12.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
12.11.2026, 22:28
Adabiyot 👁 4,358

NAVOIY VA BOBUR: HAR SATRIDA HIKMAT YaŞIRIN

NAVOIY VA BOBUR: HAR SATRIDA HIKMAT YaŞIRIN

Ajdodlarimizning tafakkur qudrati mahsuli bölgan, maʼnaviy qadriyatlarimiz asosini taşkil qiluvçi asarlar boqiylikka daxldordir. Vaqt ötişi bilan avval mangulikka mansub körilgan köp narsalar tanazzulga uçraydi, lekin boqiy asarlar asrlar oşa yoğdularini taratib, insoniyatning maʼnaviy-aqliy, axloqiy kamolotiga xizmat qilib kelaveradi.

Maʼlumki, eʼtiqod tuyğulari, yaxşi xulq yoki yaxşi odat malakalari inson bilan birga tuğilmaydi. Ularni jamiyat va odamlar tarbiya jarayonida kamolga yetkazadilar.

Ana şu yölda bizga rahnamolik qiluvçilar, özlarining ölmas asarlari bilan avlodlarning hayot yölida mayoq vazifalarini bajaruvçi buyuk ustozlarimiz, şubhasiz, A.Navoiy va Z.M.Bobur hisoblanadi. Bu mutafakkirlar dahosi faqat aql-idrok, tafakkur kuçi bilan anglab yetiladigan maʼnaviyat oftoblaridir. Har qaysi ijodkor Navoiy va Bobur zakosining millatparvarlik, vatanparvarlik mohiyatini anglab yetganidan keyingina öz badiiy kaşfiyotlari uçun yöl oça oladi. Çunki, bu daholarni anglaş – hayotni, jamiyat voqea-hodisalarini, inson qalbini idrok va ifoda etişning yuksak çöqqisidir, sanʼatning asl xalqçilligini taʼkidlaş demakdir.

Adabiyot, söz sanʼati xalq dard-taşvişlarini, quvonçlarini badiiy haqiqatga aylantiriş bilan birga millat didini yuksaltirişga, estetik saviyasini kamol toptirişga xizmat qiladi. Navoiy va Bobur öz ijodlarida ana şu vazifani bekamu köst bajariş baxtiga muyassar bölganlar. Navoiy inson avlodini umrni bir maqsadga intilmasdan, öz iqtidori va imkoniyatlari doirasida kamolot bosqiçini közlamasdan keçirişning alamli oqibatlari töğrisida:

Birovkim – jahondin kerak kom anga,

Emas yaxşi – bir yerda orom anga.

satrlari bilan ogoh etib, ularni umr boğidan mumkin qadar sara mevalar undirişga, maqsad yölida sobitqadam bölişga, tinimsiz izlaniş va intilişga daʼvat qildi.

U "Badoyeʼ ul-bidoya” devoni deboçasida insonning bunyodkorlik dahosi, tafakkur zakovati va fidoyi tabiatiga quyidagi satrlarida ayrim talablarini qöygan edi:

Ranj körmay kişi toparmu faroğ,

Köngli örtanmayin yonarmu çaroğ?

Tuxm yerga kirib – çeçak böldi,

Qurt jondan keçib – ipak böldi.

Lola tuxmiça ğayrating yöqmu,

Pilla qurtiça himmating yöqmu?

Inson zotidan bölmagan ongsiz-idroksiz mavjudot bilan öz kuç-qudratini taqqoslab körişga daʼvat qilmoqda buyuk şoir. Insonning ongli mehnati, aniq, uluğ maqsadni közlagan faoliyati zaminidagi möʼjizakor imkoniyatlari haqida, undan foydalanmaslik oqibatlari haqida kuyinib sözlamoqda: "Axir sen, ilohiy qudratning eng aziz va mukarram, uluğ va qudratli, eng gözal va benazir ehsonisan – inson degan noming bor, to tirik ekansan, insonlik nomiga munosib ğayrat va himmat körsat!”

Navoiy yana bir şohbaytida inson mehnatining şarofat va xosiyatlarini ilohiy qismatning xohiş-irodasi deb biladi.

Tengri ehsoniğa şod ölğon – qilur,

Özni şod-u mehnatidan elni ham.

Bu baytning mazmuni ommalaşib yoşlarimiz özlariga şior qilib olişlari lozim bölgan "odam farzandi faqat özi uçun yaşamaydi”, degan hikmatli sözlarga köçgan.

Zahiriddin Muhammad Bobur şeʼriyatida ham inson kamolotidagi axloqiy va maʼnaviy masalalarga keng örin berilgan. Şoir insonni uluğlaydi, unga hurmat nazari bilan qaraydi. Inson qadr-qimmatini yuqori kötaradi. U döstlik, birodarlik, Vatanga sadoqat kabi sifatlarni olqişlaydi. Boburning fikriça xasislik, xudbinlik, riyokorlik kabi yaramas illatlar insonni halokatga yetaklaydi. U kişining hayoti yaxşilik, muruvvat, oliyjanoblik, töğrilik kabi oliy maqsadlarga qaratilişi kerak, deb biladi. U mansab va davlatga erişib ğururlanmaslik, kamtarin böliş kabi insoniy fazilatlarni kamol toptirişga undaydi. Ota-ona bilan farzand örtasida mehr-muhabbat, qadr-qimmat, ehtirom kabi xislatlar barqaror bölişini istaydi:

Otani çunki qibla debturlar,

Qibla yangliğ anga nazar qilğil.

Bobur axloqiy tarbiya masalasiga alohida eʼtibor bergan. Şoirning maʼnaviy-falsafiy qaraşlarini va ijtimoiy mavzularga bölgan munosabatini aniqlaşda, uning ayniqsa, muammolarini örganiş katta ahamiyatga egadir:

Xulqingni rost qilğil har soriğakim borsang,

Ahsanta der bori el gar yaxşi ot çiqorsang.

Boburning bu muammosi zamiridagi mazmun va insoniy his-tuyğular uluğ söz sanʼatkori tomonidan yuksak mahorat bilan ifoda etilgan. Şoir haqiqiy inson nomiga ega böliş uçun axloqning barça normalariga rioya qiliş kerakligini, şundagina kişi el hurmati va baxtga sazovor bölişini uqtiradi.

Umuman, uluğ bobokalonlarimiz A.Navoiy va Z.Boburlarning şeʼriyati özining janr xususiyatlari, mavzu doirasi, hayotiy falsafasi va badiiy jilosi bilan özbek mumtoz adabiyotining nodir namunalarini taşkil qiladi. Ularda hayot va insonni qadrlaş, gözallikdan bahramand bölişga intiliş haqida nafaqat orif insonning, balki mualliflarning ham şaxsiy qaraşlari öz aksini topgan. Şuning uçun ham Navoiy va Bobur şeʼriyatini u zotlar yaşab ötgan murakkab davrning öziga xos badiiy közgusi deyiş mumkin.

Özlarining sermazmun va barakali ijodlari bilan jahon madaniyatiga ulkan hissa qöşgan bu buyuksiymolarning asarlari hamişa hammamiz, ayniqsa özlarini komil insonlar darajasiga yetkazişni istagan yoşlarimiz uçun hayot maktabi vazifasini ötaydi.

Ahmad NAFASOV,

"Jayxun ilhomlari” NNT raisi.

(Foto - http://turkistonpress.uz)

🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026