TURMUŞ TARZIMIZ SOĞLOM, NIYaTLARIMIZ POK BÖLSIN...
Bundan ikki-uç oyça ilgari markaziy televidaniyada bir körsatuv berildi. Unda badavlat oilaning yolğiz öğlini giyohvandlar ming bir aldov bilan özlariga şerik qilib olişadi. Hademay zararli oğuga mutʼe bölib qolgan öğli uyidan yaşirinça pul olayotganini sezib qolgan ona qarşilik qilganida bir siltanib çiqib ketgan öğil ikki kun daraksiz ketadi. Qaytib kelganida esa... otasi eşikda, boşida döppi, belini boğlab qarindoşlari qurşovida turganini köradi. Ona... beçora ona öğlining qölidagi pulga "buni sening töyingga deb yiqqanman, bolam”, deb yopişganida öğlining siltab taşlaganida boşidan oğir lat yeb bir kundan söng kasalxonada hayotdan köz yumgan edi. Nokas öğil yolğizim deb yeru-kökka işonmay, avaylab voyaga yetkazgan onasining öşa zahri qotilni deb ölimiga sababçi böldi. Bundan ham dahşatlisi onasi mehri oğuşida taşvişsiz ulğaygan öğil ganggib qolib, uç kundan söng onasi qabri yonidagi daraxtga özini osib qöydi. Ehtimol, bunda badiiy töqima ham bordir? Biroq, aziz zamondoşim, siz-u biz giyohvandlik tufayli sodir bölayotgan bundan-da oğir va ayançli voqealarini eşitib, körib yuribmiz.
Dunyo mamlakatlari tibbiyoti deyarli barça xastaliklarga, hatto çorasiz, deya taʼriflanib kelgan saraton kasalligiga ham (agar boşlanğiç davrida bölsa) çora topişayotgan bugungi tezkor zamonamizda afsuski tobora kengayib va yaşarib borayotgan giyohvandlik oldida ilojsiz qolmoqda. Çunki bu yölni har kim ixtiyoriy tanlaydi, undan qutuliş ham oğir va har kimning öziga boğliq.
26-iyun sanasi butun dunyoda giyohvandlikka qarşi kuraş kuni deb belgilangan va şu maqsadda köplab tadbirlar amalga oşiriladi. Umuman bu zararli illatga qarşi kuraş yil mobaynida ham susaytirilmaydi. Mamlakatimizda, şu jumladan tumanimizda ham kişini tubanlikka eltuvçi yöl – giyohvandlikning oldini oliş, yoşlarni bu oğu girdobiga tuşib qolişdan ogoh etuvçi köplab tadbirlar, davra suhbatlari amalga oşirilmoqda. Köpgina yoşlar anjumanlari, sport musobaqalari "Biz giyohvandlikka qarşimiz” şiori ostida ötkazilmoqda.
"Salomatlik markazi” tomonidan şu yilning ötgan davri mobaynida giyohvandlikning zararli oqibati haqida, bu maşʼum girdob domiga tuşib qolişdan ogoh etiş maqsadida tuman xotin-qizlar qömitasi, "Kamolot” YoIH tuman Kengaşi va "Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman bölinmasi bilan hamkorlikda tumanimizda 168 ta turli tadbirlar ötkazildi. Şuning 88 tasi mahallalarda, 38 tasi litsey va kollejlarda, 42 tasi umumtaʼlim maktablarida ötkazildi.
Giyohvand modda qabul qiliş insonni insonligidan marhum qiladi. U oilasida ham, jamiyatimizda ham öz fuqarolik burçini ado etiş u yoqda tursin, hatto his qila olmaydi ham. Ham aqlan, ham jismonan zaiflaşadi. Şuning uçun giyohvandlik tarqalişining oldini oliş maqsadida BMT huzurida giyohvandlik va jinoyatçilikka qarşi kuraşiş xalqaro hayʼati taşkil etilgan va yagona harakat dasturi işlab çiqilib, şu asosda kuraş olib borilmoqda.
Ha, çegara, hudud tanlamaydigan bu vaboning tarqaliş xavfi butun dunyoni taşvişga solayotir. Unga qarşi kuraş çoralari esa öz qölimizda ekanligini aslo unutmasligimiz lozim. Bilimli maʼnaviyatli, irodali va soğlom bölib, ulğaygan farzandlarimiz birovning qutqusiga uçmaydi, nopok yöllarga kirmaydi. Ularga bu hayotda kimki ne muddaosiga erişgan bölsa, buning tub asosi – soğlom turmuş tarzi, pok niyatlar ekanligini har daqiqada uqtirib turişimiz lozim.
Oygul RAJABOVA.
(Foto - http://insonvaqonun.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶