Yangi yil ilhomlari
XUŞ KELIBSAN
Porloq-porloq nur soçib,
Xuş kelibsan, yangi yil!
Erkin, ravon yöl oçib,
Xuş kelibsan, yangi yil!
Eski yil davomçisi,
Yangiça ilhomçisi.
Bölib şodlik kuyçisi,
Xuş kelibsan, yangi yil!
Qadaming qutluğ bölsin,
Zafaring uluğ bölsin.
Barça sendan örgilsin,
Xuş kelibsan, yangi yil!
Ikki ming ön yettinçi,
Sendadir işonç kuçi.
Elga quvonç berguvçi,
Xuş kelibsan, yangi yil!
Dilsayyor istaklari,
Köpayar borgan sari.
Sensan, ilhom mehvari,
Xuş kelibsan, yangi yil!
Xudoybergan JUMAMURODOV.
MULOQOTGA YÖL OÇIB
Öğil-qizlar şodlanib bugun,
Har birining çehrasi gulgun.
Eski yilga yasalib yakun,
Eşik qoqib keldi yangi yil.
Qorbobojon Qorqizi bilan,
Arça yoruğ yulduzi bilan.
Oşayotgan nufuzi bilan,
Kirib keldi yana yangi yil.
Yangi yilda yangiça hayot,
Turmuşimiz gözal bağoyat.
Eski yilga yasab nihoyat,
Umid ila keldi yangi yil.
Yangi yilni kutyapmiz, mana,
Har davrada qilib tantana.
Muloqotga yöl oçib, ana,
Xalqqa manzur keldi yangi yil.
Hur diyorda baxtli zamona,
Gözal qöşiq, gözal tarona.
Taraddudda har uy, har xona.
Tinçlik olib keldi yangi yil.
Şomurod XÖJANOV, "Dörman” ovuli.
YaXŞI
Birovning aybini yaşirmoq, yaxşi,
Ozgina himmatni oşirmoq, yaxşi.
Dunyodan ötganni yomon demanglar,
Köpni yaxşilikka şoşirmoq, yaxşi.
Fiybatçi gapirsa, qoqib qoşini,
Zaharga töldirar içgan oşini.
Elda bir ibratli maqol ham bordir:
"Yaxşi oşin yeydi,yomon boşini!”
Banda savob işni har kuni qilsa,
Yaxşilik qilişning savobin bilsa.
Tongla mahşar kuni kelgan vaqtida,
Xudoning oldida javobin bersa.
Baxillik yomondir, hasaddir yomon,
Içi yonib, bir kun böladi tamom.
Xudoyim bergandir unga inoyat,
Xudo berganiga hasaddir yomon.
Akangni yoqa bil, ukani yeng bil,
Yaxşiga, yomonga ximmating teng qil.
Yomon ham bir kuni kelar insofga,
Savob topay, desang könglingni keng qil.
Yaxşi bölsang, sendan qolar emiş boğ,
Yomonlik qilgandan qolar emiş doğ.
Faqat yaxşi bölib dunyodan ötsang,
Jannat emiş joying, uçmas emiş zoğ.
Yaxşilik yöliga çorlaydi yaxşi,
Yöling maşʼal bölib porlaydi, yaxşi.
Yangi yilda yomonga yöldoş bölmangiz,
Farhod der, yaxşilik – umrning naqşi.
Farhod Avaz,
”Jayxun ilhomlari” NNT aʼzosi.
YaNGI YIL ORZUSI
Qanday zalvor sezilsa-da,
Qişning har nafasida.
Sirli şukuh sezdim bugun,
Bayram arafasida.
Yangidan-yangi orzular,
Umiddan berib darak.
Umrning zar kitobida,
Oçilar yangi varaq.
Bu demak, kimning könglida
Vatan obrösi, şoni.
Bölsa buyuk kelajakni,
Yaratmoqlik imkoni.
Yurt ravnaqi fikri bilan,
Band bölsa qiz-öğlonlar.
Qança-qança muammo-yu,
Taslim bölar dovonlar.
Afsus, böldi yöqotişlar,
Şukur, böldi topiş ham.
Endi lozim olğa bormoq,
Bellarni boğlab mahkam.
Katta maqsad rejalarga,
Dilni hammamiz boğlab.
Har bir işda zafarlarga,
Qöyamiz özni çoğlab.
Inson bilan muloqot va
Manfaatlari yilida.
Zör işlarga niyat bordir,
Hamma rahbar dilida.
Bugun aytilgan tilaklar,
Röyob bölib bexato.
Haqning özi yurtimizga,
Baxt-iqbol qilsin ato.
Mayli, yaqinlaşsak hamki,
Keksalikka bir qadam.
Gaşti bor-da, omon yetsang,
Axir qarilikning ham.
Kelayotgan Yangi yilning
Qutluğ ostonasida.
Niyat şu – xalqim yaşasin,
Baxtning koşonasida!
Ahmad NAFASOV.
ARAFA
Kundan-kun oxirlab borar eski yil,
Kundan-kun öy bosib boradi meni.
Söroqlar yomğiri yoğib muttassil,
Şalvirab qolganday yurak ham hil-hil.
Közguga qarasam, bulturgidan köp
Soçlarim oqini sanayveraman.
Yuzlarim ajini ortibdi-ku xöp,
Tizilişgan bari göyo sanoq çöp.
Yil adoği asli çarçoqqa öxşar,
Osmoni ham oçmas qovoqlarini.
Yer kurrasi horğin, zörğa aylanar,
Göyo oyoqlari bir-bir çalişar.
Özimdan-özimga berib hisobot,
Yilning çegarasi jilovlar meni.
Sakrab ötmoqçiday minib asl ot,
Öng-u söllarimga qarayman bot-bot.
Eski yil yöl oçar yanagi yilga,
Sirli oçun misol hayratga solar.
Niyatlar tuydirib har bitta dilga,
Fayz berar umrning har bir fasliga.
Şarofat XOLMURODOVA,
32-sonli maktab öqituvçisi.
YaNGI YIL
Hammayoqda özgaça ranglar,
Yangi yilning gaşti kezmoqda.
Arçamizga bir bor qaranglar,
Gözalligin özi sezmoqda.
Ertaklarning olami asli,
Bezatilgan har bir xonadon.
Qiş hammaning sevimli fasli,
Qor öynaymiz yurgin, ukajon!
Bir möʼjiza kutar yuraklar,
Sovğa istar murğak bolajon.
Aytiladi minglab tilaklar,
Sarguzaştdir har lahza, har on.
Sukunatli, sehrli tunda,
Qorbobodan ertak töqiymiz.
Lek ajib sir mavjuddir unda,
Afsona deb, bayot öqiymiz.
Yaşamoqning gözal onlari,
Çiqillaydi soat bonglari.
Oqşom bugun şunday çiroyli,
Yangi yilning oltin tonglari!
Nilufar Sobirova, Amudaryo akademik litseyining sobiq öquvçisi.
OQ ORZUDAY ŞIRIN
Parça-parça qor bilan,
Izğirin havo bilan.
Yangi yil kirib kelar,
Qorbobo, Qorqiz bilan.
Qor guli tuşar mayin,
Oppoq orzuday şirin.
Qorboboni yasayin,
Bayramda bu zör öyin.
Parça-parça qor bilan,
Izğirin havo bilan.
Yangi yil kirib kelar,
Yangi baxt, orzu bilan.
Rozajon RAHIMOVA.
ÖÇMAS ANʼANA
Yangi yil, sen yangi orzularimsan,
Yangi yil, musaffo, pok tilagimsan.
Yuragim qaʼrida çaqnar durimsan,
Uçmoqqa şaylangan qanotim özing,
Yangi maqsad, yangi kun boşla özing.
Oq qorlar eriydi bu zamin uzra,
Köz yoşin tökadi asta sumalak.
Quyoş ham uyğonar yangi kun sari,
Orzu tomon uçar nafis kapalak –
Qor, yomğir yoğar va çiqar kamalak.
Yangi yilning ajib xislati bordir,
Barçaning qalbini egallar quvonç.
Qorbobo har kuni işga tayyordir.
Xaltasin orqalab uçar yaxmalak,
Ulaşar har kimga işonç-u tilak.
Hayoting oldinda, maqsad sari bor,
Ilm örgan, izla, barisi tayyor.
Yuragingga joyla bukilmas viqor
Va kelajak yöling ravon bölgaydir,
Yangi yil azizlar, qutluğ kelajak.
Yangi yil, sen yangi orzularimsan,
Vatanga muhabbat orttirding yana.
Yangi yil, musaffo, pok tilagimsan,
Sen bir olam quvonç, katta tantana,
Sen xalqning qalbida öçmas anʼana.
Dildora RAJABOVA,
Amudaryo qişloq xöjalik kasb-hunar kolleji öquvçisi.
TABRIK
Bugun yangi kun, yangi soniyalar,
Unuting, ğam, qayğu hamda ginani.
Ulaşing barçaga sovğa-salomlar,
Yangi yilda yangiça orzular qiling.
Hamma hursand, yuzlarida tabassum,
Qorbobo ulaşar filça, ayiqça.
Köm-kök arça göyo bahorday masʼum,
Şoxlarida öynar tilla qayiqça.
Bong uradi soat ön ikki, nolda,
Şirinliklar totib, bölamiz şodon.
Quvonçlar kezadi har bir ovulda,
Xalqimga muborak bölsin Yangi şon!
Maftuna MURODOVA.
QIŞ
Men sevgan fasl – qiş!
Men kutgan fasl – qiş!
Dala-yu qir, boğ-roğlar,
Orom olar osoyiş.
Qor yoğar, mayin, oppoq,
Oqqa belanar tuproq.
Tuproğim – ona yerim,
Vatanim – sölim qişloq.
Osmon göyo rizq elar,
Solib yerga körpalar.
Oppoq, qorga burkanib,
Poklanadi dalalar.
Raʼno ISMOILOVA, Amudaryo xizmat körsatiş va servis kasb-hunar kolleji öquvçisi.
Qorbobo hadyasi
Maftunkor yaşil arça,
Şodondir bugun barça.
Hadya qilib Qorbobo,
Ulaşdi oq qor – parça.
Bir yil bizga bölib yor,
Taşlab ketdi Qorbobo.
Ammo bizlar baxtiyor,
Yuraklar töla viqor.
Oppoq, momiq paxtadek,
Yoğayapti yana qor.
Derazadan qöl çözib,
Tutib oldim oppoq qor.
Iç-içimga siğmayin,
Qor gullarin tutdim men.
Yoğayapti qor – parça,
Qor böron öynar barça.
Oysanam TILOVMUROTOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶