IQTISODIY FAOLIYaT YuRITIŞ VA MULKDOR BÖLIŞ QONUN HIMOYaSIDA
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda barça sohalarda olib borilgan islohotlar natijasida hamda xalqimizning maşaqqatli va fidoyi mehnatlari
hisobidan erişilayotgan yutuq va marralarni bugun butun dunyo tan olmoqda.
Istiqlolning dastlabki yillaridan mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirişga alohida eʼtibor berilgani bugungi tökin va farovon hayotimizning asosi böldi. Bunda Konstitutsiyamizda har bir şaxsning mulkdor bölişi, erkin kasb tanlaşi, munosib mehnat şaroitlarida işlaşi, özi istagan iqtisodiy faoliyat turi bilan şuğullaniş huquqi kafolatlangani boş omil böldi.
Xususan, Boş Qomusimizning 53-moddasida: "Bozor munosabatlarini rivojlantirişga qaratilgan Özbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil şakllardagi mulk taşkil etadi. Davlat isteʼmolçilarning huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qiliş erkinligini, barça mulk şakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilişini kafolatlaydi.
Xususiy mulk boşqa mulk şakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir. Mulkdor faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mulkidan mahrum etilişi mumkin”, – deyilgan.
Bu mustahkam huquqiy asos mamlakatimizda turli sohalarda tadbirkorlikning rivojlanişiga va fuqarolarning yuqori daromad olib, mulkini köpaytirişiga şaroit yaratmoqda. Axir Asosiy Qonunimizning 36-moddasiga muvofiq: "Har bir şaxs mulkdor bölişga haqli. Bankka qöyilgan omonatlar sir tutilişi, meros huquqi qonun bilan kafolatlanadi”.
Xulosa qilib aytganda, yurtimizda amalga oşirilayotgan iqtisodiy islohotlar, Konstitutsiyamiz va şuningdek, qabul qilinayotgan yangi Qonunlar mamlakatimiz fuqarolarining munosib yaşaş, mehnat qiliş, tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullaniş va mulkdor bölişdek demokratik huquqlarini taʼminlaşga xizmat qilmoqda.
Muborak PRIMBETOVA, tuman FHDYo bölimi inspektori.
(Foto - http://www.uza.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶