INSON QADR-QIMMATI IFODASI
Men 4-dekabr kuni erta tongda hududimizdagi 82-saylov uçastkasiga borib, Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida qatnaşdim, barça siyosiy partiyalardan körsatilgan nomzodlar içida eng munosibiga ovoz berdim. Şu lahzalarni 75 yillik hayotimdagi eng unutilmas lahzalar deb bilaman. Çunki bayramona bezatilgan saylov uçastkasiga erta tongdanoq Prezident saylovida qatnaşadigan fuqarolar, hatto keksalar va imkoniyati çeklangan nogironlarning ham bu muhim jarayonda qatnaşiş uçun ham faxr-iftixor, ham özgaça masʼuliyat bilan oşiqib kelayotganining guvohi böldim. Şu örinda avvalo saylovga butun mamlakatimizda qizğin tayyorgarlik işlari olib borilganini, fuqarolarimiz milliy saylov qonunçiligimiz, qonunçiligimizga yangidan kiritilgan özgartirişlar, Prezidentlikka körsatilgan nomzodlarning tarjimai holi, saylovoldi dasturi bilan çuqur taniştirilganini aytib ötiş joiz.
Şuningdek, saylov uçastkalarida saylov kunida bu muhim jarayonni demokratik tamoyillar asosida ötkaziş, saylovda barça saylovçilarning emin-erkin iştirok etişi va öz xohiş-irodasini erkin bildirişi uçun zarur şaroitlar yaratildi.
Menga ayniqsa, mazkur saylovda saylov uçastkasida ona va bola, tibbiyot xonalari, şuningdek, imkoniyati çeklangan fuqarolar uçun maxsus ovoz beriş xonasi taşkil etilganligi, şuningdek keksa yoşdagi saylovçilarga ham ulkan eʼtibor qaratilgani juda maʼqul böldi. Çunki odam keksaygani sari jismoniy harakati ham çeklanib boraveradi. Ana şunday holatdagi keksalarning ham ovoz berişi uçun qulay imkoniyatlar yaratilgani mamlakatimizda inson qadr-qimmati yuksak eʼzozlanişining amaliy ifodasidir. Bu yurtimizning bugungiday obod va farovon ölkaga aylanişi uçun butun kuç-ğayratini baxşida etib, keksalikka yetgan kişilarning har birining könglida şukronalik, davlatimizdan minnatdorlik tuyğularini uyğotişi şabhasiz.
Men bugun birinçilardan bölib özim tanlagan munosib nomzodga ovoz berdim. Mening ovozim mamlakatimiz, uning fuqarolari taqdiri uçun fidoyilik körsatadigan, tinçlik, osoyiştalik barqaror bölmoği uçun kuraşadigan eng munosib nomzodning saylanişiga xizmat qiladi. Biz kelgusi avlodlarimiz taqdiri uçun ham masʼulmiz.
Saʼdulla XÖJANIYoZOV,
matbuot faxriysi, Qoraqalpoğistonda xizmat körsatgan jurnalist.
(Foto - ÖzA)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶