Jayxun ilhomlari
9 aprel – Amir Temur tavallud topgan kun
Amir Temur
Tarixda köp hukmdor
Odil şoh bölolmagan.
Lekin sen eding nomdor,
Yölidan heç toymagan.
«Olçoq»lar zor yiğladi,
Senga bas kelolmadi.
Yurak-bağrin doğladi,
Aslo jurʼat qilmadi.
Parokanda bölgan el,
Tuğingga birlaşdilar.
Tösiq hamda tanazzul,
Dovonidan oşdilar.
Bas kelolmay senga yov,
Jahongir nomin olding.
Duşman bölsa agar ğov,
Dahşat-la ğuluv solding.
Sen qurgan saltanatni,
His qilamiz yurakdan.
Sen öylading avlodni,
Olib çiqding zulmatdan.
Xudoybergan
JUMAMURODOV,
Panaşam qişloği.
Sohibqiron bobom
Sohibqiron Temur bobomga,
Sadoqatda yaşaymiz mangu.
Tinçlik, deya butun olamga,
Ifor soçar Vatanim tongi.
Jaloliddin Manguberdilar,
Jasorat-la yaşab ötdilar.
Amir Temur izlari qolgan,
Yurtni ahli dunyo bildilar.
Unutmoqlik eng katta gunoh,
Şunday uluğ allomalarni.
Har urganda yuraklarimiz,
Yodga olar ul donolarni.
Yetaklaydi ezgulik tomon,
Ajdodlarning tirik ruhlari.
Zarraça yöq yurakda armon,
Har dilda baxt-iqbol hislari.
Sohibqiron Temur bobomga,
Yodgorliklar qurildi, köring.
Amir Temur tuzuklarini,
Tyengdoşlarim, bir öqib köring.
Har satrida ezgulik yöli,
Çorlab turar har birimizni.
Tinçlik ila adolat yöli,
Yoritdi baxt yöllarimizni.
Dildora RAJABOVA.
Keksa qalb mavjlari
Qipçoğim
Daryo böyida yaşaydi elim,
Ezgulikka boşlar hamişa, har dam.
Yoş-u qari – bari ahil, inoğim,
Tuğilgan makonim – gözal Qipçoğim.
Daryo ikki yoni töranğil töqay,
Garmsel ötolmas, sof havoga boy.
Dillarga zavq berar, sölimgina joy,
Tuğilgan makonim – gözal Qipçoğim.
Yetti xazinaning bari şu yerda,
Rizqi-rözimiz ham bizning şu yerda.
Hammasin sanaşga ojizman tilda,
Tuğilgan makonim – gözal Qipçoğim.
Daryo toşqiniga doş bera olding,
Bosqinçi yovlardan sen omon qolding.
Ötmişing eslab, men öylarga toldim,
Tuproği tötiyo, qöhlik qişloğim.
Daryoni körgansiz, Jayxun atalmiş,
Töqayni bilasiz, qadimdan qolmiş.
Maşaqqat bölsa-da, bularni asraş,
Burçimiz-ku avlodga töla yetkaziş.
Özim bilan olib ketarman endi...
Yuragimga bosib, yozgan xatingni,
Tuni bilan takrorladim otingni.
Senga bölgan işq-u muhabbatimni,
Özim bilan olib ketarman endi.
Muhabbat deganing öçmas çöğ ekan,
Yoşlikning davroni qaytmas, şöx ekan.
Sening bilan böliş menga yöq ekan,
Armonimni olib ketarman endi.
Taqdiri azaldan qoçgan qutulmas,
Vijdoning pok bölsa, tiling tutilmas.
Muhabbat dardidan Nuriy qutilmas,
Bu dardimni olib ketarman endi.
TÖĞRI YÖL IZLAB...
Anjomsiz çiqibman yölga men, şoşib,
Duç kelgan tösiqdan ötolmay, oşib.
Ortga qaytmasam-da, lekin adaşib,
Köp maşaqqat çekdim, bölib sargardon.
Yöl azobin yölda yurganlar bilar,
Yölovçilar köpdir, ammo u kimlar?
Ajratolmay döstmi yoki ğanimlar,
Yöl topolmay, böldim hayron, yoronlar.
Anjomsiz yöl yurmak böldi dardisar,
Avvalgi xatolar bölmasin takror.
Aniq bildim, menga ilm-u irfondir,
Ilmli yölda heç qoqilmas bekor.
Nuraddin RAHIMOV,
Qipçoq qişloği.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶