Kichik korxona va mikrofirmalar, xususiy tadbirkorlik subʼektlari va oilaviy korxonalar rahbarlari diqqatiga!
Tuman statistika boʻlimi 2016-yil yakuni boʻyicha 1 kv. (yillik) davlat statistika hisobotini 2017-yilning 27-fevralidan kechiktirmay statistika organiga internet orqali taqdim etishingiz lozimligini va 2017 yilning 1-yanvaridan elektron raqamli imzolar yopiq shaklga oʻtayotgani munosabati bilan oʻz elektron raqamli imzoingizni yangilashingiz zarurligini eslatadi.
Mansabdor shaxslarning davlat statistika hisobotlarini taqdim etish tartibini buzishi, hisobot maʼlumotlarini buzib koʻrsatishi yoki hisobotlarni taqdim etish muddatlarini buzishi Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksining 215-moddasiga asosan maʼmuriy javobgarlikka tortilishi va eng kam ish haqining 7 baravaridan 10 baravarigacha jarima solishga sabab boʻlishini eslatib oʻtamiz.
Batafsil maʼlumotlarni stat.uz sayti orqali yoki tuman statistika boʻlimidan olishingiz mumkin. Murojaat uchun tel.: 515 35 83
Tuman statistika boʻlimi.
(Foto - http://static.norma.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶