Salomatlik
👁 2,727
Oʻzbekistonda ilk marta hujayrani koʻchirib oʻtkazish operatsiyasi oʻtkaziladi
Shu yil oxiriga borib Oʻzbekistonda (stvolovie kletki) hujayralar transplantatsiyasi boʻyicha birinchi jarrohlik operatsiyasi oʻtkaziladi. Bu haqda Podrobno internet-nashri muxbiriga Gematologiya va qon qoʻyish ilmiy tadqiqot instituti (ITI) xodimi maʼlum qilgan.
Uning soʻzlariga koʻra, mazkur jarrohlik amaliyoti institutda shu yilning noyabr oyida turkiyalik shifokorlar bilan hamkorlikda oʻtkaziladi. Turk jarrohlari hamrohligida shu kabi bir nechta operatsiyalarni oʻtkazish rejalashtirilgan. Oʻzbekiston va turkiyalik tibbiyotchilarning oʻzaro hamkorligi Anqarada joylashgan suyak hujayralarini oʻtkazish boʻyicha onkologiya markazi bilan tuzilgan shartnoma asosida olib borilmoqda.
Taʼkidlash joiz, hozirga kelib Toshkentdagi Gematologiya va qon quyish ITIda transplantatsiya boʻlimi ish olib bormoqda. Bu yerga tibbiy asbob-uskunalarning bir qismi olib kelib oʻrnatilgan. 12 nafar oʻzbekistonlik shifokoor esa xorijda amaliyot oʻtab qaytdi va shu turdgi jarrohlik amaliyotini oʻtkazish uchun sertifikatga ega boʻldi. Institut mutaxassisining aytishicha, Oʻzbekistonda hujayra transplantatsiyasining narxi $70 - 200 ming atrofida ekan.
Eslatib oʻtamiz, aslida birinchi ana shunday murakkab operatsiya shu yilning fevral oyida oʻtkazilishi kerak edi. Biroq asboblarni keltirish bilan boqliq muammolar va turkiyalik shifokorlarning boʻsh vaqt topa olmagani sababli uni qoldirishga toʻgʻri keldi.
(Manba - http://www.darakchi.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶