tanişib, Vaşingtondagi xalqaro valtyuta fondi tomonidan eʼlon qilingan vakantsiyaga özi haqidagi rezyume (maʼlumotlar)ni joylaştirdi. Maʼlum vaqtdan söng xalqaro taşkilot maʼmuriyati uni suhbatga çaqirdi. Çuqur iqtisodiy bilimi, ingliz tilida ravon gapirişi, savollarga aniq va tökis javob berişi Botirga muvaffaqiyat keltirdi, suhbat ijobiy baholandi va işga qabul qilindi.

Yaqindagina, sölim yoz oqşomlaridan birida Abdulla Boltabovnikida kelin töyi böldi, öğli Botirni uylantirişdi. Hayot yöllari Vaşingtonga çorlab turgan Botir Manğitning oliy maʼlumotli, aqlli, öqituvçi qiziga uylandi. Ular hozir Toşkentda, Vaşingtonga jönaş arafasida.

Yoşgina jussasida dunyoni lol qoldirgan buyuk bobokalonlarimiz aqlu zakosi, qatʼiyati, intilişi va fidoyiligi jo bölgan Botir Boltaboyevga oq yöl tilab qolamiz. Yoşlik ğayrat-şijoati ila bundan-da yuksak çöqqilarni zabt etib, tumanimiz, mamlakatimiz şaʼnini yuksak kötarişiga tilakdoşmiz.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026